12-ma’ruza. Quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirish
texnologiyasi
Ma’ruza rejasi:
12.1. Quduq tubidagi bosimni kompressor yordamida pasaytirish
jihozlari ishini o‘rganish
12.2. Gaz yordamida suyuqlikni siqish qurilmasining ishini o‘rganish
12.3. Quduqlarni o‘zlashtirishda pachkali havo haydash texnologiyasi
12.4.Kompressor usulida quduqlarni o‘zlashtirish jarayonining hisobi
12.5. Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish
12.6. Ejektorlardan foydalanib ko‘pik yordamida qatlamdan oqimni
chaqirish texnologiyasi
Tayanchi so’zlar:
Kompressor yordamida bosim pasaytirish, Gaz bilan suyuqlikni siqib
chiqarish, pachkali havo haydash, haydovchi quduqlarni o’zlashtirish, ejektordan
foydalanish o’zlashtirish.
12.1. Quduq tubidagi bosimni kompressor yordamida pasaytirish jihozlari
ishini o‘rganish
Kompressor usuli quduqlarni o‘zlashtirishda eng ko‘p qo‘llaniladigan
usuldir. Quduqning o‘zlashtirilishi oldidan NKQ quduqqa tushuriladi, quduq usti
favvora armaturasi bilan jihozlanadi. Quvur orqa fazosiga haydovchi quvur uzatma
orqali harakatlanuvchi kompressor biriktiriladi yoki gaz chizig‘i
orqali yuqori
bosimli gazkompressor stansiyasiga ulanadi.
Quduqqa gaz haydalganda suyuqlik quvur oralig‘i fazosida NKQ-ni
bashmoqigacha siqiladi yoki NKQ – ni qo‘yirish teshigigacha (3÷4 mm). Bu teshik
oldindan quduq ustidan 700-800 m masofada bajarilgan va NKQ – ga yorib kiradi.
Gaz NKQ – ga to‘plangandan so‘ng suyuqlikni gazlantiradi. Quduq tubida bosim
pasayadi. Gazni sarfini boshqarib, quvurlardagi gaz suyuqlik aralashmasini zichligi
o‘zgaradi, shu bilan birgalikda quduq tubidagi bosim ham o‘zgaradi. (R
qud.tubi
)
Quduq tubidagi bosim R
qud.tubi
< R
qat
shart bajarilganda
quduqqa suyuqlik va gaz
oqimini kirib kelishi boshlanadi. Barqaror oqim olingandan so‘ng quduqda doimiy
barqaror ish rejimiga o‘tiladi. Bu usulda qatlamda katta depresiya olish mumkin,
ayniqsa quduq tubi zonasini samarali tozalash mumkin.
Qatlamdagi mustahkam jinslar sharoitida (qumoktoshlar, ohaktoshlar)
g‘ovaklik muhitini kolmatatsiya materiallaridan jadal tozalashga olib keladi.
Quduqni bir tekis ishga tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida
quvur orqa fazosi orqali aeratsiyali suyuqlik haydaladi.
Quduqni bir tekis ishga
tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida quvur orqa fazosi orqali aeratsiyasi
suyuqlik haydaladi.
Hozirgi paytda siqilgan havo yordamida quduqlarni o‘zlashtirish taqiqlangan
bo‘lib, ko‘chma UKP-80 yoki KS-100 markali stansiyalardan foydalaniladi.
Kompressor KS-80 bosimni 8 MPa gacha ko‘tarib, 8 m
3
dan, sarf haydaydi, KS-100
stansiyasi esa 100 MPa bosimda 16m
3
dan sarfda haydaydi. Siqilgan havo portlash
xavfi bo‘lganligi uchun qo‘llanilmaydi.
Ishlatish tizmasida suyuqlikni aralashtirib chaqirish usulida zichligi yuqori
bo‘lgan suyuqlik kichik zichlikka ega bo‘lgan suyuqlikka aralashtirib, NKQ orqali
perforatsiya teshigini yuqori chegarasigacha tushiriladi. (Quvur orqa halqasiga nasos
agregati yordamida zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi. Bunda NKQ ga zichligi
katta bo‘lgan suyuqlik haydalib, NKQ ga zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi.
Bunda zichligi kichik bo‘lgan suyuqlik quduq tubiga tushiriladi va NKQga yetib
boradi. Quduq tubida bosim pasaya boshlaydi. Qaysiki,
quduq tubidagi bosim
qatlam bosimidan kichik bo‘ladi, qatlamga deprissiya hosil bo‘ladi, mahsuldor
gorizontdan oqimning kelishiga imkon tug‘iladi. Agar mahsuldor qatlam tog‘ jinsi
yoriqlaridan shakllangan bo‘lsa, unda suyuqliklarni aralashtirish bir nechta
bosqichda olib boriladi. Bunda har bir bosqichda
suyuqliklarning zichligi
oldingisidan kichik bo‘ladi.
Quduqning tubidagi bosimni pasaytirib oqimni chaqirish maqsadida
kompressorning qo‘llanilishi eng ko‘p ishlatiladigan usullardan biridir. Bunday
usulda oqimni chaqirish quduq ustiga o‘rnatilgan jihozlar amalga oshiriladi, buning
uchun qatlamga keskin yoki bir tekis depressiya hosil qilinadi.
Quduqlarning
chuqurligiga, tizmaning chidamligiga va jihozning
mavjudligiga qarab, quduq tubidagi bosim har xil texnologik jarayonlarni
mukamallashtirish orqali amalga oshiriladi. Quduqdagi
suyuqlikning bir qismini
almashtirib gaz havo yordamida siqib chiqarish siqilgan havoning oqimini
yo‘nalishini o‘zgartirib, qo‘shish klapanlari va teshiklarni qo‘llab; quduqqa har bir
butun havoni haydab; ko‘piklar yordamida yuvish. Har bir usullar o‘zining
texnologik sxemalari orqali amalga oshiriladi.