o‘ziga va boshqalarga halollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va
komil insonlargina bunday fazilatga ega bo‘ladi.
Konfutsiychilikda ta’kidlanishicha, qonun
inson manfaatlariga xizmat
qilmog‘i lozim. Qonun o‘zgarishi b-n manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari
ham boshqacha ma’no kasb etadi, inson faoliyatida tub o‘zgarish ro‘y beradi.
O‘tmishda o‘rnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir.
Konfutsiychilikda jamiyatni boshqarishga katta e’tibor berilib, unga ko‘ra,
jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar b-n to‘ldirib yubormaslik zarur. Xitoyda
asrlar mobaynida Konfutsiychilikning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular
o‘rtasida
keskin
kurash
borgan.
Konfutsiychilik miloddan 1-asrda davlat ta’limotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-
asrda daosizm ustidan to‘la g‘alaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—
1279)da konfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.
Yunon falsafasida Suqrotning o‘rni qay darajada bo‘lsa, Xitoy falsafasi ham
Konfutsiy nomi bilan mashhuri jahondir. Oradan qancha vaqt o‘tmasin, oltin yillar
osha sayqal topgani singari uning purma’no hikmatlari ham asrlar osha yangi-
yangi qirralari bilan jilolanmokda. Konfutsiy ilgari surgan g‘oyalar nafaqat Xitoy,
ayni vaqtda Yaponiya, Koreya, Vyetnam xalqlarining o‘y-fikri va hayotiga chuqur
ta’sir ko‘rsatgan.Konfutsiyning o‘gitlari, pand-nasihatlari Xitoyda hanuzgacha
e’zozlanib, qadrlanib kelinadi. Quyida faylasufning “Hikmatlar”idan parchalar
e’tiboringizga havola etiladi.
Chin
mamlakati deganda, barchaning ko‘z o‘ngida eng avvalo tobora
yuksalayotgan mamlakatu uzun cho‘pchalarni mohirona ishlatib taom yeyayotgan
odamlar, Buyuk Xitoy devoriyu Pekin operasi… va, albatta, buyuk donishmand
Konfutsiy gavdalansa ajab emas. Yunon falsafasida Suqrotning o‘rni qay darajada
bo‘lsa, Xitoy falsafasi ham Konfutsiy nomi bilan mashhuri jahondir. Oradan
qancha vaqt o‘tmasin, oltin yillar osha sayqal topgani singari uning purma’no
hikmatlari ham asrlar osha yangi-yangi qirralari bilan jilolanmokda. Konfutsiy
ilgari surgan g‘oyalar nafaqat Xitoy, ayni vaqtda Yaponiya, Koreya, Vyetnam
xalqlarining o‘y-fikri va hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Konfutsiy ta’limoti
markazida “oliy odam” (tushunchasi, g‘oyasi, maqsadi) turadi. «Oliy odam»
hukmron tabaqaning har tomonlama komil vakili bo‘lib, Konfutsiy ta’limoti
yordamida o‘zida oliyjanob fazilatlarni shakllantirgan. Faylasufning “Hikmatlar”i
“oliy odam”ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi. Aniqroq
aytganda, bunday odam oliy hukmdorga
nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa
muruvvatli bo‘lib, butun kuch va qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga,
milliy urf-odat va an’analarning to‘la-to‘kis bajarilishini ta’minlashga sarf etuvchi
kishidir.
Konfutsiyning o‘gitlari, pand-nasihatlari Xitoyda hanuzgacha e’zozlanib,
qadrlanib kelinadi. Quyida faylasufning “Hikmatlar”idan parchalar e’tiboringizga
havola etiladi.