10 gapning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda gap haqida ma’lumot



Download 78,55 Kb.
bet18/26
Sana06.02.2022
Hajmi78,55 Kb.
#433331
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
GAPNING TUZILISHIGA KORA TURLARI

Bilib oling.Gapning kesimidan anglashilgan harakatning belgisini bildiruvchi gap bo‘lagiga hol deyiladi.
Eslab qoling.Hol doimo fe’l kesimga bog‘lanadi. Masalan, Quyosh ko‘kdan mo‘ralab qarar gapida qarar so‘ziga mo‘ralab so‘zi bog‘lanib, undan anglashilgan harakatning tarzini, ko‘kdan so‘zi qarar so‘ziga bog‘lanib, uning o‘rnini bildiradi. Ba’zan hol ot kesimlarga ham bog‘lanishi mumkin. Bunday vaqtda hol ot kesimdan anglashilgan predmetning o‘rnini bildiradi. Masalan: Andijonda o‘t yoqsam, O‘shda tutuni.
Ayrim paytlarda hol kesim vazifasida kelmagan fe’llarga ham bog‘lanishi mumkin. Hol bog‘lanib kelgan fe’lning kesim vazifasida kelishi yoki kelmasligiga ko‘ra hollar mustaqil va nomustaqil hollarga bo‘linadi.

Esda saqlang.Тo‘g‘ridan-to‘g‘ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog‘lanib kelgan hollarga mustaqil hollar deyiladi. Masalan, Dalalarda boshlanadi ish. (H.Olimjon) Bu gapda qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi dalalarda o‘rin holi nima qiladi? nima bo‘ladi? so‘roqlariga javob bo‘luvchi fe’l kesimiga tobe bog‘lanib kelyapti. Shuning uchun bu hol mustaqil holdir.


Esda saqlang. Kesim vazifasida kelmagan fe’llarga tobe bog‘langan hollar nomustaqil hol hisoblanadi. Masalan, Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. Bu gapda qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘lib hol vazifasida kelayotgan daladan bo‘lagi kesimga emas, balki aniqlovchi vazifasidagi charchab kelgan bo‘lagiga tobe bog‘lanib kelyapti. Shuning uchun bu hol nomustaqil hol hisoblanadi.
Hollar sodda (bir so’zdan iborat) va murakkab (ikki va undan ortiq so’zdan iborat) tuzilishga ega bo’ladi.Murakkab hollar takror so’zlar, so’z birikmasi, iboralar, kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi.
Murakkab holga misollar:
1. Ayol sochlari parishon,oyoqlari yalang,yoqasi ochiq ko’chaga otildi.
2. Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi va dona-dona gapirdi.U vazifaning muhimligini takror-takror ta’kidladi.
3. O’g’lining to’yini ko’rolmadi bechora,dunyodan ko’zi ochiq ketdi.
4. Urush boshlanganda u hali ko’krakdan ajralmagan go’dak edi.
5.Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi.
6. Shodmonbek zarbdan ko’zi tinib, hushdan ketdi.
7. Sharifa bilan Nasiba arazlashganda Durdona ularni yarashtirib qo’ydi.

Bilib oling. Hollar o‘zi bog‘lanib kelgan hokim bo‘lakning qanday belgisini bildirishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) ravish holi; 2) o‘rin holi; 3) payt holi; 4) sabab holi;


5) maqsad holi; 6) daraja-miqdor holi.
Ish- harakatning o’rnini bildirib, qayerga?qayerdan?qayerda? kabi so’roqlardan biriga javob bo’lgan bo’lak o’rin holi deyiladi. O’rin holi o’zi ergashgan so’zga boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi. O’rin holi makon-zamon (jo’nalish,o’rin-payt,chiqish) kelishiklaridagi so’zlar yoki ko’makchili otlar va o’rin ravishlari bilan ifodalanadi. Misollar: Poyezd bizni Toshkentda qoldirib, Moskvaga yo’l oldi. Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh.
Ish-harakat yoki holatning paytini bildirib, qachon? qachongacha?qachondan beri? qay vaqt? kabi so’roqlarga javob bo’lgan hol payt holi deyiladi. Masalan: Bugun poytaxt mardlar sha’niga Bir ming to’pdan yo’lladi salom.(G’.G’.) Har yili 1-sentabrda mustaqillik kuni keng nishonlanadi. Payt holi ko’pincha ot yoki payt ravishi bilan,shuningdek, son birikmalari bilan ifodalanadi. Bundan besh yil ilgari, o’sha kundan beri, shu yildan boshlab shaklidagi so’z birikmalari ham gapda birgina payt holi sanaladi.
Ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qanday ahvolda? kabi so’roqlarga javob bo’lgan hol ravish holi deyiladi. Misollar: “Lasetti” yangi asfalt yo’lda tez yurib ketdi. Shoir shamning uchini avaylab kesdi. Siz indamay o’tirar edingiz.
Ravish holi ravish,fe’l va ko’makchili otlar bilan ifodalanadi. Ravish holi kesimga bitishuv yo’li bilan bog’lanadi. Demak, u ko’pincha, o’zi ergashgan so’zdan oldin keladi.
Ish-harakatning miqdori va darajasini bildirib,qancha? nechta? necha marta? qay darajada? so’roqlaridan biriga javob bo’lgan hol daraja-miqdor holi deyiladi. Daraja-miqdor hollari sonlar, miqdor ravishlari,marta so’zi qatnashgan birikmalar bilan ifodalanadi:Paxta to’g’risida ko’p yozdi. Shu gapni besh marta takrorladi.
Ish-harakatning sababini bildirib, nimaga? nima uchun? nima sababdan? nima sababli? kabi so’roqlarga javob bo’lgan hol sabab holi deyiladi. Misollar: Tinchlik tufayli yurt obod. Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi. Qul Tarlon shodligidan To’xtolmadi yig’idan.Sabab holi –lik, - sizlik qo’shimchali otlar, -gani qo’shimchali ravishdoshlar va sababli, uchun ko’makchili qurilmalar bilan ifodalanadi.
Ish-harakatning maqsadini bildirib, nima uchun? nima maqsadda? nima qilgani? kabi so’roqlarga javob bo’lgan hol maqsad holi deyiladi. Misollar: Qoratoy do’stining dov-daragini surishtirish uchun yelib-yugurdi. Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqib ketdi. Maqsad holi maqsad ravishdoshlaridan, ot yoki fe’llardan keyin uchun, deb, maqsadida, maqsadi bilan kabi so’zlarni keltirish orqali, shuningdek, jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan harakat nomlari orqali ifodalanadi.



Download 78,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish