a) Porshenlash yo‘li bilan porshen maksimal chuqurlikgacha tushuriladi.
Buning uchun halqa oralig‘ini bekituvchi paker o‘rnatiladi. Bunday sharoitda
qatlamga yuqori depressiya hosil qilinadi (12 MPa-gacha).
b) Kompressor usulida suyuqlik NKQning boshmoqigacha bostirilganda
quduqdan suyuqlikni olishda ko‘chma kompressordan foydalaniladi.
Bunday
sharoitda quvurlar filtrning yuqori teshigigacha tushiriladi. Kompressordagi bosimni
pasaytirish uchun NKQda ishga qo‘shish teshiklarni parmalash maqsadga muvofiq
emas, yana NKQ orqali quduqqa suv haydalganda bu teshiklar orqali quvur halqa
fazosiga chiqishi mumkin.
Suvning tarkibidagi muallaq cho‘kmalarning
miqdori nazorat qilinadi va
barqarorlashguncha drenajlashtirish davom ettiriladi.
v) Nasos usulida suvning tarkibidagi muallaq cho‘kmalarni miqdorini
barqarorlashgunga qadar drenajlashtirish mumkin.
g) Suv jadal oqimga yig‘iladi va o‘z oqimi bilan quduqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
oqovaga tashlanadi. Bunday jarayon ko‘p martali takrorlanadi va qisqa muddatda
oqib chiqarish samarali bo‘ladi, quduq 6÷15 daqiqa davomida davriy maksimal
ko‘rsatgichda chiqarib yuborish rejimida ishlaydi.
Bunday jarayon muallaq
cho‘kmalarni tarkibi barqarorlashgunga qadar takrorlanadi.
Bunday usulni qo‘llash quduqning debiti bir kunda bir necha o‘nlab metr
kubni tashkil qilganda maqsadga muvofiqdir. Muallaq cho‘kmalarni barqaror
tarkibiga erishish uchun suvni sarfi qisqa vaqt davomida 4-6 martaga kamaytiriladi.
3.
Qatlamlarni karbonat qatlamlarni ochishda
, tarkibi karbonatli
sementlangan materiallardan tashkil topgan quduq tubi atrofi zonasini ochishda tuz
kislotali ishlov berish qo‘llaniladi. Buning uchun qatlamning bir metr qalinligiga 10-
15% li ingibirlangan tuz kislotali aralashma 0,8-1,5 m
3
miqdorida haydaladi va bir
kun davomida qoldiriladi. Quduq drenajlashtirilgandan
va yuvilgandan keyin
haydash rejimiga o‘tkaziladi.
4.
Qatlamni gidravlik yorish (QGYO
).
III-guruhdagi quduqlar QGYO va bir qator navbatdagi (drenajlash, yuvish)
usullar qo‘llanilib o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Ba’zida qatlamlashib
takrorlanayotgan gilli va qumoqtoshlar uchraganda QGYO samarasizdir, bunda
yoriqlar eng yaxshi o‘tkazuvchan qatlamlarda shakllanadi va haydalgan suv esa shu
oraliqlar orqali bir yo‘nalishda qatlamga yutilib ketadi. Eng yaxshi natijaga erishish
uchun oraliqlararo har bir qatlamda alohida QGYO amalga oshiriladi. Bunday
sharoitda ikkita paker qo‘llaniladi, u NKQ orqali tushiriladi, ishlov beriladigan
oraliqning yuqorisi va pastki qismlariga o‘rnatiladi.
5.
Quduqlarni NKQ-lar va suv-qumli aralashmali suv uzatmalar orqali
yuvish.
Ko‘pincha haydovchi quduqlarni o‘zlashtirishni kam samarali yoki qatlamni
kam qabul qiluvchanlikka ega bo‘lishiga sabab suv oqimi orqali uzatmalardan temir
quyqumlarini va qattiq zarrachalarni tashilishi
hamda qatlam yuzalarini
ifloslantirishining natijasidir.
Bunday holatni bartaraf qilishda suv uzatmalari va quduqlar suv qum
aralashmasi (1 m
3
suvga 50 kg qum) bilan sementlash agregati yordamida yuviladi.
Bunday usulda quduqlar yoki suv uzatmalar yuvilib kuzatilganda suv qum
aralashmasi chiqadi. 20-30 daqiqadan so‘ng esa yuvish jadalligiga bog‘liq holda toza
suv yoki muallaq cho‘kindilarning zarrachalari chiqadi. Yuvish tugallangandan
keyin suv uzatmalarida bosim yo‘qotilishi ham kamayadi.
6.
Yuqori bosimda quduqqa suv haydalganda qatlam kollektorlari yoriqli
bo‘lganda haydash bosimi normal belgilangan bosimdan oshiriladi.
Buning uchun
quduqqa uch-to‘rtta nasos agregati ulanadi va qo‘shimcha bosim hosil qilinadi.
Bunda qatlamdagi tabiiy yoriqlar kengayadi va quduqning yutish qobiliyati keskin
oshadi. Bu QGYOning eng sodda sxemasi bo‘lib, qatlamda yoriqlarni ochilishi sodir
bo‘ladi hamda cho‘kmalar va gilli zarrachalar qatlamga chuqurroq kirib boradi.
7.
Neft quduqlariga issiq suv yoki neft bilan ishlov berilganda quduq tubi
zonasining atrofida to‘planib qolgan parafin va smolalar yuvib chiqariladi.
Isitish
avtomobillarga o‘rnatilgan ko‘chma qurilmalar yordamida bug‘ haydash amalga
oshiriladi. Haydaladigan suvning sarfi bosim ko‘tarilishi bilan tezda oshadi.
CHuqurlik sarf o‘lchagichlar yordamida quduqlarda tadqiqot o‘tkazilganda yutish
oralig‘i va yutilish oshadi, tabiiy yoriqlar kengayadi va suyuqlikning yutilish
jarayonida qo‘shimcha qatlamlar ham bir-biri bilan tutashib ketadi.