12-mavzu. Ishlab chiqarish omillari bozori
Reja
Mehnat munosabatlari va mehnat resurslaridan foydalanish ko`rsatkichlari.
Ish xaqi.
Mehnat bozori, mehnat taklifi va mehnatga bo`lgan talab.
Raqobatlashgan, monopolistik va monopsonik mehnat bozorlari.
Tayanch so’z va iboralar: mehnat resursi, mehnatning chekli mahsuloti, mehnatning chekli daromadliligi, mehnat qaytimi. mehnat sig`imi. mehnat samaradorligi. mehnat unumdorligining kamayish qonuni, ish haqi minimumi, kasaba uyushma, ish haqi stavkalarining tabaqalashuvi, iqtisodiy renta, daromadlarni tabaqalanishi, Djin koeffitsenti.
1. Mehnat munosabatlari va mehnat resurslaridan foydalanish ko`rsatkichlari.
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, er va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste`mol tovarlari bozori ta`sirida shakllanadi. SHuning uchun ham resurslarga bo`lgan talab hosila talab bo`lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog`liq.
Ishchi kuchiga bo`lgan talabni alohida firma uchun qaraymiz. Bozor (tarmoq) talabini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yig`ib chiqiladi.
Qo`shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo`shimcha daromad mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u orqali belgilanadi.
Mehnatning chekli daromadliligi ning iqtisodiy ma`nosi shundan iboratki, ya`ni u qo`shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo`shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini , qo`shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qo`shimcha daromad ga ko`paytirish orqali aniqlanadi:
, (1)
bu erda -mehnatning chekli daromadliligi;
-mehnatning chekli mahsuloti;
-chekli daromad.
Ushbu muhim bo`lgan (1) munosabat iste`mol bozori raqobatlashganmi yoki yo`qmi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun o`rinlidir.
Masalan, kapital bozori uchun:
bu erda -kapitalning chekli daromadliligi;
-kapitalning chekli mahsuloti;
-chekli daromad.
Er bozori uchun:
.
Raqobatlashgan bozor sharoitida chekli daromad bozor narxiga teng, ya`ni bo`lgani uchun, chekli mehnat daromadliligi quyidagicha aniqlanadi:
(2)
CHekli daromadning kamayish qonuniga ko`ra, mehnatning chekli mahsuloti ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi. Demak, chizig`i narx o`zgarmasa ham pastga qarab yo`nalgan bo`ladi (84-rasm).
84-rasm. Chekli mehnat daromadliligi grafigi1
I chiziq raqobatlashgan iste`mol bozoridagi firmaning chizig`i (bu erda firma monopol hokimiyatga ega emas). II chiziq iste`mol bozorida monopol hokimiyatga ega bo`lgan firmaning chizig`i. Monopol hokimiyatga ega bo`lgan firma ko`proq mahsulot sotish uchun tovar narxini tushirishi mumkin. Natijada bo`ladi va ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan kamayib boradi. Demak, va chiziqlari pastga yotiq bo`lgani uchun chizig`i pastga tomon yotiq bo`ladi. Agar biz monopol hokimiyatga ega bo`lgan firmaning mehnatni chekli daromadliligini monopol bo`lmagan firmaning mehnatni chekli daromadliligi bilan solishtirsak
,
bu erda -monopol hokimiyatga ega bo`lgan firmaning mehnatini chekli daromadliligi;
-monopol hokimiyatga ega bo`lmagan raqobatlashuvchi firmaning mehnatini chekli daromadliligi.
Bundan kelib chiqadiki, har qanday ish haqida iste`mol bozorida monopol hokimiyatga ega bo`lgan firma, monopol hokimiyatga ega bo`lmagan firmaga nisbatan kamroq ishchi yollaydi.
Mehnatni chekli daromadliligi dan ishchilarni yollashda foydalanishi mumkin. Agar firma o`z foydasini maksimallashtiradigan bo`lsa, u ishchilarni yollashni mehnatni chekli daromadliligi ish haqiga teng bo`lgunga qadar davom ettiradi.
, (3)
bu erda -ish haqi.
Agar bo`lsa, firma qo`shimcha ishchi kuchini yollab, o`z foydasini oshirishi mumkin.
Ushbu shart quyidagi 85-rasmda ifodalangan.
85-rasm. Raqobatlashgan mehnat bozorida mehnat narxining uning miqdoridan bog`liqligi.2
Mehnatga bo`lgan talab chizig`i bilan ustma-ust tushadi. talab chizig`iga ko`ra, mehnat narxi pasaygan sari unga bo`lgan talab ham ortib boradi va aksincha. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab-bu firmalarning ishchi kuchiga talabidir. Taklif ishchilar tomonidan bo`ladi.
Mehnat bozori raqobatlashgan bo`lgani uchun mehnat narxi bozor tomonidan shakllanadi va unga bozor sub`ektlari ta`sir qila olmaydi (raqobatlashgan iste`mol bozoridagi kabi). Bu barcha ishchilar qaysi firmada ishlashidan qat`iy nazar, bir xil ish haqi oladi va firmalar bu narxni oldindan berilgan narx sifatida qabul qiladilar. SHuning uchun ham alohida firma uchun mehnat resurslari taklif chizig`i gorizontal, ya`ni u absolyut elastik.
Tarmoqbo`yichamehnatbozoriniko`ribchiqamiz. Umumiy bozor talabi tarmoqdagi firmalar talablari yig`indisi bilan aniqlanadi (86-rasm).
86-rasm. Tarmoq mehnat bozori.3
Umumiy taklif takliflar yig`indisidan iboratdir.
Buerda -ishchiuchunsarflanadiganqo`shimchaxarajat, ya`ni, ishhaqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |