Egasi (shaxsi) ma’lum Egasi (shaxsi) umum-
gaplar lashgan gaplar
IKKINCHI DARAJALI BO’LAKLAR
Hol haqida umumiy ma’lumot
Hol – ko’proq gap markazi – kesimga bog’lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o’rnini, paytini,holatini,bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali bo’lakdir.Hollar qanday? qanday qilib? qay tarzda? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? nega? nima uchun? qancha? kabi so’roqlarning biriga javob bo’ladi.
Masalan: 1. Nodonga yuz aytsang ham, befoyda. 2. Kechqurun salqin bo’ldi, ertalab shudring tushdi. 3.To’g’ri yursang, murodingga oson yetarsan. 4. Bunda bor harorat, muhabbat,shafqat. 5. Shamol g’ir-g’ir esardi. 6. Hozir maktab o’quvchisiman,kelasi yil talaba bo’laman.
Bilib oling. Hollar ravish so’zlar bilan, kelishik shaklidagi va ko’makchili otlar bilan, sifat,son, taqlid so’z va undovlar bilan,fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |