10-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati Reja


Zangiota maqbarasi. Zangiota



Download 214,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana29.04.2022
Hajmi214,63 Kb.
#593319
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
10 mavzu matni (pdf)

Zangiota maqbarasi. Zangiota 
- Ahmad Yassaviy muridlaridan 
biring kunyasidir. Uning nomi Oyxo‘ja Toshxo‘ja o‘g‘li. Bu avliyo Hakim 
ota nomi bilan mashhur ma’rifatparvar shoir Sulaymon Baqirg‘oniyning 
shogirdi bo‘lgan. Maqbara ikki chorsi xonadan iborat: oldida-ziyoratxona, 
uning ortida go‘rxona. Ikkala xona ham har xil kattalikdagi gumbazlar bilan 
bog‘langan. Ziyoratxona ustidagi baland gumbaz esa o‘n olti qirrali pastroq 
asosga o‘rnatilgan. 
Maqbara old tomonidagi peshtoq va ikki yonidagi xonalar bilan 
ko‘rkamlashgan: koshinkor bezaklar maqbaraga mahobit bag‘ishlagan. 
Ichkaridagi oq marmardan o‘ymakorlik va naqshlar bilan bezatilgan qabrtosh 
diqqatga sazovor. Unda Zangi ota nomiga atalgan marsiya satrlari xushxat 
bilan yozilgan. Peshtoqli qo‘shgumbaz maqbara tashqi ko‘rinishi, badiiy 
koshinqor bezaklari bilan Amir Temur davri me’morligining ajayib namunasi 
bo‘lib qolgan. 
Ahmad Yassaviy majmuasi 
(Turkiston shahrida) 
ham Amir Temur 
tomonidan ulkan mahobatli maqbara sifatida bunyod etilgan, bino loyihasini 
ishlab chiqishda uning shaxsan o‘zi ishtirok etgan. Qurilishga devonning 
xayriya ishlari boshlig‘i Mavlono Ubaydulla Sadr bosh etib tayinlangan. Bino 
oldidagi ulkan peshtoqni Buxoro hukmdori Abdullaxon II tiklashga harakat 
qilgan. Ahmad YAssaviy majmuasi ko‘lami jihatdan o‘sha davrlarda bunyod 
etilgan Bibixonim jome masjidi, SHahrisabzdagi Oqsaroy va Dor us-Siyodat 
majmuiga tenglashadi. 
Ahmad YAssaviy majmuasi janubdan shimolga cho‘zilgan 
to‘rtburchak tarhli (46,5 x 65,5 metr), peshtoq-gumbazli: mujassamot 
markazida jamoatxona va uning atrofida go‘rxona, masjid, katta va kichik 
oqsaroy, kitobxona, halimxona, quduqxona va 2 qavatli hujralar (jami 35 dan 
ortiq xonalar) joylashgan; majmuaning janubiy-g‘arb tomonidagi er osti 
chillaxonasi Ahmad YAssaviy davrida paydo bo‘lgan. 
Majmua tashqi devorlarining qalinligi 1,8-2 metr, jamoatxona 
devorining qalinligi 3 metr. Mahobatli bino jamoatxona bilan bog‘langan 2 
qav
atli 8 yo‘lak (dahliz)lar bilan simmetrik tarzda 8 qismga bo‘lingan 
(yo‘laklardan 2 tasining boshi berk
); go‘rxonaga jamoatxona bilan 
bog‘lanmagan alohida yo‘lak orqali kiriladi, kirish eshigi tepasidagi tosh 
lavhaga majmua Amir Temur buyrug‘iga binoan bunyod etilgani qayd 
etilgan. 
Majmuaning bosh tarzidagi ulkan peshtoq (
kengligi 50 metr, 
ravog‘iniki 18,2metr
)ning ikki yoniga guldastalar, orqa burchaklariga 
ustungo‘shalar ishlangan, peshtoq orqali jamoatxonaga kiriladi, jamoatxona 
(
balandligi 37,5 metr
) katta gumbaz (
diametri 18,2 metr
) bilan yopilgan, 
xona o‘rtasiga qirq quloqli nazir-niyoz qozoni o‘rnatilgan (
usta Abdulaziz ibn 


12 
SHarafiddin ishi
) bu yerda haftada ikki marta kambag‘al bechoralar va 
musofirlarga halim tortilgan. 
Jamoatxona to‘ridagi go‘rxona (7,15 x 7,15 metr) da yashil yashma 
toshidan ishlangan sag‘ana bo‘lib, unda o‘yma naqshlar va kitobalar 
saqlangan. Go‘rxona va masjid qo‘shqavatli gumbaz bilan yopilgan: 
go‘rxonaning tashqi gumbazi (
diametri 10 metr, balandligi 21 metr
) 52 ta 
qovurg‘ali bo‘lib, sirkori koshinlar bilan kitobalar bitilgan baland poygumbaz 
o‘rnatilgan, masjid gumbazining poygumbazida 16 ta panjarali darchalari 
bor, shiftidagi 6 qirrali yulduz shakli xonaga jozibadorlik baxsh etgan, 
ayniqsa mehrob (
3,5 x 3,5 metr
) hashamdor bezatilgan. Jamoatxona, 
go‘rxona, masjidning ichki devorlariga ravoqlar ishlanib, xonalar ichi 
kengaytirilgan, gumbaz va ravoqlar muqarnaslar bilan to‘ldirilgan. Bino 
ko‘lamini uning tashqi bazaklaridagi koshinkori handasiy naqsh va kitobalar 
ham ta’kidlaydi. 

Download 214,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish