Stress ko’rinishiga qarab ikkiga turga ajraladi :
Destruktiv – men turdagi(yakka shaxs o’zi bilaan kechadigan jarayon).
Konstruktiv-biz turdagi (ko’pchilik orasida);
Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.
Frustratsiya – tushkunlik, ma’lum maqsadga erishishda umidlarning parchalanishi bilan kechadigan inson muvaffaqiyatsizligining emotsional og’ir kechinmasi. Frustratsiya ko’p hollarda frustratorga qarshi qaratilgan tajovuzkorlik hulq-atvor bilan bog’liq. Frustratsiya sabablari bartaraf etilmaganida, psixikaning davomli izdan chiqishi bilan bog’liq bo’lgan chuqur depressiv holat yuzaga kelishi mumkin (xotira, mantiqiy tafakkurga bo’lgan layoqatlarning susayishi). Frustratsiya holati inson biror chiqib ketish yo’llarini izlaydi, shirin xayol olamida beriladi, ba’zida esa tubanlashadi, ya’ni, psixik rivojlanishning dastlabki bosqichlariga qaytadi.
Yuksak hislar
Intellektual hissiyotlar
Praksik hislar
Estetik hislar
Ahloqiy hislar
Emotsional xossalar individning psixik ko’rinishini belgilaydilar, shaxs emotsional tipini tashkil etadilar. Odamlar emotsional, o’ta ta’sirchan, ehtirosli va frigid mijozlilarga bo’linadilar. Birinchisi oson qo’zg’aluvchan, emotsional ta’sirchan, impulьsiv; ikkinchisi – o’z sezgilarini mushohada qilish, ulardan zavqlanishga moyil; uchinchisi – emotsional intiluvchan, o’ta faol, maqsadga erishishda sabotli; to’rtinchisi – aql bilan ish ko’radilar, qayg’urish hissi ularga yot.

Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli ob’ektlar sinfiga ko’chirib o’tkaziladi. SHunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri ularning umumlashtirilganligi va ko’chirib o’tkazish imkoniyati hisoblanadi. Boshqa qonuniyat – sezgilarning davomli seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi. Xuddi shunday sevimli qo’shiq hadeb tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda ko’p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo’lmay qoladi.
Turli seskantiruvchilar ta’sirida yuzaga keladigan turli segilar o’zaro taqqoslanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatib, o’zaro ta’sirlashadi. Biror shaxsning xunuk harakatidan, xuddi shunday vaziyatdagi boshqa shaxsning oliyjanob harakati solishtirilganida taassuf hissi kuchayadi, qoniqish hissi qoniqmaslik hissidan so’ng kuchliroq seziladi. Insonning taqdiri, azob-uqubatlari qanchalik og’ir, muvaffaqiyatsizliklarining yakun topishi shunchalik quvonch bilan idrok qilinadi – bu sezgilarning keskin qarama-qarshiligi.

Sezgi qonuniyatlaridan biri – ularning jamlanishi. U yoki bu ob’ekt tomonidan muntazam ravishda hosil qilinadigan sezgilar to’planib, jamlanadi.
Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi.
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi
Adabiyotlar ro'yxati
1. Danilova N.N., Krilova A.L. Yuqori asab faoliyati fiziologiyasi: Darslik. M.: Ta'lim adabiyoti, 1997.432 b.
2. Psixologiya. Lug'at / general ostida. Ed. A.V. Petrovskiy, M.G. Yaroshevskiy. 2 nashr, Vah. Va qo'shing. Moskva: Politizdat, 1990.494 p.
3. Internet: http://tsos.lan.krasu.ru/tso/metodmat/video/phisiologia
Allbest.ru saytida joylashtiril
Do'stlaringiz bilan baham: |