Gidning ekskursantlar bilan tanishishi. Gid avtobusga kirgan zahotiyoq ekskursantlar bilan salomlashib, o‘zining ismi- sharifi ekskursiya tashkil etuvchi firmaning nomi, avtobus haydovchisi bilan tanishtiradi, ya’ni ekskursiyaning kirish qismini boshlaydi.
Gid o‘z faoliyatining boshidayoq ekskursantlar bilan munosabatini o‘rnatilgan qonun qoidalarga bo‘ysundirishi muhimdir. Gidning ekskursantlar bilan keyinchalik munosabati birinchi tanishuv daqiqalariga bog‘liq bo‘ladi. Ekskursantlar o‘z o‘rindiqlariga qulayroq joylashib olishgach, asta-sekin tinchlanishadi va gidga e’tibor qaratishadi. Ekskursantlar gid nimalarga qodirligi, qiziqarli ma’lumotlarni bera olishiga e’tibor qaratishadi, gid esa ularni qanday va nima bilan qiziqtira olishni, mavzuga qanday qilib jalb etish haqida o‘ylaydi.
Nigohlar yordamida muloqot ham insonlar orasidagi muomila vositalaridan biridir. Gid ishini shunday olib borishi kerakki, ekskursantlar u nima xohlashini sezishsin. Qoidaga ko‘ra insonga nisbatan nigohli muloqot davomiyligi 3-5 daqiqa davom etadi. Davomli kuzatish yoki aksincha yuzaki, befarq qarash ham kerak emas. Ekskursiya xizmatini to‘g‘ri tashkil etish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Ekskursiya xizmatining mavzusidan ekskursantlar oldindan xabardor bo‘lishi, ya’ni ekskursiya xizmati mavzusining reklamasi uni o‘tkazishdan bir - ikki kun oldin boshlanishi kerak, chunki shu vaqt oralig‘ida ekskursant o‘zini ruhan mavzuga moslashtiradi, jarayonni tasavvur qilishga harakat qiladi.
Har bir mavzuning tanishuv qismi bo‘lib, ekskursantlar tarkibiga qarab ham(mahalliy aholi, turistlar, kattalar, bolalar) turlicha mazmunda bo‘lishi mumkin.
Ekskursantlarning avtobusdan tushishi (boshqa transport vositasidan). Gid ekskursantlarni avtobusdan tushishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerak, aks holda ularning asosiy qismi avtobusdan chiqmay, ob’ektni o‘tirgan joyidan kuzatadilar va u bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yo‘qotadilar. Ekskursiya xizmatida avtobuslarning to‘xtash joylari soni va shu joy tanlanishining zaruriyatini tanishuv qismida aytib o‘tishi tavsiya etiladi.
Avtobusdan tushish ko‘zlangan joylarda gid ekskursantlarga namuna bo‘lib, birinchi tushadi va ob’ekt tomon yo‘nalishni ko‘rsatadi. Boshqa to‘xtash joylari rejalashtirilganda( masalan, sanitar yoki suvenirlar tanlash kerak bo‘lganda) gid avtobusning aniq jo‘nash vaqtidan xabardor qiladi. Ekskursantlardan grafikka ta’sir etuvchi reglamentga rioya qilishlarini talab qilish lozim. Agar to‘xtash vaqti ma’lum bir sabablar bilan qisqartirilsa yoki uzaytirilsa, gid bu haqda ekskursantlarni xabardor etishi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |