12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar


Ekskursantlarning avtobusga qaytishi



Download 11,96 Mb.
bet71/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

Ekskursantlarning avtobusga qaytishi. Ekskursantlarning avtobus tomon harakatlanishini gid boshqaradi va eshikning o‘ng tomonida turib ularni bildirmay sanaydi. Ekskursantlarning hammasi yig‘ilganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, avtobusga chiqib, harakatlanish uchun haydovchiga ishora beradi. Avtobusda o‘z joyini egallab bo‘lgan ekskursantlarni sanab o‘tirishning hojati yo‘q.
Gidning o‘rni. Gid avtobusda shunday joyni egallashi lozimki, hikoya qilinayotgan ob’ektlar unga yaxshi ko‘rinib tursin. Qoidaga muvofiq haydovchining yonidagi maxsus o‘rindiq gid uchun mo‘ljallangandir. Avtobus harakati vaqtida gidning tik turishi (ekskursantlarning ham) xavfsizlik yuzasidan mumkin emas.
Piyoda harakatlanadigan ekskursiya xizmatida gid ob’ektga nisbatan yonbosh turishi maqsadga muvofiqdir, chunki qarshisida turgan ob’ektni ko‘rib tahlil qiladi va o‘z taassurotlarini hikoya qiladi. Avtobusli ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga orqasi bilan o‘tirib, oynadan ko‘rinayotgan yoki ko‘rinishi kutilayotgan ob’ektlarni hikoya qiladi.
Ekskursiya xizmatida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash. Metodik ishlanmalarda har bir mavzuostilarni yoritib berishga sarflanadigan vaqt aniq ko‘rsatiladi. Bu yerda barcha masalalar - ob’ektlarni ko‘rsatish, gidning hikoyasi, ob’ekt bo‘ylab harakati va keyingi marshrut bo‘ylab harakati inobatga olinadi. Vaqtni taqsimlay olish ko‘nikmasiga gid birdaniga erishmaydi. Buning uchun u qo‘l soati bilan ob’ektlarda mashq qilishi talab qilinadi. Mantiqiy o‘tishlarda, mavzuostilarni ochish va asosiy savollarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganish lozim.
Ba’zida ekskursiya vaqti gidga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan qisqaradi. Bunga ekskursantlarning uzoq yig‘ilishi, turistlar nonushtasining o‘z vaqtida berilmasligi, ko‘chalardagi tirbandlik kabi holatlar sabab bo‘lishi mumkin. Vaziyatni o‘nglash uchun gid mavzuni yoritishga ajratilgan vaqtni qisqartirishga majbur bo‘ladi. Qisqartirganda ham asosiy ma’lumotlar saqlanib, muhim bo‘lmaganlari olib tashlanishi maqsadlidir. Bunday holatlarga ham gid oldindan tayyor turishi lozim.

Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish