Iqtisodiy renta-bu taklifi chegaralangan resursga to`lanadigan narxdir.
2. Daromadlarni taqsimlanishi
Daromadlar turi. Daromadlar iqtisodiyot nazariyasiga ko`ra ishlab chiqarishda qatnashgan omillarning shu ishlab chiqarishdan olinadigan umumiy daromadga qo`shgan hissasi bo`yicha taqsimlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlardan tushadigan daromadni bunday taqsimlanishi jamiyat uchun kerakli bo`lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rag`batlantiradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar jamiyatdagi insonlarning turmush darajasini belgilab beruvchi baza hisoblanadi va bu boylikdan jamiyatdagi har bir shaxsning o`z ulushini olishi bozor sharoitida tengchilikka asoslanmaydi. Lekin, bunday taqsimlanishning tenglikka asoslanmaganligi ko`pchilikni qoniqtirmaydi. SHuning uchun ham davlat daromadlardagi notekislikni yumshatish uchun o`zining daromad siyosatini amalga oshiradi.
Ishlab chiqarish omillari egasining daromadi omillar bozorida aniqlanadi. Ma`lumki, korxona egalari ishlab chiqarish omillarining egalariga (ishchi kuchi, kapital, erga) har bir omilning chekli mahsulotiga ko`ra haq to`laydi. Ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini to`lagandan keyingi qolgan daromad korxona ixtiyorida qoladi va unga korxona egalarining iqtisodiy foydasi deyiladi.
Mukammallashgan bozor nazariyasiga ko`ra, mukammallashgan bozorda ishlab chiqarish omillari egalari korxonadan, shu korxonada ishlatilgan omillari uchun olgan haqi, shu omillarning chekli mahsulotiga aniq teng bo`lsa, u holda iqtisodiy foyda nolga teng bo`ladi (agar masshtab samarasi o`zgarmas bo`lsa).
Ma`lumki, korxonalar o`z kapitaliga ega, shu sababli ular o`z kapitalini ishlatgani uchun foyda oladilar.
SHunday qilib, bozor sharoitida quyidagi daromadlar asosiy daromadlar hisoblanadi: ishchi kuchi daromadi, kapitalga daromad (foizlarda), kichik firmalar daromadi, renta-er egalari daromadi, sof foyda.
Nominal va real daromadlar.Nominal daromad-bu soliq va narxlarning o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan daromad darajasi. Real daromad-bu narxlarni va boshqa to`lovlarning o`zgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq va boshqa to`lovlarni ayirib, uni narxlar o`zgarishiga (inflyatsiyaga) ko`ra qayta hisoblaydi.
Ish haqi-ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to`lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo`lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to`lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).
Do'stlaringiz bilan baham: |