b) sanoat zaharlarining oshqozon – ichak traktidan qonga o‘tishi.
Toksik moddalar zaharlangan ovqat, sut bilan birga, shuningdek “sof holda” qonga og‘iz bo‘shlig‘i, oshqozon va ichak shilimshiq qavatlari orqali o‘tadi. Ularning aksariyati ovqat hazm qilish traktining epitelial hujayralariga so‘riladi va oddiy diffuziya mexanizmi bo‘yicha qonga o‘tadi.
Zaharlarning organizm ichki muhitiga kirib borishining hal qiluvchi omili ularning yog‘larda eruvchanligi hamda zaharlar dissotsiatsiyalanishi darajasidir.
Yog‘da erimaydigan toksik moddalar oshqozon va ichak shilliq qavatlarining hujayra membranalari orqali poralar yoki membranalararo bo‘shliq bo‘yicha so‘riladi. Toksik moddalar oshqozon – ichak traktidan qon oqimi bilan jigarga – to‘siq vazifasini bajaradigan organga o‘tadi.
Ayrim zaharlar diffuziya tufayli qonga og‘iz bo‘shlig‘idanoq so‘rilishi mumkin. Bunda ovqat hazm qilish shiralarining ta’siri, zaharning jigardagi metabolizmi bo‘lmaydi, bu esa toksik samarani oshiradi. Og‘iz bo‘shlig‘idan barcha yog‘da eruvchan moddalar, fenollar, ayrim tuzlar (sianidlar) so‘riladi.
Zaharli moddalar oshqozondan qonga so‘rilganda oshqozon shirasining nordon muhiti zaharning resorbsiyasini kuchaytirishi ham, unga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Oshqozondan barcha yog‘da eruvchan moddalar hamda organik moddalarning ionlashgan molekulalari diffuziya yo‘li bilan so‘riladi. Biroq kislotalar va ishqorlar oshqozondan so‘rilmaydi, chunki ularning ionlashuvi yuqori.
Oshqozonda metallar hujayra membranasi poralari orqali filtratsiyalanishi mumkin. Bunda metallar o‘z shaklini o‘zgartiradi: Fe2+͢→Fe3+, Pb ning erimaydigan shakllari → eruvchan shakllari.
Zaharli sanoat birikmalarining oshqozon – ichak traktida so‘rilishi asosan ingichka ichakda kechadi. Ayrim toksik moddalar (Su, uran – U? simob) ichakning epiteliysini jarohatlab, so‘rilishni izdan chiqaradi. Yog‘da eruvchan moddalar diffuziya yo‘li bilan yaxshi so‘riladi. Organik elektrolitlarning so‘rilishi ularning ionlashuvi darajasiga bog‘liq. Kuchsiz nordon va kuchsiz ishqoriy moddalar ingichka ichakda so‘riladi, kuchli kislotalar sekin so‘riladi va ichak shilimshiqi bilan komplekslar hosil qiladi.
Aksariyat metallarning so‘rilishi ozuqa moddalarining qonga yetkazib berilishini ta’minlaydigan aktiv tashish yo‘li bilan yuz beradi. Xrom – Cr, marganets, ruh – yonbosh ichakda, temir, kobalt, mis, simob, talliy, surma – ingichka ichakda so‘riladi. Ishqoriy metallar tezroq so‘riladi. Ishqori y yer metallar (Ca, Sr, Ba)ning 20-60%i qonga o‘tadi va fosfatlar iblan erimaydigan yoki gidroksidlar ko‘rinishidagi komplekslarni hosil qiladi. Nodir yer metallarining (seziy, lantan, ittriy) oqsillar bilan hosil qiladigan pishiq komplekslari qiyin so‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |