II BOB. CHET TILIDA GRAMMATIKANI INTERFAOL USULDA OʼQITISHNING METODIK JIHATLARI
Til o’yinlari til materiallarini oʼrgatish, oʼzlashtirishni, ularni oʼrgatishdagi qiyinchiliklarni yoʼqotishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼyadi. Shuning uchun ular leksika, grammatika, fonetika yoki talaffuz, orfografiyani oʼrgatish o’yin turlariga boʼlinadi. Nutq o’yinlari esa til materiallari — fonetika, leksika, grammatika, orfografiya asosida nutq faoliyati (tinglab tushunish, gapirish, oʼqish, yozuv) turlarini shakllantirish, oʼrgatish, rivojlantirishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼyadi. Shu sababdan bu o’yin tipini tushunish, gapirish, oʼqish, yozuv o’yin turlariga boʼlish mumkin. Keyinchalik esa til o’yinlarini tayyorlov o’yin tiplari deb atala boshlandi. Xozirgi paytda koʼp metodistlar oʼquv yurtlarda chet tilini oʼqitish maqsadlariga o’yinlarning mos kelishlik mezoniga koʼra, ularni quyidagi asosiy tiplarini ajratadilar.
1. Kommunikativ boʼlmagan o’yinlar.
2. Shartli (oʼquv) kommunikativ o’yinlar.
3. Xaqiqiy (tabiiy) kommunikativ o’yinlar.
Kommunikativ boʼlmagan o’yinlar birinchi tip sanalib oʼz tarkibi va maqsadiga koʼra turlichadir. Bunday o’yinlarga tayyorlov, nutqiy vaziyat bilan bogʼliq boʼlmagan o’yinlarni kiritish mumkin. Bunday o’yinlarning koʼpchiligi nutq vaziyatlari va nutq konteksi bilan aloqada boʼlmaydi. Bu tip yuqoridagi til yoki tayyorlov o’yin, tipi maqsadlarini, yaʼni til materiallari (fonetika, leksika, grammatika, orfografiya) ni oʼrgatishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼyadi.
Shartli (oʼquv) — kommunikativ o’yinlar ikkinchi o’yinlar tipiga tegishlidir. O’yinlarning bu tipi chet tillar oʼqitish nazariyasi va amaliyotiga 60-yillarda kiritilgan. Bu tipdagi o’yinlarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunday o’yinlar til materialini oʼquv jarayonida shartli tabiiy muomalaga taqlid qilib o’yin qilishni amalga oshirishiga yordam beradi. Shartli kommunikativ o’yin tipini baʼzilar nutq oldi deb ham nomlaydilar. Shartli kommunikativ o’yin tipi nutqdqa tayyorlash, mikronutqqa oʼrgatish vazifasini bajaradi.
O’yinlarning uchinchi tipi xaqiqiy (tabiiy, sof) kommunikativ o’yinlardir. Uni baʼzi metodistlar nutq o’yinlari tipi deb ham ataydilar. Bu o’yinlar tipi makronutq faoliyatini qoʼllashga oʼrgatadi. Xaqiqiy yoki sof kommunikativ o’yinlarga nutq faoliyati turlaridagi o’yinlar kiradi. Ular oʼquvchi, talabalarning bu nutq faoliyati turlarini ona tilidagidek qoʼllashga oʼrgatadi. Bu yerda yangi maʼlumot yoki xabarni ogʼzaki uzatish yoki uni yozma shaklda idrok qilish nazarda tutiladi. Xaqiqiy kommunikativ o’yinlarni bajarishning asosiy dalili muomaladagi xaqiqiy ehtiyoj xisoblanadi. Lekin bu o’yinlar asosan oʼquv sharoitlarida bajarilgani uchun ularni taʼlimiy o’yinlar deb atash mumkin. O’yinlarning ushbu tipi nutqni tinglab tushunishni, gapirishni va yozuvdagi o’yinlarning koʼp sonli turlarini oʼz ichiga oladi. Bu o’yinlarning hammasi kommunikativ koʼnikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirilgan. Ular tinglab tushunish, gapirish, oʼqish, yozuv o’yin, turlariga boʼlinadi.
Har bir o’yin kichik tizimini tuzishdagi birinchi metodik tamoyil o’yinlarning asosiy tiplari va turlarini oʼrgatilayotgan nutq faoliyati turi lingvopsixologik xarakteristikalariga mos kelishlik tamoyili hisoblanadi. Ushbu tamoyilga muvofiq gapirishni oʼrgatadigan o’yinlar kichik tizimida gapirishda qoʼllanadigan kommunikativ o’yinlar, oʼqishni oʼrgatadigan o’yinlar kichik tizimida oʼqishda qoʼllaniladigan kommunikativ o’yinlar asosiy oʼrinni egallashi kerak. O’yinlar tuzishda qoʼllanadigan ikkinchi tamoyil – oʼquv jarayonida turli nutq faoliyati turlarining bir-biriga ijobiy taʼsir etilishlarini hisobga olishlik tamoyilidir.
Oʼyinlar tizimi o’yin tiplariga boʼlinadi. O’yin tiplari esa oʼz ichiga o’yin turlarini oladi yoki tiplari oʼyin turlarining yig’indisidir. Metodistlar oʼyinlarni oldin 2 ta tipga ajratganlar:
1. Til o’yinlari.
2. Nutq o’yinlari.
Yuqorida aytib oʼtilgan o’yin tiplari metodik tatbigʼini umumiy holda quyidagicha belgilash mumkin: kommunikativ o’yinlar kommunikativ koʼnikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirilgan o’yin turlarini oʼz ichiga oladi. Kommunikativ boʼlmagan o’yinlarga esa til materialini oʼzlashtirishga yunaltirilgan o’yin turlarini oʼz ichiga oladi. Talaffuzni, grammatikani, leksikani oʼrgatish turlari boʼlishi mumkin.
Grammatikaga oid bilimlarsiz, grammatika mexanizmini shakllantirmasdan turib, chet tilidagi gapirish koʼnikmasi haqida soʼz ham boʼlishi mumkin emas. Аgar oʼquvchi shunday mexanizmni oʼzlashtirgan boʼlsa, u chet tilida grammatik jihatdan toʼgʼri tuzilgan gaplarni hosil qila olishi yoki tinglab tushuna olishi mumkin. Dasturlarda qayd qilinganideq yapon tilini egallash uning grammatikasini oʼrganmay turib amalga oshirilishi mumkin emas. Oʼrganilayotgan tilda nutqni tinglab tushunish, gapirish, oʼqish va yozish uchun grammatikani oʼrgatish darkor. Grammatika nutq faoliyatlari turlari uchun material boʼlishi lozimdir. Grammatikani oʼrgatish uchun 4 ta nutq faoliyatlari turlarida oʼrgatishga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak. Shu sababdan grammatikani oʼrgatayotgan oʼqituvchi uni nutq faoliyatida qoʼllashga oʼrgatsin, talaba oʼquvchi uni amalda qoʼllasin. Oldin grammatik material — minimum tanlanadi. Yapon tili grammatikasi leksika kabi taʼlim maqsadi va taʼlim vositasi sifatida oʼrgatiladi. Xozirgi paytda grammatikani oʼrgatishda gap namunalariga koʼprok asoslanish koʼzda tutilyapti.
Leksikani oʼrgatish, tilni oʼrgatishning asosini tashkil qiladi. Leksika oʼrganiladigan, oʼrgatiladigan soʼzlar va soʼz birikmalari yigʼindisidir. Leksikani mukammal egallamay turib, nutq faoliyatining turlarini oʼrgatib, oʼrganib boʼlmaydi. U nutq faoliyatlari uchun material sifatida ishlatiladi. Nutq uchun material juda zarurdir. Material boʼlmasa nutq sodir boʼlmaydi. Yapon nuщni tinglab, oʼrgangan soʼzlar asosida uning mazmunini tushunish mumkin. Oʼquvchi, talaba soʼzlarni taniy olmasa, bilmasa maʼlumot olmaydi, nutqning mazmuni mavhumligicha qoladi. Tinglab tushunishning leksik tomoni ustida ishlaganda, uni tinglab qabul qila olish, taniy olish o’yinlari keng ishlatiladi, chunki leksikani tinglab qabul qilish, taniy olish ham oʼz xususiyatiga, qiyinchiligiga egadir. Gapirishning leksik tomonini oʼziga xos hususiyati mavjud. Oʼquvchi va talaba uni bilmasa gapira olmaydi, bilganda ham oʼrniga qoʼya bilishi kerak. Oʼqishning leksik tomoni ham alohida qiyinchilik tugʼdiradi. Oʼquvchi, talaba oʼqishda koʼrib qabul qiladi. Shuning asosida oʼqib maʼlumot olish, tushunish uchun soʼzlarni taniy olish, oʼqiy olish, ularning maʼno, mazmunini bilgan, oʼrgangan boʼlish kerak. Fikrni yozma bayon qilishning leksik tomoni ustida ham alohida ishlash kerak. Oʼquvchi, talaba u orqali mazmunli, toʼgʼri maʼlumot yozib bera olishi uchun soʼzni yoza olishi, talaffuz qila olishi, oʼqiy olishi zarur. Yuqoridagilardan koʼrinib turibdiki, hammasi uchun leksika kerak. Shu sababdan oʼquvchilarga nutq faoliyatlarini oʼrgatishda leksikaning oʼrni muhimdir. Leksikani oʼrgatish oʼquv yurtining maqsad, mazmunlariga moslashtirilib, unga javob beradigan qilib oʼrgatiladi.11
Do'stlaringiz bilan baham: |