12-mavzu. Ishlab chiqarish omillari bozori


Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi (xilma-xil bo`lishi, tabaqalashuvi)



Download 0,62 Mb.
bet8/18
Sana02.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#524606
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
12-Maruza

Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi (xilma-xil bo`lishi, tabaqalashuvi). SHaxsiy daromadlarning tabaqalashuvining asosida ish haqining har xil bo`lishi yotadi. Ish haqining har xil bo`lishi esa quyidagi omillarga bog`liq: shaxslar qobiliyatining har xilligi, bilim darajasi, malakasi, tajribasi, mulkning va qimmatbaho qog`ozlarning notekis taqsimlanishi, ko`chmas mulkning notekis taqsimlanishi, ya`ni jamg`armaning notekis taqsimlanishi va hokazolar.
Bulardan tashqari daromadlarning notekis taqsimlanishida omad, qimmatli axborotga ega bo`lish, tavakkalchilik, shaxsiy va oilaviy munosabatlar ham ma`lum rol o`ynaydi. Ushbu omillarning ta`siri har-xil, ba`zi hollarda ular daromadlarni taqsimlashga qaratilgan bo`lsa, ba`zi hollarda notekislikni kuchaytiradi. Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasini, chuqurligini aniqlashda Lorents egri chizig`idan foydalaniladi. Lorents egri chizig`ini chizish uchun koordinata sistemasini chizamiz. Gorizontal o`q bo`yicha aholining yoki oilalarning foizlardagi ulushi ifodalanadi. Vertikal o`q bo`yicha-daromadlar foizi ifodalanadi (99-rasm).

99-rasm. Lorents egri chizig`i.16


Odatda aholini besh qismga bo`ladi, ya`ni besh kvintelga. Har bir kvintelga (beshdan bir qismiga) aholining 20 foizi kiradi. Aholining qismlari koordinata o`qiga eng kam daromadga ega bo`lgan qismidan boshlab to eng ko`p daromad oladigan qismigacha bo`lgan ketma-ketlikda joylashtiriladi.


Agar aholining barcha qismlari oladigan daromad bir xil bo`lsa, ya`ni daromad tekis taqsimlangan bo`lsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz daromad to`g`ri keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz daromad to`g`ri keladi va hokazo.
Grafikdagi 0F chizig`i daromadlarni absolyut tekis (teng) taqsimlanganligini ifodalaydi. 0EF chizig`i esa absolyut notekis taqsimlanganligini ifodalaydi.
Lorents egri chizig`i 0ABCDF daromadlarni real, haqiqiy taqsimlanishini ifodalaydi.
Amalda aholining eng kam ta`minlangan qismiga daromadni 5-6 foizi to`g`ri kelsa, eng boy aholi qismiga 40-45 foizi to`g`ri keladi.
SHuning uchun ham Lorents egri chizig`i daromadlarni absolyut tekis va notekis taqsimlanishini ifodalovchi chiziqlar o`rtasida joylashgan.
Daromadlar taqsimlanishi qancha notekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i shuncha E nuqtaga tomon botiq bo`ladi.
Daromadlar taqsimlanishi qancha tekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i to`g`rilanib 0F chizig`iga shuncha yaqinlashadi.
Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasi Djini koeffitsientini deb belgilasak, u 0ABCDF yuzani (99-rasmda shtrixlangan yuza) 0FE uchburchak yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi:
.
Bu erda biz nominal daromadni taqsimlanishini ifodaladik. Nominal daromadga aholi tomonidan pul shaklida olingan barcha daromadlar kiradi: ish haqi, dividendlar, foizlar, barcha transfert to`lovlari (qaytarib olinmaydigan pul to`lovlari).
Lekin, bu erda aholini o`z tomorqasidan oladigan daromadi, uyidagi chorva mollaridan tushadigan daromad, davlat tomonidan ta`limga, meditsina xizmatiga sarflanadigan mablag`lar, xayriya, ehsonlar hisobga olinmagan.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda daromadlarni qayta taqsimlash siyosati davlat tomonidan amalga oshiriladi. Progressiv, ya`ni o`sib boruvchi soliq tizimiga ko`ra, aholining boy qismidan yuqoriroq foizda soliq olinsa, aholining kam daromadli qisimdan kamroq foizda soliq olinadi. Soliq to`lovlaridan tushgan daromadning bir qismi kam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflanadi.
Deyarli barcha davlatlarda aholini ijtimoiy sug`urtalash va kam ta`minlangan aholiga moddiy yordam berish dasturlari mavjud.
Ijtimoiy sug`urtalash dasturiga ko`ra nafaqaxo`rlar, aholining ishga yaroqsiz bo`lgan qismi, boquvchisini yo`qotgan oila, nogironlar ijtimoiy sug`urtalanadi.
Davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi bo`yicha ko`p bolali oilalarga yordam beriladi, oziq-ovqat mahsulotlari ajratiladi va boshqa har xil imtiyozlar belgilanadi.
Davlatning daromadlarni qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorents egri chizig`i to`g`rilanib 0F chizig`i tomonga siljiydi, ya`ni Lorents egri chizig`i holatdan holatga siljiydi (100-rasm).
Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati istiqbolda o`zini samarasini beradi. Nima uchun deganda, kam ta`minlangan aholi o`qish, bilim olish imkoniyatiga ega bo`ladi va ular kelajakda jamiyat taraqqiyotiga o`z hissalarini qo`shadilar.



100

F

Aholi foizi



80



Moddiy yordam berilgandan keyingi, soliq to`lo`vlari to`langandan keyingi Lorents egri chizig`i
Лоренц эгри чизиғи



Davlat tomonidan yordam berilmagandagi, soliqlar to`lanmagan davirdagi Lorents egri chizig`i



D'

60





C'

D

40



B'

C

20



A'

B



E

A



0

20

40

60

80

100



Aholi foizi

100-rasm. Daromadlarni qayta taqsimlanishi natijasida Lorents egri chizig`ining siljishi.17





Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish