Yapon tilining hurmat shakllari
Yapon tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan bin keygo, deb nomlanadigan hurmat shakllaridir, Hurmat shakllari so‘zlashuvchi va uning suhbatdoshi o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlaming tildagi ifoda vositasini anglatadi. Hurmat shakllari tilning boshqa unsurlariga nisbatan ko‘proq jamiyatdagi vaziyatlarga bog’liq bo’lib, undagi o‘zgarishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri til o‘zgarishlarida aks etadi.
Hurmat shakllarining grammatik tizimi avvalo, fe’lda, shuningdek, kesimlik (predikativlik) aloqasida kuzatiladi. Ushbu grammatik kategoriyalaridan biri adressiv - suhbatdoshga munosabat bilan bog’liq. Hurmat shakllari -та qo‘sbimchasi bilan ifodalanadi va “o‘ta hurmat” shakllari chegaralangan boiadi. Oddiy shakllar (hurmat ifodalanmagan) suhbatdosh mavjud bolmagan yoki u noma’lum (ilmiy adabiyot, badiiy adabiyotdagi muallif matni, gazeta xabarlarining asosiy qismi) bo’lgan hollarda qoilaniladi. Ayniqsa, buyruq mayli shakllari tizimi о‘zining boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, “o‘qi!” ma’nosi yome yome (juda qo‘pol, sbiorlar va buyruqlarga xos), yonde kure (biroz qo‘.pol, odatda, quyi tabaqadagilarga nisbatan), yonde o-kure (quyi tabaqadagilarga nisbatan qo‘pollik ozroq yumshalilgan), yonde у are (qo‘pol, “o‘qi uchinchi shaxsga” qo‘shimcha komponent bilan), yonde (qo‘pol yoki betakalluf), o- yorni, yonde teday, yomi-nasay, yomitamae (betakalluf), o-yominasay (qisman hurmat), yonde kudasay (standart hurmat shakli), o-yomi kudasay (qo‘shimcha ohangli xushmuomala taklif), o-yomi kudasaimasi, o-yomi kudasaimase (o‘ta hurmat), o-yomi asobase (o‘ta sermulozamat, hozir eskirgan) singari shakllar bilan ifodalanishi mumkin.
Ikkinchi kategoriya gonorativ - subyekt yoki fe’l bilan ifoaalangan harakat va holat obyektiga munosabat bilan bog’liq. U hurmat-subyekt (ehtirom), hurmat-obyekt (oddiy) va neytral (maxsus ko‘rsatldchlari bo‘lmagan, asosan, predmetlarga nisbatan qoilaniladi) shakllar bilan ifodalanadi. Hurmat-obyekt shakllari harakat subyekti so‘zlovchming o‘zi yoki u bilan juda yaqin mimosabatdagi kishilar, masalan, oila a’zolari bolgandagina ishlatiladi.
Xullas, yapon tilidagi hurmat shakllarining grammatik va leksik tizimi yaxshi rivojlangan bo’lib, u yapon jamiyatidagi mavjud turli ijtimoiy munosabatlar differensiatsiyasini batafsil yoritib berishga xizmat qiladi. Yapon tilida lisoniy vositalaming miqdori behisob bo’lib, ular ijtimoiy farqli liklami ko‘rsatadi.
Yapon tilida maxsus sotsiolingvistik qoidalar mavjud. Yapon jamiyatida muloqot shakllari ikki ijtimoiy qarama-qarshilik: “yuqori-quyi” va “o‘ziniki-begona” asosida tanlanadi.
Birinchi qarama-qarshilik yapon jamiyatidagi u yoki bu turdagi iyerarxik munosabatlar bilan bog‘liq. Yapon tadqiqotchisi Ide Satiko uchta asosiy ijtimoiy qoidani ajratadi: hurmat shakllari ijtimoiy mavqeyi yuqori bo’lgan shaxslar (boshliqlar, obro‘li kasb egalari, jamiyatning yuqori tabaqali kishilari)ga, yoshi kattalar va yuqori mansabdagiiar (hukumat boshliqlari, vrachlar, kreditorlar, xizmat sohasidagi mijozlar va h.k.)ga nisbatan qoilaniladi. Birinchi va ikkinchi qoidalar doimiy ravishda, uchinchi qoida esa o‘zgaruvchan boiadi, ya’ni unda vaziyatga ko‘ra rollar almashinishi mumkin.
“0 ‘ziniki - begona” belgisi u yoki bu so‘zlashuvchining ba’zi guruhlar tarkibiga kirishi yoki kirmasligi bilan bog’liq. So‘zlashuvchi sharoitdan kelib chiqqan holda, o‘zini oiladan tortib to davlat doirasidagi guruhiaming vakili sifatida his qilishi mumkin. Bundan shunday umumiy qoida kelib chiqadi: hurmat shakllari begonalarga nisbatan, oddiy shakllar o‘zinikilarga nisbatan ishlatiladi.
Biroq shunday istisno holatlar ham uchraydiki, unda ijtimoiy rollarga mos muayyan an’anaviy qoidalarga rioya qilinadi. Ide Satikoning ta’kidlashicha, kerakli murojaat shakllarini tanlashda yuqorida qayd qilingan uch qoidadan oxirgisi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, politsiyaclii yoki vrachga murojaat qiluvchining yoshi ulardan katta bolganda ham hurmat shaklida murojaat qilinadi. Maishiy xizmat sohasidagi yapon sotuvchilari, chiptachilar, bank xodimlari, temir yo’l xizmatchilari va h.k.ning mijozlarga nisbatan (bolalardan tashqari) “o‘ta takallufli hurmat shakllari”ni qollanishi ham mazkur fikrni quvvatlaydi. Holbuki, xizmat doirasidan tashqarida bu xodimlar aynan shu kishilarga betakalluf murojaat shakllarini qollashlari mumkin. Buni yapon jamiyatidagi an’anaviy xarid qilish, bankka pul qo‘yish, transportda yurish va h.k. mijozning iltifotiga, ya’ni uning pul tolash yoki tolamaslik xohishiga qaralishi bilan izohlash mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, oziq-ovqat tanqis bo’lgan urush yillarida xarid qilishga iltifot sifatida qaralmagan, sotuvchining xushmuomalalik darajasi tushib ketgan. Birinchi qoidaga muvofiq, boshliqqa uning yoshi kichik bolganda ham hurmat shaklida murojaat qilinadi. Bu o‘rinda yosh omili ahamiyatsiz bolishi mumkin. Ammo Yaponiyadagi ichki ijtimoiy guruhlar iyerarxiyasi, odatda, yoshga bog‘liq boiadi. Masalan, lavozim ko‘pincha belgili xizmat muddatining ado etilishiga bog‘liq bo‘ladi. 0‘quvchilar va talabalar o‘rtasida ham iyerarxiya kuzatiladi. Yuqori sinf yoki yuqori kursdagilarga takallufli, quyi sinf yoki quyi kursdagilarga betakalluf muoamala qilinadi va bunday munosabat ana shu o‘quv yurti bitiruvchilari orasida umrbod saqlanadi.
Xullas, hurmat shakllarining qo‘llanishida qat’iy iyerarxiya o‘z aksini topadi. Shuningdek, ularda yosh, guruh, kasb munosabatlari e’tiborga olinadi.
8.4. Yapon tilining gender xususiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |