12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar



Download 11,96 Mb.
bet76/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

DASTURI
Davomiyligi: 3 soat
Masofasi: Samarqand shahri bo’ylab 15 km
Ekskursiya maqsadi: Samarqand shahridagi mashhur tarixiy-arxitektura yodgorliklari bilan tanishtirish
Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh: xorijdan tashrif buyurgan turistlar
Ekskursiya mavsumi: yil davomida


GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI



  1. ob’ekt: AMIR TEMUR MAQBARASI (1404-yillar)

Hurmatli ekskursantlar! Siz ko’rib turgan ob’ektingiz Amir Temur maqbarasi bo’lib, jahonga mashhur va O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladi.


Majmua «qo‘sh» uslubidagi bosh peshtoq, ikki tomonlama ketuvchi to‘rtburchak shakldagi hovlini hosil qiluvchi va bizgacha aksariyat qismi saqlanmagan devorlar, 4 ta minora shulardan 2 tasi saqlangan, ikki tomonlama qarama-qarshi shaklda Muhammad Sulton farmoniga binoan qurilgan madrasa va xonaqoh poydevorlari va asosiy maqbara majmuasidan tashkil topgan.
Endi majmua bilan yaqindan tanishishni boshlasak! Marhamat!
Amir Temur maqbarasi peshtoqi. Muhammad Sulton ansamblidan faqat peshtoqigina yaxshi saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan bo‘lib, turli-tuman koshinlari bilan devor fonida yaqqol ko‘rinib turadi. Koshinlar orasiga binoni qurgan usta-Muhammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi va «Dini jannat dili poklarnikidir» deb jimjimador qilib yozib qo‘yilgan. G‘ishtli ustunlar bezagida “girih” deb ataluvchi geo­metrik shakllarga asoslanib, nafis qilib ishlangan kompozitsiya asosiy o‘rinni egallaydi.
Madrasa va xonaqoh qoldiqlari. E’tiboringizni madrasa va xonaqoh qoldiqlariga qaratmoqchiman! Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, XVII asrda mad­rasa ishlab turgan, xonaqoh binosidan esa vayronalargina saqlangan. XVIII asrning 20-yillaridagi ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz davrida huvillab qolgan Muhammad Sulton madrasasi harobaga aylana boshlagan. Muhammad Sulton xonaqohi va madrasasidan devor qoldiqlari va koshin parchalarigina saqlangan. Lekin bu qoldiqlar ham asrlar bo‘yi pinhon bo‘lib kelgan inshoot sirini bilishga imkon berdi.
Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad Sulton madrasasining qoldiqlari ko‘rinib turadi. Chorsu hovlining atrofiga ikki qavatli hujralar tushgan. Hujralar boshqa madrasalardagi singari bo‘yi uzun, eni tor bo‘lib eshik tepasidagi darchalardan yorug‘ tushib turgan. Madrasaning burchaklarida gumbazli darsxonalar bo‘lgan. Xonaqoh o‘rtasida katta gumbazli keng zal, zalning atrofida ikki qavatli, biridan ikkinchisiga o‘tiladigan xonalar bo‘lgan, bu xonalarning ba’zilarida kishilar yashagan, ba’zilari muzokara o’tkaziladigan joy bo‘lgan.
Hovli atrofini o‘rab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoqlarga bo‘lingan. Hovlining tashqi burchaklarida to‘rtta minoralar bo‘lgan. Yuqoriga ko‘tarilgan sari ingichkalashib borgan minora Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasi minoralari kabi sharafa bilan bezatilgan. Minoraning asosi bilan tepasi orasidagi tafovut koshin plitalar terishda ustalik bilan bartaraf qilingan. Koshinlar har bir qatoriga bir xil miqdorda koshin plitalar terilgan holda, ular orasidagi choklar yuqoriga ko‘tarilgan sari torayib boradi va tepasiga yetib tugaydi. Saqlangan 2 minoralarning birida «banda tadbir etar, olloh taqdir etar» deb yozilgan.

Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish