Iqtisodiy renta-cheklangan resursdan foydalangani uchun to`lanadigan narx.
Kapitalga daromad-bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo`ladi. Agar kapital pul shaklida bo`lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo`yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo`lsa, u kapitalga ko`ra umumiy daromaddan ulush oladi.
Real foiz stavkasi nominal stavkadan (pulda ifodalangan stavkadan) inflyatsiya darajasini ayrilganiga teng.
Tadbirkorlik daromadi-bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiyotning noformal sektori, ya`ni yashirin iqtisodiy sektorda (rus tilida tenevaya ekonomika) yashirin daromad mavjud bo`ladi.
Yashirin daromad ham ikki xil bo`ladi. Birinchisi-pora olish (korruptsiya), giyohvand moddalar sotish, kontrabanda va boshqa sohalardan olinadigan yashirin daromad. Ikkinchisi-patentsiz va litsenziyasiz sotish faoliyati bilan shug`ullanishdan tushadigan daromad va soliq xizmatidan yashirilgan daromad.
Davlat o`zining daromad siyosatini amalga oshirishda aholini turmush darajasini ifodalovchi agregat ko`rsatkichlardan foydalanadi. Ana shunday ko`rsatkichlardan biri-yalpi ichki mahsulotdir (YaIM).
YaIMni aholi jon boshiga hisoblagandagi ko`rsatkich aholini turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, u har bir aholi jon boshiga jami ishlab chiqarilgan (bir yil davomida) mahsulotning qancha qismi to`g`ri kelishini ko`rsatadi. Lekin, bunday taqsimlanish aholi daromadining differentsiallashganligini (har xil bo`lishini) ifodalamaydi.
Aholining tarkibi har xil ijtimoiy qatlamlardan (ishchilar, qishloq xo`jaligidagi ishlovchilar, xizmatchilar, tadbirkorlar, o`qituvchilar, meditsina xizmati xodimlari va hokazolar) iborat bo`lgani uchun ushbu guruhlardagi insonlarning daromadlari ham har xil bo`ladi. Aholi daromadining taqsimlanish dinamikasi iste`mol byudjeti orqali o`rganiladi. Iste`mol byudjeti ham turli xil bo`lishi mumkin: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada etarli byudjet (bunga eng yuqori umumiy daromad oladigan oilalarni kiritish mumkin), minimal byudjet. Minimal byudjetli oilaga, oila a`zolarining (bir yillik yoki bir oylik) umumiy daromadlari minimal bo`lgan oilalar kiritiladi.
Aholini turmush darajasini ifodalaydigan ko`rsatkichlardan biri bu yashash minimumi (projitochnыy minimum). Yashash minimumini sarflangan ishchi kuchini oddiy takror tiklash uchun zarur bo`lgan daromad deb qarash mumkin. Yashash minimumini minimal iste`mol korzinasi ham deb qaralishi mumkin. Yashash minimumi aholini qashshoqlik chizig`i sifatida ham qarash mumkin. Yashash minimumidan past daromad oladigan aholining qismi qancha ko`p bo`lsa, aholining qashshoqlik darajasi shuncha yuqori bo`ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar iste`mol korzinasiga ko`ra hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda o`rtacha daromad iste`mol korzinasiga quyidagi tovarlar kiritiladi: uy-joy, avtomobil, uyning zamonaviy jihozlari, audio va video texnika, sayohat qilish imkoniyati, bolalarini kiyintirish, o`qitish, ilmiy asoslangan oziq-ovqat, kiyim-kechak, ma`lum darajadagi jamg`arma. Odatda minimal iste`mol korzinaga boshlang`ich ehtiyojni qondiradigan tovarlar kiritiladi (kiyim-kechak, oziq-ovqat, minimal yashash sharoiti).
Jamiyatdagi barqarorlik va aholining umumiy farovonligi ko`pincha ushbu aholi tarkibidagi o`rtacha sinfdagi aholining ulushi bilan ifodalanadi deb qaraladi. O`rtacha sinfdagi aholining mamlakatni hozirgi ham siyosiy, ham iqtisodiy hayotidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. Bozor talabini shakllantirishda, ishlab chiqarishdagi faollikni ta`minlash o`rta sinfga qarashli aholiga ko`proq bog`liq. Rivojlangan davlatlarda o`rta sinfga qarashli aholi umumiy aholining 50 foizidan 70 foizigachasini tashkil qiladi.Yuqorida ham ta`kidlab o`tdikki, bozor iqtisodiyoti o`z-o`zidan jamiyatdagi daromadlarni tekis taqsimlashni ta`minlamaydi, shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda har doim o`ta qashshoq, boy va o`ta boy aholi guruhlari saqlanib qoladi. TSivilizatsiyalashgan davlatlardagi iqtisodiy siyosat aholi daromadlaridagi keskin ravishda katta bo`lgan farqlarni qisqartirishga, daromadlarni ko`proq adolatli qayta taqsimlashga qaratilgan. Har bir tsivilizatsiyalashgan davlat nogironlarni, nafaqaxo`rlarni, ko`p bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni o`z bo`yniga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |