10 gapning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda gap haqida ma’lumot



Download 78,55 Kb.
bet1/26
Sana06.02.2022
Hajmi78,55 Kb.
#433331
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
GAPNING TUZILISHIGA KORA TURLARI





10




GAPNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI.


SODDA GAP HAQIDA MA’LUMOT

GAPNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI


Nutqimizdagi gaplar bir yoki ikki grammatik asosdan, ba’zan esa ikkitadan ortiq grammatik asosdan tuzilishi mumkin. Shu jihatdan gaplar ikkiga bo’linadi:


1) sodda gaplar; 2) qo’shma gaplar.
Grammatik asosi bitta bo’lib, ma’lum bir fikrni (ba’zan unga qo’shimcha ravishda his-hayajonni) ifodalovchi gaplar sodda gap deyiladi: Shahnoza o’qidi. Shahnoza kitobni o’qidi. Shahnoza shu kitobni o’qidi. Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o’qidi kabi. Mazkur gaplarning hammasida bosh bo’laklar,ya’ni ega va kesimi bitta: Shahnoza – ega, o’qidi – kesim.
Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo’shma gap deyiladi: Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. (I.R) Bilimli o’zar, bilimsiz to’zar. (Maqol)Odam borki,odamlarning naqshidir. ( Navoiy) Mazkur gaplarning grammatik asosi, ya’ni ega va kesimi ikkitadan.
1-gapda eshik – ega, ochildi – kesim; 2-gapda yigit – ega, kirib keldi – kesim.

SODDA GAP HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT


Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega bo’lgan bitta kesim bo’ladi.Sodda gap tarkibidagi barcha bo’laklar shu kesim atrofiga birlashadi. qo’shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo’ladi.


Bilib oling. Grammatik asoslarning miqdoriga ko’ra gaplar sodda (bir grammatik asosli) va qo’shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo’linadi. Qiyoslang: Bu shaharda tanish-bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. (A.Q) − Kampirning ko’zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra ikki xil bo’ladi: egali gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik) va ega ishtirok etmagan gaplar (Yangi filmni tomosha qildik).
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko’ra : sodda yig’iq gaplar (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gaplar (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi) ga bo’linadi.
GAP BO’LAKLARI

Gap tarkibidagi o’zaro tobe bog’lanishda bo’lgan so’zlardan bittasi tobe bo’lak, ikkinchisi hokim bo’lak vazifasini bajaradi, tobe bo’lak hokim bo’lakka bog’lanib, hokim bo’lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo’lagi nomi bilan ham yuritiladi.



Download 78,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish