— Biz uchun eng katta huzur — uyquda emas, har tong uyg‘onishdadur.
— Oliy odamning nutqi sokin, harakati jo‘shqin bo‘ladi.
— Agar inson yo‘lga maqsadsiz chiqsa, qadam bosar-bosmasdanoq falokatga
yo‘liqur.
— Haqiqatparvar insonning birinchi qadami — no‘noq, ammo manzili — porloq
bo‘lajak.
— Oliy odam mayda ishlar bilan ko‘zga ko‘rinmas, aksincha buyuk ishlarga bel
bog‘laydi. Mayda odam esa buyuk ishlarga ishonmaydi, uni safsata deb biladi, shu
bois uning taqdiri ham o‘zi kabi mayda bo‘lib qoladi.
— Oliy odam o‘zidan va o‘zgalardan hamisha mamnun, har qachon, har qayerda
sokin; pastkash odam esa hamisha tushkun, yon-atrofi musibat bilan to‘la.
— Agar yo‘qotishlarga duch kelsangiz, vahimaga tushmang. Yo‘qotish ortidan,
albatta, topilmalar ham keladi.
— Biz tabiatimizga zid insonlarga ro‘para kelganimizda, ularni o‘zimizga
moslashtirmoqqa emas, o‘z-o‘zimizga xolis baho bermoqqa o‘rganmog‘imiz
lozim.
— Ortda qolgan ishlar to‘g‘risida bahslashib, ularni qoralashdan naf yo‘q. Chunki
ular — o‘tmishga aylanib bo‘lgan.
— Ezgulik hech vaqt yolg‘iz qolmagan. Uni sinab ko‘rgan inson o‘zini yaxshilikka
qo‘shni, deb hisoblayversin.
— Oliy odam Haqiqatga do‘stdir, manfaatga emas.
—
Ish quroli soz, o‘tkir bo‘lgan odamning ishida unum, daromadida baraka
bo‘ladi.
— Ezgulik uzoq-uzoqlarda, olisdami? Men oqko‘ngil, yaxshilik ulashguvchi inson
bo‘lmoqchiman. Bas, yaxshilik o‘z qo‘lingda!
Xo‘jayin-xo‘jayin bo‘lishi, unga tobe kishi-tobe bo‘lishi, ota-ota bo‘lishi va
o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak. Kichiklarning kattalarga, xalqning hukmdorlarga
bo‘ysunishi abadiy va buzilmas qonundir. Tarbiya
tartibni diniy prinsiplar
(ajdodlarga sig‘inish) bilan bog‘liq o‘sha tabiiy huquqlarni o‘rgatishdan iborat qilib
qo‘yilgan. Konfutsiy falsafasi bilan boshqa bir falsafiy oqimda osizm raqobat
qilgan. Konfutsiy zamondoshi, ammo yoshi undan kattaroq Laoszi daosizmning
eng ulkan namoyandasidir-Laoszi ta’limotida sodda materialistik yo‘nalish, hatto
dialektika ko‘rtaklari ham ko‘rinadi. Daoschilar fikricha, jami
mavjudot materiya
zarralaridan paydo bo‘lib, birovning ongli irodasidan qatiy nazar malum bir aniq
qonun asosida («dao» «yo‘l» demakdir) rivojlanadi. Jahondagi o‘zgarishlar narsa
va jonli mavjudotlarning azalgi o‘z ziddiga aylanish qonuniga bo‘ysunadigan
muayyan xususiyatlari tufayli sodir bo‘ladi. Har bir torayadigan narsa kengayadi
va har bir bo‘shashadigan narsa mahkamlanadi.
Eramizning II asrida Xitoyda Hindistondan kelib kirgan buddizm tarqala
boshlagan; uning ta’limoti bir qancha masalada daosizm ta’limotiga o‘xshagan
(jumladan, harakatsizlikka va mushohadaga davat). Yan Chjou ta’limoti
(eramizdan avvalgi-IV asrlar) izchil materialistik ta’limot bo‘lgan. Qadimgi Xitoy
materialistlari yaratgan ta’limotlarning cho‘qqisi
mashhur mutafakkir Van Chun
(eramizning 27—97 yillari) tuzgan «Tanqidiy mulohazalar» degan asardir. Bu
asarda osmonni jonli va ongli zot, odamzodning bunyodchisi deb bilgan
konfutsiychilikka qatiy zarba berilgan. Bilimga qobiliyat faqat insonga xosdir.
Tug‘ma bilish va yangilik yo‘q. Ko‘z ko‘radigan, quloq eshitadigan va boshqa
sezgi organlari sezadigan narsalarnigina bilish mumkin. Tabiatning ijodiy faoliyati
ongli faoliyat emas, balki materiyaning o‘z-o‘zidan
quyuqlanish va suyuqlanish
natijasidir. Ongli ravishdagi faoliyat faqat insonga xosdir.
Van Chun ruhning abadiy tirikligi to‘g‘risidagi tasavvurni qatiy rad qilgan. Ruhni
u organizm bilan chashbarchas bog‘langan narsa deb bilgan, o‘limdan keyin u o‘z
faoliyatini yo‘qotish bilanoq ruh-jon ham yo‘q bo‘ladi. Xitoyda aniq fan bilan
tabiiyot fanlari juda taraqqiy topgan. Dunyoda birinchi yozuv qog‘ozi va kitob
nashri ham Xitoyda ixtiro qilingan. To‘g‘ri, u davrda kitoblar juda sodda usulda
bosilgan. Bunda bo‘lajak kitob matni dastlab taxtaga o‘yib yozilgan. So‘ngra
undan qog‘ozga bosib tushirilgan.
Shuni aytish kerakki, qadimgi Xitoy madaniyatining
muvaffaqiyatlari
g‘arbiy dunyoga o‘z tasirni ko‘rsatgan. Xulosa shundan iboratki, Sharq
mamlakatlarining taraqqiyotida ko‘pgina umumiy xususiyatlar borligini ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: