1. Yapon tili oʼqitish metodikasining nazariy asoslari


 Yapon tilida grammatikani oʼqitishda pedagogik texnologiyalardan foydlanishning muhim jihatlari



Download 0,81 Mb.
bet5/16
Sana22.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#836998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1. Yapon tili o qitish metodikasining nazariy asoslari

1.2. Yapon tilida grammatikani oʼqitishda pedagogik texnologiyalardan foydlanishning muhim jihatlari
Yapon tilida grammatikani oʼqitishda boshlangʼich bosqichda oʼquvchilar bilan ishlashda oʼqituvchi oʼquvchining nafaqat fonetik va grammatik savodxonligi, balki, ularning nutqi, mustaqil fikrlay olishi, oʼz fikrini yapon tilida bemalol ifoda eta olishi, yozma ish, suhbat, hikoya, mustaqil fikriga tayanishi kabi shakllariga eʼtibor berishi lozim. Аslida, pedagogik texnologiyalardan oʼqituvchi dars jarayonida majburiy foydalanishi mumkin emas. Аyrim oʼqituvchilar pedagogik texnologiyalar afzalliklarini oʼzlari bilmay turib, ulardan xoʼjakoʼrsinga foydalanmoqchi boʼladilar. Holbuki, buni hech kimga keragi yoʼq. Pedagogik texnologiya darsning mazmuni, maqsadiga qarab ishlatilsa, u ijobiy samara beradi. Xorijiy til darslari qanday shakl, metod va vositalar tashkil etilishidan qatʼi nazar eng avvalo pedagogik texnologiyalar:
– pedagogik faoliyat taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish;
– oʼqituvchi va oʼquvchi oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni qaror toptirish;
– oʼquvchilar tomonidan oʼquv predmetlari boʼyicha puxta bilimlarni egallashni taʼminlash;
– oʼquvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash koʼnikmalarini shakllantirish;
- oʼquvchilarning oʼz imkoniyatlarini roʼyobga chiqara olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
– pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik gʼoyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi lozim.6
_______________________
6Lado R. Language Teaching. –New York, San Francisco, Toronto, London, 2010.
Yapon tilini oʼrgatishda oʼqituvchi innovatsiya – pedagogik texnologiyalarni taʼlim tizimiga kiritish, taʼlim tizimida eng ilgʼor texnologiyalarni joriy qilish orqali taʼlim tizimini isloh qilish, taʼlim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini taʼminlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish taʼlim jarayonida bolaga doʼstona munosabatlarni shaklllantirishga urinish natijasida vujudga keladi. Boshlangʼich sinf oʼquvchilari darslarining toʼgʼri, aniq, izchil samarali boʼlishi uchun bugungi kunda oʼqituvchi quyidagilarga eʼtibor berishi lozim.
Birinchidan, pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali oʼquvchilarning bilim, koʼnikma va malakalarni puxta oʼzlashtirishi, taʼlimning tushunarlilik izchillik va kirishimlilik, nazariyani amaliyot bilan bogʼlash, koʼrgazmalilik bugungi kunning yangi yondashuvlari, multimedia, oʼquvchilarning ongliligini amalga oshirish orqali taʼminlanadi.
Ikkinchidan, boshlangʼich sinf oʼquvchilariga faqatgina xorijiy tilni oʼrgatishgina emas, balki oʼz doʼstlari bilan muloqotni tashkil qilish ham muhim ahamiyat kasb etishi lozim.
Uchinchidan, har bir oʼqituvchi pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishda interfaol usullardan oʼz oʼrnida foydalanishi zarur.
Toʼrtinchidan, oʼquvchilarning fikrlash faoliyatini shakllantirish uchun oʼqituvchi oʼquvchilarning fiziologik rivojlanishini hisobga olib, turli didaktik va rolli oʼyinlar tashkil etishi lozim.
Beshinchidan, oʼqituvchi interfaol usullardan – oʼqituvchi va oʼquvchi hamda oʼquvchilararo birgalikdagi harakatdan foydalanishi kerak.
Oltinchidan, oʼquvchilar oʼtilgan mavzuni esdan chiqarmasliklarining oldini olish maqsadida takrorlash passiv amalga oshirilmasligi kerak.
Biz o’yin, deganda nutq yoki tilga oid ishlarni bir necha maxsus tashkil qilingan oʼquv sharoitida bajarilishini tushunamiz. Metodik adabiyotlarda yapon tilida grammatikani oʼqitishda harakatli o’yinlarning maqsad, vazifasini aniqlashda ularni belgilash va turli yondashishlar mavjud.
K. D. Ushinskiy koʼrsatganidek harakatli o’yinlarning maʼlum tizim holida boʼlishligi ularning muvaffaqiyatli qoʼllanilishining eng birinchi va asosiy xususiyatidir. Harakatli o’yinlar tizimining kamchiligi esa koʼp sonli va koʼp vaqt bajariladigan o’yinlarning yaxshimasligi natijalar bermasligining asosiy sababidir.
Til oʼqitish shart-sharoitlarining tizimini yaratish muammosi amaliy va nazariy jihatdan juda muhim xisoblanadi. Uning muhimligi chet tillar oʼqitishda amaliy metodikaning bugunga qadar yetarli, maʼlum maqsadda yoʼnaltirilgan toʼla o’yinlar tizimiga ega emasligi bilan belgilanadi. Chet tili grammatikasini oʼqitishda qoʼllaniladigan harakatli o’yinlarning ayrim tip va turlari qanchalik samarali boʼlsa, ular til oʼrgatishning butunlay muvaffaqiyatli boʼlishligini belgilaydi. Til oʼrgatishdagi muvaffaqiyat faqat o’yinlarning samarali tizimini taʼminlashi mumkin. Bu muammo nazariy jihatdan eng murakkab hisoblanadi. Bugungi kunda oxirgacha xal qilinmagan metodikaning vazifalari sifatida o’yinlar tizimidagi quyidagi tushunchalar «tizim», «kichik tizim», «tip-toʼplam», «seriya», «sikl», «o’yinlar guruhi» kabi tushunchalarni koʼrsatish mumkin. Bu terminlarning maʼnosini quyidagi misolda koʼrsatamiz.
Chet tili grammatikasini oʼqitishda qoʼllaniladigan harakatli o’yinlar tizimiga toʼrtta kichik tizimdagi o’yinlar kiradi:
1. Gapirishni oʼrgatadigan o’yinlar.
2. Tinglab tushunishni oʼrgatadigan o’yinlar.
3. Oʼqishni oʼrgatadigan o’yinlar.
4. Yozuvni oʼrgatadigan o’yinlar.
Har bir kichik tizimdagi harakatli o’yinlar oʼz navbatida bir necha xususiy koʼnikmalarga oʼrgatadigan o’yinlar yigʼindisini oʼz ichiga olishi mumkin. Masalan, grammatik birliklar asosida diologik nutqni oʼrgatadigan harakatli o’yinlar toʼplami (yigʼindisi), monologik nutqni oʼrgatadigan o’yinlar toʼplami. Har bir o’yinlar toʼplami nutqiy va texnikaviy malakalarni oʼrgatadigan uchta o’yinlar seriyasidan tashkil topadi. Bizning misolimizda ular quyidagilardan iborat:
- birinchi o’yinlar seriyasi talaffuz malakalarini oʼrgatadigan o’yinlardan
- ikkinchi seriya grammatik malakalarni oʼrgatadigan o’yinlardan
- uchinchi seriya leksik malakalarni oʼrgatadigan o’yinlardan tashkil topadi.
Ushbu o’yinlarning hammasi oʼzaro birga va oʼzaro bogʼliq ravishda bajariladi. Har bir o’yinlar seriyasi oʼz navbatida qator o’yinlar siklini oʼz ichiga oladi. Masalan, talaffuzni oʼrgatadigan o’yinlar, gapirishni sintaktik tomonini oʼrgatadigan o’yinlar, ogʼzaki nutqni morfologik malakalarini oʼrgatadigan o’yinlar sikli. O’yinlar sikli maʼlum til xodisalarini oʼrgatadigan ancha kichik o’yinlar guruhiga boʼlinishi mumkin.7

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish