2.2. Yapon tili grammatikasini oʼqitishda qo’llaniladigan harakatli o’yinlar tizimi
Oʼyin oʼynash – xis-hayajonli, diqqatni, imkoniyatni, mujassamlikni, bilimli, kuchli boʼlishni talab qiladi. U mustaqil bir qarorga kelishlikka oʼrgatadi. Oʼyin oʼynayotganlarni yutish, gʼalaba kozonishga intilishlari, irodalari, xoxishlari ularning faoliyatini tezlashtiradi. Mana shu oʼyin uynovchilarning xususiyatlarini yapon tilida oʼyin oʼynatishga asos qilinib olingan. Oʼquvchi, talaba oʼyinlarni yapon tilida oʼynasagina yapon tiliga qiziqadi ham yapon tilini oʼrganadi. Tajribalar shuni koʼrsatdiki, oʼyinning yapon tilida olib borishni taʼlimiy tomoni kuchli ekan. Shu sababdan yapon tilida rolli oʼyinlarini oʼynatish keng qoʼllanilmoqda. Yaponcha oʼquv oʼyinlari oʼquvchi, talaba uchun eng qiziqarli mashgʼulot, oʼqituvchi uchun esa oʼquvchi, talabaning tinglab tushunishini, gapirishini, oʼqishini, yozuvini faollashtirishda, til materiallarini oʼzlashtirishda va mustahkamlashda eng muhim vositadir. Oʼquvchi, talabalar oʼyinlarni qiziqib oʼynaydilar, butun bilimini ishga solib yutishga intiladilar, oʼqituvchi ular orqali taʼlim-tarbiya beradi. Oʼquvchi, talaba yaponcha oʼyin o’ynab, gapira olarkanman, oʼqiy olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, yuta olarkanman deb ragʼbatlanadi, qiziqadi. Metodika oʼyinni vaziyatli o’yin deb talqin qiladi. Oʼyin quyidagi metodik vazifalarni hal qilishga yordam beradi;
1) oʼquvchi, talabalarni nuqtni bajarishi uchun psixologik tayyorgarligini tashkil qiladi;
2) oʼquvchi, talabalarga til materiallarini, nutq namunalarini koʼproq qaytarib qoʼllashga tabiiy vaziyat, holat vujudga keltiradi;
3) oʼquvchi, talabalar sharoitga, vaziyatga qarab, mustaqil tayyorlanmagan nutq bajarishga oʼrganadilar.
Xozirgi paytda bunday oʼyinlar rolli oʼyinlar, deb yuritiladi. Oʼquvchi, talabalar oʼyinlarni rollarga boʼlib oʼynaydilar. Bu esa oʼquvchi, talabani muhitga, rolga tushishga, oʼyinga aktiv kirishishga yordam beradi. Oʼquvchi, talabalar uchuvchi, oʼqituvchi, injener, shifokor, tikuvchi, chet el kishisi, tarjimon, muxbir kabi rollarga kiradilar. Til materiallarini qoʼllashni faollashtirish malakalari uchun leksiq grammatiq fonetiq orfografik oʼyin turlari qoʼllaniladi. Yana ijodiy oʼyin, mazmunli oʼyin, taqlid qilish oʼyin turlari bor. Oʼyinlar koʼpincha musobaqa tarzida oʼtadi, ularda boshlovchi, boshqaruvchilar boʼladi. Leksik oʼyinlar:
1. Oʼqituvchi stol ustiga predmetlarni qoʼyib, yaponcha aytadi va kim tez ola olsa, shu yutadi.
2. Bir oʼquvchi bitta soʼzni oʼylaydi, kolganlari nima ekanini soʼraydi, oʼquvchilar topisha olmasa yoʼq, topishsa ha deb javob beradi. Shu oʼyinni aksini qilib oʼynash mumkin. Oʼquvchilar bitta soʼz oʼylaydi, bir oʼquvchi nimaligini suraydi. Oʼquvchi esa yoʼq deb javob beradi. Oʼyin oʼylangan soʼzni topilishi bilan tugaydi. Leksik oʼyinlarning turlari koʼp.
Yana bir oʼyin turi, kim kup soʼz aytish harfi berilib, shu harfli kim koʼp soʼz aytish kabi oʼyinlarni oʼynatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |