CHJUAN-SZI
(Miloddan avvalgi 369 (taxminan) - 286 yillar)
Xitoy faylasufi Chjuan-szi Sun o‘lkasining Men viloyatida tavallud topdi.
Avvaliga mayda amaldori bo‘lib ishladi. Keyinchalik xizmatni tark etib, yolg‘izkda
yashay boshladi. Uning asosiy asari “Chjuan-szi” deb ataladi (bizgacha bo‘lgan
kitobning 33 bo‘limi yo‘qolib ketgan.
* * *
Dunyoda ikki buyuk tushuncha bor. Bularning birlamchisi — taqdir,
ikkinchisi — adolat.
* * *
Qorong‘u zulmatda qo‘rqmoqlikning, skunatda eshitmoqlikni o‘rganing.
Shunda siz zulmat aro nurni ko‘rasiz, skunat aro uyg‘unlikni tinglaysiz.
* * *
Ba’zilar bir umir so‘zlaydilar-u, hech narsa aytolmaydilar. Ba’zilar esa bir
umir skutda bo‘ladilar-u, ammo aytilmagan so‘z qolmaydi.
* * *
Narsalarning chegarasini so‘z bilan ham, skut bilan ham ifodalab bo‘lmaydi.
* * *
Donishmandgina she’riyat va musiqaga to‘g‘ri baho bera oladi.
SYUN-SZI
(Taxmiianmiloddan avvalgi 313-235 yillar)
Qadimiy Xitoy faylasufi Syun-szi Chjao xoqonligida dunyoga keldi. Miloddan
avvalgi 266-yilda
Chjaoni tark etib, Sin saltanatiga jo‘nadi va bu yerda xoqon
Chjao-van hamda uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat bo‘ldi.
Miloddan avvalgi 264 yili faylasuf Si xoqonligiga kelib,
«Szisya» akademiyasida dars bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga
ko‘ringan ayonlar qatoridan joy olib, olimlarga boshchilik qiladi.
* * *
Qalbning tabiiy tuyg‘ular ila haqiqatni yolg‘ondan ajrata olishimizga
ko‘maklashuvi o‘ylash deb ataladi.
* * *
Qalb tananing sohibi va donolikning hokimidir. U tanaga buyruq beradi.
* * *
Qalbi bezovta inson taom qanchalar lazzatli bo‘lmasin, uning ta’mini
sezmaydi,
qanchalar yoqimli bo‘lmasin, qo‘ng‘iroq jarangini his etolmaydi, ko‘zlari
ajoyib
naqshlar bilan bezalgan libosni ko‘rib tursa-da, bu go‘zal-likdan zavq ololmaydi.
Agar inson qalbi osuda va shod bo‘lsa, gullar odatdagidek maftunkorlik kasb
etmasa ham ko‘zi quvnayveradi, ohanglar odatdagidek yoqimli jaraiglamasada, dili
orom olaveradi.
* * *
Hukmdorlar badavlat va saxiy bo‘lmasalar, mamlakatni idora etolmaydilar.
* * *
Xalqning daromadini qiyib, boz ustiga borini tortib olgandan ko‘ra, avval daromad
qilish imkoniyatini yaratib, so‘ng uning bir qismini olgan a’lodir.
* * *
«Bobokalonlarimiz odamlar ustidan hukmronlik qiluvchi zot xushsurat va go‘zal
libosli bo‘lmasa, xalqni hamjihatlikda ushlab turolmasligini yaxshi bilganlar», —
deb yozadi faylasuf.
* * *
Syun-szi donolikni to‘rt toifaga ajratadi.
1. Xizmatkorning donoligi: chaqqonlik, toshqirlik,aql-farosat bilan yo‘g‘rilgan,
ammo izchillikdan xoli nutq hech kimga keragi bo‘lmagan ilm bilan shug‘ullanish;
haqiqat va yolg‘on bilan hisoblashishni istamaslik.
2. Quv odamning donoligi: ikkiyuzlamachilik, muomalaning barcha tamoyillarini
buzish; har bir ishda xatoga yo‘l qo‘yish.
3. Ma’rifatli odamning donoligi: oz, to‘g‘ri va qisqa so‘zlash, fikrlarni misoli ipga
tizgandek tartib bilan bayon etish; o‘zini tuta bilish.
4. Komil insonning donoligi: nutqidagi izchillik, birorta hodisaning sabablari
xususida bir necha kunlab mushohada yuritish, ularga har taraflama yondashish va
shuning barobarida izchillikni saqlab qolish.
* * *
Haddan ortiq shafqatsizlik qilganlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar, o‘ta
muloyimlik esa seni zanjirband etadi.
* * *
Faqat o‘z shaxsiy manfaati haqida qayg‘urib, burchni unutmoqlik o‘taketgan
pastkashlikdir.
Naql
qilishlaricha, hukmdorni qayiqqa, xalqni suvga qiyoslash mumkin. Suv
qayiqni olib yurishi ham, tuntarib yuborishi ham mumkin, — deb yozgandi Syun-
szi. Har bir inson nimanidir to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Bag‘oyat
donoga ham,
ahmoqga ham birdek tegishli. Biroq ular to‘g‘ri deb topgan narsalar bir-biriga
o‘xshamaydi. Dono bilan ahmoq o‘rtasidagi farq ana shundadir.
Komil inson tekshirib bo‘lmaydigon so‘zlarga, ilgari uchramagan harakatlarga va
fikrlarga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘ladi.
Hukmdorning qudratli, shavkatli bo‘lishi, mamlakatda
osoyishtalik o‘rnatishi
va zaiflik, xavf-xatar, shar-mandalikdan
yiroq turishining
eng oson yo‘li qanday ? — degan savolga Syun-szi shunday javob beradi:
— Buning uchun hukmdor o‘ziga munosib vazir tanlay bilmog‘i lozim.