Mo-Szi yana quyidagi fikrlarni olg‘a so‘radi: «Samo adolatni sevadi.
Adolatsizlikdan esa nafratlanadi.
U insonlar bir-birini sevib, bir-biriga doimo
yordam berishini tilaydi».
* * *
Donishmandlarni davlat ishlariga ko‘proq
jalb etib, martabalarini oshirmoq,
ularning badavlat va e’tiborli bo‘lishlarini, amaldorlar ustidan nazorat o‘rnatish-
larini ta’minlamok. joizdir.
* * *
Mamlakatning butun boyligi jam etilganda ham qimmati
jihatidan donishmandlar
va davlat ishiga jalb etilgan zakovat sohiblariga tenglasholmaydi.
* * *
Kambag‘allik — mamlakatdagi tartibsizliklar ildizi
Insonga baho berishda uning niyatlari majmuini va harakatlari natijasini ko‘rib
chiqish kerak.
* * *
Dono hukmdor xalqqa foyda keltirmaydigan xarajatlardan voz kechadi.
* * *
Hukmdorlar haqiqatni tik aytadigan mulozimlarga ega bo‘lmog‘i zarur.
SHAN YAN
(Miloddan avvalgi 390-338 yillar)
Xitoy faylasufi Shan Yan kambag‘allashgan aslzoda oiladan bo‘lib, haqiqiy ismi
Gunsun Yan edi. Shan Yan Vey saltanati hukumdori
Venxouning birinchi vaziri
faylasuf Li Kuy (424-386 yillar)ning qo‘lida tahsil oldi. Keyinchalik u saroyda
maslahatchi va islohotchi vazifalarida xizmat qildi.
Shan Yan legistlar
maktabining vakillaridan edi. Uning “Shan viloyati hukumdorining kitobi” nomli
asari bizga ma’lum.
* * *
“Agar bilimlar muntazam rag‘batlantiraversa, tinimiz kengaya boradi. Va natijada
mamlakatni idora etish mushkullashadi. Chunki makr-xiyla kuchayib ketadi.
Bilimlarga to‘siq qo‘yib, rag‘batlantirilmasa, odamlar samimiy va oddiyliklarcha
qoladilar”, deb yozadi Shan Yan.
* * *
Tekinxo‘rlikning olti ko‘rinishi quydagilardir:
Keksayganda loqayd yashashga intilish;
Donni o‘ylamay-netmay sarflash;
Go‘zal libos va lazzatli taomlarga ruju qo‘yish;
Serhasham buyumlarga muhabbat;
O‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash;
* * *
Aslzodalik martabasi va maosh bilan rag‘batlantirish
usuli mamlakatni yo
yashnatadi, yo halokatga mahkum etadi.
* * *
Insonlardagi boylikka va aslzodalikka intilish havasi qabr ichidagina barham
topadi.
* * *
Suv oqimi
doimo pastga intilganidek, odamlar boylikka talpinadilar. Shu bois
hukmdorning farmoyishi-dan o‘zlariga foyda tegishini ko‘zlagan
odamlar uning
har qanday buyrug‘ini so‘zsiz bajaradilar.
* * *
Insonparvar kishi boshqa odamlarga nisbatan insonparvar bo‘lishi mumkin, ammo
bu o‘zgalarni insonparvar bo‘lishga majbur etolmaydi. Insonparvar kishi o‘zga
odamlarni sevishi mumkin. Ammo u odamlarni bir-birlarini sevishga majbur
qilolmaydi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, olamni boshqarish uchun faqat
odamsevarlik va adolatning o‘zigina kifoya qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: