1. Yapon tili oʼqitish metodikasining nazariy asoslari


 Til o’qitishda grammatikaning tarixi va nazariy asoslari



Download 0,81 Mb.
bet4/16
Sana22.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#836998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1. Yapon tili o qitish metodikasining nazariy asoslari

1.1. Til o’qitishda grammatikaning tarixi va nazariy asoslari
Yapon tili kabi murakkab tilni o`rganish katta mehnat talab qiladi, shuningdek, katta mashaqqatni bosib o`tishga to`g`ri keladi. Ijod yoki ish bo’lganda ham avvalo kuchli xohish, gohida asliyat o’rganayotgandan ko’proq izlanish, mehnat, sabr- toqat talab qiladigan, turli xil materiallar ustida ijod qilishdir. Mana shuning uchun ham tilni o’rganayotgan odamlardan, avvalambor, sabr kerak bo’ladi. Bugungi kunga kelib, millatlararo o’zaro aloqa munosabatlarini kuchli o`rnatish va yanada mustahkamlashga ehtiyoj kuchaygani sari, xorijiy tillarni o’rganishga ham talab kengayib boraveradi.
Hozirgi kunda yapon tilini o‘rgatish keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, uning nazariyasini to‘la o‘zida mujassamlashtirgan o‘quv qo‘llanmalar o‘zbek tilida yetarli emas.
Grammatika (yunoncha grammatike, gramma soʻzidan — harf, yozish) – tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. Grammatika 2 qismdan – morfologiya va sintaksisdan iborat.
Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, grammatikada soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida grammatik shakl deganda, maʼlum grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi.
Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini – shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalanmoqdalar.
Grammatik birliklarni grammatik kategoriyalarga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham bor. Ana shu maʼnolar kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat kiladi. Shunday kilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida tur-jins munosabati mavjud.
Grammatika maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy grammatika va nazariy grammatikaga boʻlinadi. Amaliy grammatika muayyan bir tilda gapning toʻgʻri qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, oʻz navbatida, 2 turga boʻlinadi: tavsifiy va meʼyoriy grammatika.
Tavsifiy grammatika til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy grammatika esa til faktlarining til meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi. Amaliy grammatika grammatikadan farqdi ravishda, nazariy grammatika til qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati belgilanadi. Nazariy grammatikada til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy grammatika umumiylik – xususiylik, mohiyat – hodisa, imkoniyat – voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til – nutq zidlanishiga asoslanadi.
Grammatik birliklar tadqiqotchi tomonidan qaysi tomondan oʻrganilishiga koʻra, grammatika faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab tadqiq qilish usuli – semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birliklarni oʻrganish nofaol grammatika sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili bilan ish koʻruvchi grammatika faol grammatika hisoblanadi. Faol grammatikada u yoki bu mazmun qanday yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi.
Xuddi shu yoʻnalish bilan bogʻliq ravishda grammatika mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) grammatikalarga boʻlinadi. Mazmuniy grammatika mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Obʼyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obʼyektiv olam unsurlari umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy grammatika oʻrganadi. Shakliy grammatika esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish koʻradi. Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi. Funksional grammatikada asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday G.larda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi.
Grammatika muammolari dastlab qadimda Hindistonda (tilshunos Paninining grammatikaga oid traktatida, miloddan avvalgi 5-4-asrlar), keyinroq Yunonistonda (Aristotel, miloddan avvalgi 4-asr, yunon tilshunosi Apollon Diskol, miloddan avvalgi 2-asr va boshqalarning asarlarida) ishlangan. Yunon grammatik anʼanalari lotin tilini oʻrganish jarayonida rivojlanib borgan.
Oʻzbekistonda grammatikani oʻrganish tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asariga borib taqaladi. Bu jarayon oʻrta asrlardagi lugʻatshunoslik taraqqiyotida ham oʻz aksini topgan (Toli Imoniy Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat" asari, 15-asr; "Abushqa" nomli chigʻatoycha-turkcha lugʻat, 16-asr va boshqalar).
Hozirgi oʻzbek tili grammatikasi Yevropa grammatikasi asosida yaratilgan. Bu jarayon 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Dastlab rus turkshunosi M.A.Terentyev "Turk, fors, qirgʻiz (qozoq) va oʻzbek tillarining grammatikasi" (1875) kitobini yozib, SanktPeterburgda nashr ettirgan. Bu kitob mahalliy tilni oʻrganmoqchi boʻlgan rusiyzabon kishilarga moʻljallangan edi. Oʻzbek tilining izchil ilmiy grammatikasini yaratishni 20-asrning 20-yillarida Fitrat, Gʻozi Yunus, Shorasul Zunnun va boshqa boshlab berdilar. Keyinchalik bu sohada A.Gʻulomov, Gʻ.Abdurahmonov, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, Sh.Shoabdurahmonov, S.Usmonov, B.Oʻrinboyev va boshqa tilshunos olimlar katta ishlarni amalga oshirdilar (yana q. Tilshunoslik).
Mazkur bitiruv malakaviy ishida yapon tili grammatikasi va uni o’qitishda harakatli o’yinlarning ahamiyati yoritib berilar ekan, avvalo yapon tilining o’ziga hos hususiyatlari haqida tushunchalar berib o’tamiz:
Yapon tilidagi gaplar ot, sifat, fe’l, ravish, bog`lovchi va yuklamadan tashkil topgan. O`zbek tiliga son yoki olmosh sifatida tarjima qilinadigan so`zlar yapon tilida grammatik jihatdan ot so`z turkumi tarkibiga kiritiladi. Shu kabi yapon tilidagi grammatik qoidalarni quyida ko’rishimiz mumkin:
Jumladan, yapon tilida kesim har doim gapning oxirida keladi. Aniqlovchi esa doimo aniqlanuvchi so’z (aniqlanmish)dan avval keladi. Kesim Yapon tilida kesimning 3 xil turi mavjud: ot, sifat va fe’l bilan ifodalanadigan kesimlar. Kesim tasdiq va inkor, hozirgi-kelasi zamon va o`tgan zamon shakllarida keladi. Yapon tilida sifatning 2 turi mavjud:
1) い-sifat
2) な-sifat.
Yapon tilida so`zlar shaxs-sonda o`zgarmaydi. Yuklamalar Yapon tilida yuklamalar so`z yoki gapning oxiriga qo`yiladi. Ular gapdagi so`zlarning o`zaro aloqadorligi, gapga nisbatan so`zlovchining munosabati, shuningdek, qo`shimcha ma’no berish uchun xizmat qiladi. Ikki gap orasida kelgan yuklamalar bog`lovchi vazifasida qo`llanilib, gaplarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladi. Tushurib qoldirish agar so`zlarning ma’nosi gapning umumiy mazmunidan tushunarli bo`lsa va ularni ta’kidlashga ehtiyoj bo`lmasa, bunday so`zlar gapda tushurib qoldiriladi. Yapon tilida ba’zan gapning egasi yoki kesimi ham tushurib qoldirilishi mumkin.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish