1. Hujjatlarni ro’yxatga olish
Bajarish va hisobga olishni talab qiladigan barcha hujjatlar - olinma hujjatlar xam, jo’natma hujjatlar xam, ichki hujjatlar xam, albatta, ro’yxatga olinadi. Hujjatlar bir marta : olinma hujjatlar - kelib tushgan kuni; jo’natma hujjatlar - imzolangan kuni ro’yxftga olinadi. Ro’yxatdan utqazilgan hujjat bir bo’linmadan boshqasiga berilganda u qayta ro’yxatga olinmaydi. Olinma , junatma , ichki hujjatlar aloxida - aloxida ro’yxatga olinadi.
Ro’yxatga olish indeksi yil davomida quyiladi va yil boshidan qayta tartiblanadi. Hujjatning nisbatan oz yoki ko’pligiga qarab ro’yxatga olish daftari qo’llanilladi.
Ro’yxatga olish daftari hujjatlar soni uncha ko’p bulmagan tashkilotlarda qulaydir. Bunday daftarlar olinma(kirish), jo’natma(chiqish). ichki hujjatlar qayd daftari tarzida aloxida tutiladi.
Hujjatlar qayd daftari shakli ular ijrosini nazorat qilishda qiyinchilik tug’diradi. Ro’yxatga olish - nazorat varaqchasi bu jixatdan ancha qulaydir.
2. Hujjatlar ijrosini nazorat qilish
Ro’yxatdan utqazilgan barcha hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni nazorat qilishga quyidagilar kiradi:
Hujjatlarni nazoratga olish.»
Hujjatlarni ijrogacha o’z vaqtida yetib borishini tekshirish.
Ijroni borishini tekshirish va yunaltirib turish.
4. Hujjatlar ijrosini nazorat qilishni umumlashtirish va hisobga olish.
Ijroni nazorat qilishni tashkil etishdan asosiy maksad hujjat ijrosini o’z vaqtida va sifatli taьminlashdir. Nazoratni raxbarlar, devonxona xodimlari, masьul ijrochilar olib boradilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va topshiriqlari, shuningdeq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 2 yanvardagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan Asosiy qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Unda bunday hujjatlarni nazorat qilishning maxsus tizimi ishlab chiqilgan.
Vazirlar Maxkamasi topshiriqlari, agar boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa, hujjat junatilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida bajarilishi kerak. SHu tarizda hujjatlar ijrosining muayyan xuquqiy muddati davlat xokimiyati va boshqaruvining oliy organlari, shuningdeq boshqaruvning markaziy va tarmoq organlari hujjatlari bilan belgilanadi. Ijroning yakka tartibdagi muddatini esa tashkilot raxbari quyadi.
Ijro etish muddatlari hujjat imzolangan sanadan boshlab qalendarь kunlarida hisoblanadi. Ijro etishning oxirgi sanasi hujjat matnida yoki raxbar rezolyutsiyasida ko’rsatiladi.
Hujjatlarni ijro etilishini to’xtatib quyish, shuningdeq ularni bekor qilish yoki o’zgartirish xuquqiga faqat hujjatni tuzgan Yuqori tashkilot va davlat nazorat organlari egadirlar. Ijrochining o’zrli sababi bilan hujjatning bajarish muddatini o’zgartirishga to’g’ri kelsa, undan bu haqida bildirishnoma olingach, raxabar tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |