1 Xonandalik san‘atining O‗zbekistonga kirib kelishi. Rus xonandalik maktabi va xonandalik san‘ati 4


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 4,58 Mb.
bet14/48
Sana11.03.2022
Hajmi4,58 Mb.
#490434
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
хонандалик услубиёти

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


  1. Kuylayotganga hiqqildoq qanday faoliyat olib boradi?

  2. L.Dmitrievning hiqildoq holati tadqiqotlari haqida gapiring?

  3. Kekirdak tuzilishi?

  4. Kuylash paytida tovush boylamlari va og‗iz-xalqum kanalining uzunligi qancha?

    1. modul. Tovush hujumi, tovush hosil qilish nazariyasi. Ko„krak va bosh rezonatorlari. Ovoz tayanchi.


Tovush hujumi - kuylashga o‗zgacha ifoda beruvchi vosita, tovush paydo bo‗lish vaqti. Ovoz pardalari jipsligiga, nafas chiqarishning kuchi va xarakteriga qarab tovush hujumi: qattiq, mayin va nafas olishdan keyingi hujum bo‗lishi mumkin.
Tovush hujumi ovoz paylari tebranishini yaxshi his etishga yordam beradi. Tovush hujumi nafaqat ifoda beruvchi, balki ovoz apparatiga pedagogik ta‘sir uchun eng zarur vositalardan. Tovush hujumi orqali pedagogik ta‘sir metodi, xonandaning ovoz teshigi xaddan ziyod aktiv ishlasa, yoki sust ishlagan vaqtda qo‗llaniladi.
Har bir xonanda tovush hujumi turlarini yaxshi bilishi zarur. Ovoz hosil qilishning ikki nazariya mavjud: mioelastik (mushak va paylar elastikligi) va neyroxronaksik.
M i o e l a s t i k nazariya asosi kuyidagicha: ovoz hosil bo‗lishi uchun ovoz paylarining to‗la ishlashi va uning ostidagi havo bosimini ko‗tarish, tovush hosil bo‗lishi uchun esa ovoz paylari ish faoliyati uchun kerakli tonusning bo‗lishi
yetarli. Tebranishning o‗zi ovoz paylari osti bosimining passiv xarakati ta‘siri bilan amalga oshiriladi.
N e y r o x ro n a ks i k nazariya - (Farang olimi R.Yusson taklifi). Ovoz paylarining tebranishi - hiqqildoqning bevosita funktsiyasi natijasidir.
Keyingi yillarda ilmiy izlanishlari natijasi shuni ko‗rsatadiki mioelastik teoriyasi neyroxronaksik teoriyasiga qaraganda to‗g‗ri va mukamalroq, bu esa mioelastik teoriyasi ovoz hosil qilishda qo‗llash uchun mos degani.
Q a t t i q h u j u m orqali tovush boylamlari mustahkam jipslashib, boylam osti bosimining ko‗tarilishi natijasida ularni kuchli turtki bilan ochib yuboradi. Hujumning bunday turida ovozda aniq intonatsiya, tovushda aniqlik va yorqinlik paydo bo‗ladi. M.Garsianing ―Ashula maktabi‖ kitobida hujumning bu turiga coup de glotte – hiqildoq zarbi deb ta‘rif berilgan. Boshlang‗ich xonandalarni tarbiyalashda bunday hujumdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Qattiq hujumda nafasning ortiqcha ―chiqib ketishiga‖ yo‗l qo‗yilmaydi. Hiqildoq ishi va tovush boylamlarini bir-biriga mahkam jipslashtirgan holda tovush tashkil etishga o‗rgatadi. Qattiq hujumdan noto‗g‗ri yoki doimiy ravishda foydalanish natijasida, tovush qisilib, qattiq ijro etilishi holatlariga duch kelishimiz mumkin. Shuning uchun qattiq hujumdan ayrim asarlarda ifoda vositasi sifatida foydalanish tavsiya etiladi.
Yu m sh o q h u j u m yordamida tovush hujumlarini rivojlantirish va ovozni tarbiyalash yaxshi samaraga olib keladi. Bunda nafas va tovush boylamlari bir vaqtning o‗zida ishga kirishadi va aniq muvofiqlashadi. Ovozning mayin, turtkisiz hosil bo‗lishi va sof ohanglanishida yumshoq hujum muhim o‗ringa ega.
O l d i n n a f a s h u j u m i d a avval nafas yuborilib so‗ngra tovush boylamlari sust holda ishga qo‗yilib yuboriladi. Hujumning bu turida tovush
ko‗tarilishiga moyillik sezadi, ya‘ni tovush hosil bo‗lishidan oldin glissando paydo bo‗ladi. Oldin nafas hujumi siqilib chiqadigan ovozlar uchun juda foydalidir. Hiqildoqdan o‗tayotgan nafas oqimi natijasida tovush boylamlari ishga tushadi, shuning uchun ular mahkam yopilishga ulgurmay tovush bo‗g‗ilishi bartaraf etiladi. Hujumining bu turini uzoq muddat qo‗llash ham zararlidir, bunda, kuylashda notaga nisbatan ko‗tarilishni yuzaga keltirishi, tembr tozaligi va ravonligi yo‗qolib, unda shovqinli tovushlar paydo bo‗lishi mumkin. Oldin nafas hujumi ham qattiq hujum kabi ifoda vositasi sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Har bir xonanda tovush hujumi turlarini yaxshi bilishi zarur. Tovush hujumi ovoz paylari tebranishini yaxshi his etishga yordam beradi. Tovush hujumi ovoz apparatiga pedagogik ta‘sir uchun eng zarur vosita hisoblanadi. Xonandaning ovoz teshigi xaddan ziyod aktiv yoki sust ishlagan vaqtda tovush xujumlari yordamida pedagogik ta‘sir metodi qo‗llaniladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish