12-mavzu. O‘rta asrlarda jahon pedagogik fiklar taraqqiyoti. Reja



Download 270,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana22.07.2022
Hajmi270,14 Kb.
#839662
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-маъруза



12-mavzu. O‘rta asrlarda jahon pedagogik fiklar taraqqiyoti. 
Reja
1.Vizantiyada pedagogik fikrlar. 
2. Hindistonda tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlar.
3.Xitoyda tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlar.
4.Yevropada tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlar.
5.Uyg‘onish davrida Yevropada pedago-gik g‘oyalar.
Hindiston dunyo ilm-fani taraqqiyotiga eng ko‘p hissa qo‘shgan davlatlardan biri 
sanaladi. Bu mamlakatda matematika, astronomiya, va tibbiyot sohasida katta 
yutuqlarga erishilgan. O‘rta asrlarda rasadxonalar bugungi kungacha saqlanib 
kelinmoqda. 
Hind astronomlari dunyoda birinchi bo‘lib, Yerni o‘z o‘qi atrofida 
aylanishini va uning shar shaklida ekanligini taxmin qilganlar. 
Hind matematiklari ayni shu davrda sanoqning o‘nlik tizimini yaratganlar. 
Bu kashfiyot jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Sayyoralarning 
koinotda turgan joyini anglab beruvchi jadvalni ham hindlar kashf etdilar. 
Hind tabobat allomalari o‘z bilimlari, mahoratlari bilan Sharq olamida katta 
shuhrat qozonganlar. Ular inson bosh suyagi chonog‘ini ochib, murakkab jarrohlik 
ishlarini amalga oshirganlar. 
Hind sanatida me’morchilik ham alohida o‘rin tutgan. Hindiston o‘zining 
odamlarni hayratga soluvchi ko‘plab ibodatxonalari bilan dong taratgan. Bunday 
ibodatxonalar katta qoyatoshlar ustida hamda g‘orlar ichiga qurilgan.
Ibodatxonalar orasida Kandarya ibodatxonasi ayniqsa mashhurdir. Hindiston 
tarixiga oid malumotlar ibodatxona devorlariga ishlangan bo‘rtma naqsh va 
suratlarda o‘z ifodasini topgan.
 
BUDDA SHAKYA MUNI 
(miloddan avvalgi 556-476 yillar) 
Budda dunyoda eng keng tarqalgan dinlardan biri—buddizmning 
asoschisidir. U Hindistondagi Shakya qabilasi hukmdorining o‘g‘li bo‘lgan. Budda 
Himolay tog‘ining etagida dunyoga kelgan. Uning asl ismi — Gau tama bulgan. 
Shakya Muni uning laqabi bo‘lib, «shakya qabilasinig zohidi» degan ma’noni 
bildiradi. Gautama muhtasham saroyda, gullar va duru javohirlar ichida, 
raqqosalar, musiqachilar qurshovida yashagan. Shuning uchun u hayot hamma 
yerda go‘zal va zavqli degan xulosaga kelgan. 
Biroq bir kuni og‘zida bitta ham tishi yo‘q, kartayib qolgan qariyani 
uchratgach, keksalik muqarrar ekanligini tushunadi. Bemor odamni uchratib, 
salomatlik omonatligini angladi va o‘lim to‘g‘risida o‘ylay boshlaydi. Shu tariqa 
zohidlikni ixtiyor qiladi. Yetti yil tarkidunyochilikda, ochlik va sargardonlikda 
yashab donishmandlik sari yuz tutadi. Shu paytdan boshlab uni Budda deb 
atashadi. Budda — sanskritcha xotirjam, osoyishta, degan ma’noni bildiradi. 
Budda Gang daryosi bo‘yidagi Banoras shahrida o‘z ta’limoti asoslari bo‘yicha 
dars bergan. 


Budda Shakya Muni shunday degandi: «Inson hayoti azob-uqubatlardan 
iboratdir. Biroq doimo to‘g‘ri so‘zlab, ezgulikka intilish, o‘zgalarning haqiga 
xiyonat qilmaslik, g‘azab va hasadni yengish orqali uni yengillatish mumkin. 
Shuningdek, inson behuda yugur-yugurlardan, mol-u dunyo orttirish havasi va 
haddan ziyoda huzur-halovat is-tagidan ozod bo‘lmogi lozim. Ana shunda har bir 
boy va kambag‘al, shoh va qul, ruhoniy va oddiy kimsalar dunyoga qayta-qayta 
kelish azobidan xalos bo‘ladilar». 
Budda shogirdlari toliqib qolgan kezlarda ularga kutilmagan savollar 
berib, tezlik bilan javob qaytarishlarini so‘rardi. Masalan, gohida oddiy bir 
buyumni ko‘rsatib, uni ko‘pi bilan uchta so‘z va kamida yuz satr orqali ta’riflab 
berishlarini buyurgan. Ba’zan talabalardan birini tanbalangan eshik qarshisiga 
turg‘azib qo‘yib: «Eshikni nima bilan ochasan?» — deb savol bergan, goho 
musiqachilarni deraza tagiga tizib, biror qo‘shiqni teskari mazmunda qo‘llashga 
majbur etgan. Ba’zida shogirdlari safidan o‘ta turib, nechta qadam tashlaganini 
so‘rab kolardi. Biror jonivordan yoki tabiat hodisalaridan cho‘chigan talabalardan 
esa o‘zlaridagi qo‘rquvni yengishni talab qilgan. 
Donishmand doimo yuksaklik sari intiladi. Zero odamlar doimo bir-biriga 
donolik sifatlarini ochgusidir. 

Download 270,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish