A
B
Bildirishnoma haqida gapiring va misol keltiring.
Bildirishnoma muayyan idora,uning rahbariga biror voqea hodisa yoki xizmat faoliyatiga tegishli masalalar yuzasidan axborot berish maqsadida taqdim etiladigan hujjatdir
Bildirgi haqida gapiring va misol keltiring
Bildirgi - ishgа tushgаnlik, muаyyan vаzifаni bаjаrgаnlik hаqidа mаnsаbdоr shаxs nоmigа yozilаdigаn qisqа аxbоrоt bеruvchi rаsmiy hujjаt.Ijtimоiy fаоliyatdа bildirgi kеng qo‘llаnilаdi. Mеhnаt tа’tilidаn, turli sаbаblаr bilаn xizmаt sаfаridаn qаytgаndа, bа’zаn bеtоb bo‘lib sоg‘аygаch, muаssаsа rаhbаrlаrini xаbаrdоr qilish mаqsаdidа yozilаdi.
Nаmunаlаr
"Hаqiqаt" fеrmеr xo‘jаligi
rаisi M.T.Rаsulоvgа
mаzkur fеrmеr xo‘jаligi
аgrоnоmi G‘.B.Аlimоvdаn
Bildirgi
Mеn mеhnаt tа’tilidаn so‘ng 2018-yil 2-sеntabrdаn, bоshlаb o‘z vаzifаmni bаjаrishgа kirishgаnligim to‘g‘risidа xаbаr bеrаmаn.
2008.29.08. (imzо) G‘.Аlimоv
4.Rasmiy uslubga oid matnlarga qaror, shartnoma, buyruq, koʻrsatma, ish qogʻozlari (ariza, xat, telegramma va boshqalar) kabi huljatlar kiradi. Bu xil matnlarda badiiy-tasviriy vositalar qoʻllanilmaydi.
D
Dastlabki ilmiy ish yozish, ilmiy maqola haqida malumot. Javob: Ilmiy ishni yozish haqida Mavzuning ilmiy-metodik adabiyoti o‘rganilib, ishlab chiqiladi, mavzu bo‘yicha faktik material to‘planib, dastlabki tasnif amalga oshiriladi. Shu bilan ilmiy ish olib borishga tayyorgarlik bosqichi asosan tugab, bevosita ilmiy ishning o‘zini yozish bosqichi boshlanadi
Ma'lumki, ilmiy tadqiqot mavzusi tanlanganidan keyin ilmiy ishning xomaki rejasi tuziladi. Mavzu bo'yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni puxta o'rganib chiqqandan so'ng, ushbu xomaki rejaga turli o'zgarishlar kiritiladi. Mavzu bo'yicha to'plangan haqiqiy materialning dastlabki tasnifi ham ish rejasiga o'zgartirish kiritish zarurligini ko'rsatishi mumkin. Bunday o'zgarishlardan so'ng amalga oshirilgan ilmiy ishlarning mazmun- mundarijasi ancha oydinlashadi.
Ilmiy ish, odatda kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, mundarija qismlaridan iborat bo‘ladi; mavzuning tabiatiga qarab ilova qismi ham beriladi.
Ilmiy ishni yozish odatda "Kirish" qismini yozish bilan boshlanadi. Ilmiy ishning "Kirish" qismi ikki bo‘limdan tarkib topadi:
1. Ishning umumiy tavsifi.
2. Mavzuning o‘rganilish darajasi (ilmiy - metodik adabiyotlarga tavsif).Ishning umumiy tavsifi bo‘limida mavzuning dolzarbligi asoslanadi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari kabi bir qancha masalalar qisqa tarzda bayon qilinadi.
"Kirish" qismining ikkinchi bo‘limida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha o‘rganib chiqilgan ilmiy-metodik adabiyotlarga tavsif beriladi, ularning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi. Adabiyotlarga munosabat xronologiyaga rioya qilish bilan ifodalanadi, shunda mavzuning o'rganilish darajasi bosqichma-bosqich ochiq ko'rinadi. Adabiyotlarda bildirilgan fikr-mulohazalar ob'ektiv baholanishi kerak.
Tadqiqot ishining asosiy qismi mavzuning tabiatiga qarab turlicha bo‘ladi. Bu qismning boshlanishida ilmiy ish qanday boblarga bo‘lingani qisqa izoqlanadi, so‘ngra sarlavhalar ostida har bir bobning matni boshlanadi. Mavzuning tabiati talab qilsa, dissеrtatsiya avval yirik bo‘limlarga ajratilib, kеyin bu bo bo‘limlar boblarga ajratiladi. Boblar o‘z navbatida turli sarlavhalar bilan qismlarga ajratiladi, bular o‘z navbatida yana kichik sarlavhalar bilan ajratilishi mumkin. Shundan kеyingi bo‘linishlar raqamlash orqali amalga oshiriladi.
Ilmiy ishning asosiy qismi oldiga qo‘yiladigan talablardan biri - ajratiladigan bo‘limlar, boblar, sarlavhalar mazmunan asosli bo‘lishi, izchil joylanishi, hajman ham mumkin qadar mutanosib bo‘lishi kerak.
Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.Yuqori maqsadni ko'zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o'rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi:Maqolaning asosiy qolipi:
Maqola sarlavhasi
Annotatsiya
Kalit so'zlar
Asosiy qism
Adabiyotlar
kabi qismlardan iborat bo'ladi.
Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi.
Ilmiy maqolaning sarlavhasi qisqa va loʻnda boʻlishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi lozim.
Maqolaning dastlabki qismida oʻzbek, rus va ingliz tillarida qisqa va loʻnda shakldagi annotatsiya (maqolaning qisqacha mazmuni) hamda kalit so'zlar keltirilishi lozim.
Ilmiy maqola, odatda, tuzilish jihatidan bir nechta qismga boʻlinadi. Maqolaning kirish qismida muhokama etilayotgan mavzuning dolzarbligi taʼriflanadi va asoslab beriladi, shuningdek, tadqiqot sohasi, obyekti va predmeti, tadqiqotning maqsadi, vazifalari muammo sifatida qoʻyiladigan masalaning yechimi, taklif etilayotgan yechimning nazariy va amaliy ahamiyati haqida fikr bildiriladi.
Maqolaning asosiy qismida olib borilgan ilmiy izlanish doirasida qoʻllanilgan tadqiqot uslublari taʼriflanadi, tadqiqotning toʻplangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan umumiy natijalari keltiriladi. Odatda, bu qism hajm jihatdan maqolaning 80-90% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, asosiy qismda olingan natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy jihatdan sinovdan oʻtkazish natijalari haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Maqolaning yakuniy qismida kirish qismida qoʻyilgan masalaning yechimi sifatida baholanadigan ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga molik xulosa va tavsiyalar keltiriladi. Ilmiy izlanish nima maqsadda, kim/nima uchun amalga oshirilgani haqidagi fikrlar bilan yakunlanadi hamda olib borilgan ilmiy izlanish natijalarining ijtimoiy yoki iqtisodiy samarasi haqida fikr bildiriladi. Ilmiy maqola mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati bilan yakun topadi
dalolatnoma haqida gapiring va misol keltiring. Javob: Dalolatnoma — muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma yuridik hujjat. Dalolatnomalar: normativ hujjatlar (ular umumiy huquq meʼyorlarini belgilaydi),individual hujjatlar (ular aniq hollarga taalluqli boʻladi, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjatlar, sud qarorlari)sharhlovchi (qonunlarni rasmiy izohlashga oid) hujjatlarga boʻlinadi.Dalolatnoma muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogliq biron-bir bolib otgan (sodir bolgan) voqеa, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik bеrish maqsadida bir nеcha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar kozlanadi, lеkin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bolgan voqеa-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy mе'yorlar bilan qat'iy bеlgilanadi. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bolimlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan bеlgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim orin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |