Loyiha deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi.
Investitsiya-daromad olish uchun qo`yiladigan kapital mablag`.
Investitsiyalash-bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to`ldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi.
Yalpi investitsiyalash-kapital zahirasining umumiy o`sishidir.
Qoplash-asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.
Sof investitsiya-yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag`ni ajratgandan keyingi qolgan qismi.
Sof investitsiya = Yalpi investitsiya-Qoplash.
Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo`lsa, sof investitsiya musbat bo`ladi (bu holda kapital ko`payadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo`lsa, sof investitsiya manfiy bo`ladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo`lsa, kapital hajmi o`zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi).
Faraz qilaylik, firma mandarin sotish bilan shug`ullanadi, deylik. Firma sotish quvvati turli bo`lgan do`konlarni qurmoqchi. Do`konlarni qurish uchun sarflanadigan kapital mablag`lar, sotish uchun sarflanadigan xarajatlar quyidagi jadvalda keltirilgan (10-jadval). Ssuda foizi stavkasi 10 foiz bo`lsin.
10-jadval. Bir yillik investitsiya qaytimlari
Do`kon-larning sotish quvvati (kir kunlik), kg
|
Umumiy inves-titsiya (kapitalmablag` sarfi), so`m
|
Chekli inves-titsiya, so`m
|
Kapital-ga to`la-nadigan chekli foiz, so`m
|
Chekli sotish xarajat-lari, so`m
|
Chekli umumiy xara-jatlar,
so`m
(MC)
|
Investi-tsiyadan olina-digan daromad, so`m
(MR)
|
Chekli foyda, so`m
|
1000
|
100000
|
100000
|
10000
|
5000
|
115000
|
120000
|
5000
|
2000
|
200000
|
100000
|
10000
|
7500
|
117500
|
120000
|
2500
|
3000
|
300000
|
100000
|
10000
|
10000
|
120000
|
120000
|
0
|
4000
|
400000
|
100000
|
10000
|
12500
|
122500
|
120000
|
-2500
|
5000
|
500000
|
100000
|
10000
|
15000
|
125000
|
120000
|
-5000
|
11-jadval. Bir yillik qo`yilgan investitsiyaning chekli oqlash normasi.
Sotish quvvati,
kg
|
-chekli oqlash normasi, %
|
Ssuda foizi stavkasi , %
|
Investitsiyani chekli sof oqlash normasi , %
|
1000
|
15,0
|
10,0
|
5,0
|
2000
|
12,5
|
10,0
|
2,5
|
3000
|
10,0
|
10,0
|
0,0
|
4000
|
7,5
|
10,0
|
-2,5
|
5000
|
5,0
|
10,0
|
-5,0
|
Sotish masshtabi oshishi bilan o`zini oqlash normasi 15 foizdan 5 foizga tushadi. bo`lganda, investitsiyadan olinadigan daromad maksimallashadi, ya`ni sotish hajmi 3000 kilogrammga etadi. Ushbu vaziyat 101-rasmda keltirilgan.
102-rasm. Chekli oqlash normasi va ssuda foizi stavkasi dinamikasi.
Ssuda foizi stavkasi o`zgarmas bo`lib 10% ga teng bo`lgani uchun, uning chizig`i abtsissa o`qiga parallel joylashadi. Chekli oqlash normasi do`konlarning sotish quvvatiga qarab o`zgaradi, ya`ni sotish masshtabi oshishi bilan pasayib boradi.
Chekli oqlash normasi chizig`i investitsiyaga bo`lgan talab chizig`ini ifodalaydi. Talab chizig`idan ko`rish mumkinki, foiz stavkasi qancha yuqori bo`lsa, kapitalga bo`lgan talab shuncha kam va aksincha, foiz stavkasi qancha past bo`lsa, kapital mablag`ga bo`lgan talab shuncha yuqori bo`ladi. Foydani maksimallashtiradigan sotish hajmi bo`lganda 3000 kilogrammga teng bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |