Tarang devorlardan iborat havo hajmi r ye z o n a t o r deb hisoblanadi. U o‗z ohangi yoki obertoniga mos keladigan ma‘lum chastotali tovushga aks-sado beradi. Vokal pedagogikasida bosh va ko‗krak rezonator tushunchalaridan keng foydalanadilar.
Ovoz boshda rezonatorlanganda tovush yorqin, baland, eshitiladi.
Ko‗krak qismida rezonatorlanganda-boy va ―go‗shtli‖ yangraydi.
Og‗iz va yutqin rezonansi unlilar sadolanishiga olib keladi. Yuqori kuylash formantasi shakllanishi butun hiqildoq rezonansiga bog‗liq. Tanglay qubbasidan yuqorida joylashgan rezonator - bu bosh rezonatoridir. Yuqori
rezonatorni hosil etuvchi a‘zolar suyak va tog‗aylardan iborat, ular shaklini o‗zgartirmaydi.
K o‗ k r a k r ye z o n a t o r i erkaklar ovozi diapazonining 1,5 oktavasini tashkil etadi, ayollar esa ko‗krak rezonatoridan ovoz hosil qilishdan pastki va o‗rta diapazon qismida foydalanadilar. Akustik nuqtai nazaridan bu traxeya va yo‗g‗on bronxlarda ro‗y beradi.
Bosh va ko‗krakda rezonatorlash ovoz teshigining u yoki, bu faoliyati natijasidir. Rezonatorlash hissi hiqildoq ishini reflektor boshqaradi, shuning uchun kuylash vaqtida rezonatorlash o‗z-o‗zidan, yengil sodir bo‗ladi. Doim sadolanishda bosh va ko‗krak rezonatorlari uyg‗unligiga erishishga harakat qilish kerak. Bunda biz o‗tkinchi registr holatida kuylashdan holi bo‗lamiz. Yaxshi bosh rezonatorga ega bo‗lgan tovush jarangdor, yorqin va ―temirsado‖li bo‗ladi. Ko‗krak rezonatorli ovoz esa – yo‗g‗on va ―go‗shtli‖ bo‗ladi.
B o sh r e z o n a t o r l a r – tanglay majmuasi yuqorisida gumbaz bo‗lib, bosh suyaklarining yuz qismida joylashgan. Bosh rezonator tushunchasiga kiruvchi barcha kovaklar suyak va toqayli devorlarga mahkamlangani uchun ham o‗z xajmini hamda rezonatorlik xususiyatlarini o‗zgartirishga moyil emas. Buruning eng katta qo‗shimcha bo‗shliq – gaymor bo‗shlig‗i, uning diametr o‗lchami 3 sm bo‗lib, 3000 gts chastotasiga, ya‘ni yuqori ashulachilik formantasiga rezonans beradi. Shuning uchun rezonatorga «tushgan» tovush – to‗g‗ri shakllantirilgan ohangdir. Biroq bosh rezonator tovushning yaxshi jarangdorligiga bosh omil hisoblanadi degani emas. Bosh rezonator hiqildoqdan chiqayotgan va o‗zida ko‗plab yuqori obertonlarga ega bo‗lgan tovush mavjud bo‗lganida javob beradi. Xonandalardagi bosh rezonatorni sezish joyi turlicha: birovlarda u «maska» soxasida, boshqalarda – yuqori tishlarning old qismida, uchinchisida-peshona bo‗shliqida, to‗rtinchilar-boshning tepa qismida va qattiq
tanglay sohasida bo‗ladi. Ovozning vibratsiya joyi tovushning ko‗tarilishi bilan o‗zgarib turishi mumkin.
Bosh jarangdorlikni his etishga undovchi uslublar mavjud. Bu uslublar ―m‖ va
―n‖ undoshlarini kuylash bilan bog‗liq. Bu uslubni ―zamzama‖ deb nomlashadi. Tarkibida 3000 gts obertonlariga doimiy ega ―i‖ unlisidan foydalanish, qattiq hujum (ataka) yoki nafas tayanchi foydalaninsh boylamlarni qo‗shilishini faollashtiradi.
K o‗ k r a k r e z o n a t o r lariga nafas yo‗llari, ya‘ni kekirdak va bronxlar kiradi. Kekirdak 15sm dan iborat bo‗lib, taxminan 500 gts. chastotaga rezonans beradi. Aynan shu chastota ovozga yo‗g‗onlik, ―go‗shtlik‖ va ko‗krak koloritni hosil qiladi. Tovush boylamlari ko‗krak turi bo‗yicha o‗z tebranishida ishlasa ko‗krak jarangdorligi g‗oyatda kuchli bo‗ladi, shuningdek ko‗krak rezonatorlari faqat yaxshi ifodalangan past chastotali tovushlarga javob beradi. Ko‗krak rezonatorining ahamiyati bosh rezonatornikiga o‗xshaydi. Xonanda ko‗krak rezonatsiya bo‗yicha fonatsiyani nazarda tutsa tovush boylamlari ishi yengillashadi.
Bosh va ko‗krak rezonatorlarining bir vaqtda jaranglashi tovush boylamlarini qoriqish xolda tebranishiga olib kelib parda sinishini xis qilmay, tekis ovoz bilan barcha diapozonda kuylashga imkonini beradi.
Faqat bosh yoki faqat ko‗krak jarangdorligini oshirishda tovushni inqiroziga olib borishi mumkin. Bosh jarangdorlikni oshirib borish asta-sekin tovushlarni qisqartirilishiga, ovozning ingichkalanishiga, tovushning to‗laqonli chiqmasligiga olib keladi. Ko‗krak jarangdorligidan noto‗g‗ri foydalanish tovushni og‗irlashtirib, registrlarning o‗tish jarayoni sezilib, tovush tebranishi kengayib chuqurlashishiga, detonatsiya yuzaga kelib, yuqori notalar yo‗qolishiga olib keladi.
Butun diapazon davomida ko‗krak va bosh rezonatorning ishlashi bu ovozning yaxshi va to‗g‗ri qo‗yilgani hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |