Toshkent moliya instituti
"Iqtisodiyot" fakulteti
IMT-50 guruh talabasi Nuriddinova Madina
Moliya bozorida amalga oshiriladigan bitim va operatsiyalar
Moliyaviy bozorlar deganda qimmatli qog'ozlar savdosi amalga oshiriladigan har qanday bozor, shu jumladan fond bozori, obligatsiyalar bozori, foreks bozori, derivativlar bozori va boshqalar kiradi.
Moliya bozorida barcha xatti-harakatlar me’yorlangan bitim (shartnoma) va ular negizidagi operatsiyalar bilan belgilanadi.
Moliyaviy bitim - odatda ikki tarafning moliyaviy instrument bo‘yicha mulkiy huquqni o‘tishi yoki moliyaviy xizmat ko'rsatish to‘g‘risidagi ixtiyoriy kelishuvi bo'lib, o'zida taraflarning kelishilgan predmet (matlab) bo'yicha huquqlari, majburiyatlari, javobgarliklari, o'zaro hisob-kitob shartlari, bajarish muddatlari va boshqa qo'shimcha shartlarni ifodalaydigan yuridik hujjat.
Moliyaviy bitim predmeti doirasida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo'lishi mumkin: sotish va sotib olish, mulkka egalik huquqini berish, xizmat ko'rsatish va h.k.
Shartnoma bo'yicha moliyaviy instrument bilan bog'liq operatsiya yoki xizmat - bu taraflarning kelishuvi asosida belgilangan tartibda bajaradigan xatti-harakatlari ketma-ketligi majmuasi.
Bitimni quyidagi jihatlar (aspektlar) nuqtai nazaridan ko'rish mumkin:
tashkiliy-texnik, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy-etik.
Tashkiliy-texnik aspekt taraflarning shartnoma (kontrakt, bitim) tuzish va uni bajarish uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar tartib va tizimini qamraydi. Ushbu aspekt doirasida yuridik hujjat - shartnoma (kontrakt, bitim) shaklida tuziladi. Bunda shartnoma dokumentar yoki
elektron shakllarda tuzilishi mumkin.
Iqtisodiy aspektda shartnoma ma’lum iqtisodiy maqsadga erishishga yo‘naltiriladi, uning doirasida shartnoma predmeti va obyekti belgilanadi hamda o‘zaro hisob-kitob tartibi aniqlanadi.
Huquqiy aspektda shartnoma bo'yicha taraflar tomonidan amalga oshiriladigan huquq va majburiyatlar, nizolar natijasidagi mulkiy javobgarlik belgilanadi.
Ijtimoiy-etik aspektda shartnoma obyektiga nisbatan taraflarning
ishonch darajasi aniqlanadi. Umuman, ijtimoiy-etik aspekt shartnomaga
nisbatan jamoatchilik fikrini aks etadi, shuning uchun taraflardan
shartnoma tuzish va uni bajarish chog'ida ma’lum etik me’yor va
tartiblarga rioya qilishni talab etadi.
Shartnomada quyidagilar bo'lishi lozim:
- shartnomaning nomi, nomeri, sanasi, tuzilish joyi;
- shartnoma taraflarining nomi, uni tuzishga mas’ul shaxslar;
- shartnoma predmeti va obyekti;
- iqtisodiy parametrlar (obyekt soni, hajmi, narxi va boshqa ko'rsatkichlari);
- shartnomani bajarish muddati, o'zaro hisob-kitob sharti, muddati va shakli;
- taraflarning huquq va majburiyatlari, shartnomani bajarmaslik yoki belgilanganidek bajarilmasligi uchun javobgarlik;
- alohida va qo'shimcha shartlar;
- taraflarning yuridik adreslari, rekvizitlari va muhrlari bilan tasdiqlangan imzolari.
Shartnoma yuridik tasdiq yoki xulosaga ega bo'lishi shart. Ma’lum holatlarda notarial tasdiqlanishi mumkin.
O'zaro shartnomalar to'g'ridan-to'g'ri yoki vositachi orqali tuzilishi mumkin.
Shartnomalarda quyidagi operatsiyalar nazarda tutilishi mumkin:
birjaviy, nobirjaviy, ulgurji, chakana, yirik, mayda, ichki, tashqi, kassaviy, muddatli, to'liq, bo'lingan, ko'paytirilgan, oddiy, murakkab, tezkor, muddati cho'zilgan, uzoq muddatli, bog'liq, bir marotabalik, qarama-qarshi, to'g'ridan-to'g'ri, teskari, yordamchi va h.k.
Shartnomalar faoliyat (xizmat) turlari, maqsadlari, moliyaviy instrumentlar bo'yicha farqlanishi mumkin.
Har bir operatsiya qonunchilikda belgilangan tartibda, muddatda, hajmda va narxda bajariladigan maqsadli xatti-harakatlaming ma’lum ketma-ketligi (me’yorlangan algoritmi) to‘plamidan iborat bo'ladi.
Operatsiyani bajarish algoritmi - bu maqsadga erishish borasidagi tartibli xatti-harakatlaming ketma-ketligi.
Shartnomani bajarish algoritmi - bu shartnomaning maqsadiga erishish bo'yicha taraflarning bajaradigan operatsiyalarining me’yorlangan tartibi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |