Termiz davlat universiteti
Amaliy psixologiya yo`nalishi talabasi
Ne`matullayeva Fayoza
O`smirlarda yolg`izlik hissi
Annotatsiya: O`smirlik davriga bir qancha olimlar tomonidan “inqiroz davri”,”krizis davri” deya ta`rif berilgan. Bu davrda o`smir shaxsida o`zini boshqalardan ajratish,yolg`izlikka moyillik kuchayadi. Aynan shu sabab biz ushbu maqolamizda o`smirlardagi yolg`izlik hissini o`rgandik.
Kalit so`zlar: O`smirlik,yolg`izlik hissi,Myuller-Rassel testi.
O`smirlik-shaxs sifatida shakllanishning asosidir.Kishi bu davrda jismoniy,aqliy,hissiy,ruhiy va iroda jihatdan rivojlanadi hamda o`yinda,o`qishda,boshqa kishilar bilan o`zaro munosabatlarda ijtimoiylashuv maktabini o`taydi. O`smirlik davri 10-11 yoshdan 14-15 yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.Aksariyat o`quvchilarda o`smirlik davriga o`tish 5-sinfdan boshlanadi. “Endi o`smir bola emas,biroq katta ham emas”-ayni shu ta`rif o`smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi[i]. O`smir endi bola emasligini ruhan seza boshlaydi. Ammo u kattalar olamini to`liq anglay olmaganligi uchun,atrofida yaqin insonlari yo`qligi tufayli o`zini yolg`iz his qila boshlaydi.Shu boisdan ham boshqa davrlarga qaraganda o`smirlik davrida yolg`izlik kuchli bo`ladi.
Yolg`izlik haqida L.Semionova shunday yozadi:”Yolg`izlik bu shunchaki tanholikda vaqt o`tkazish emas, bunday inson o`zi yaqini yo`qligidan azob chekadi,yolg`izlik bu o`zi tushunadigan ijtimoiy jamoadan ajralib qolishdir”.[ii]V.Xuhlayevaning terminalogiyasiga ko`ra,diffuz yolg`izlikni psixologik salomatligining xavfli ikkinchi guruhiga kiritish mumkin.[iii]Bregg o`z tadqiqotlarida aniqlashicha, yolg`izlikni har doim ham depressiya bilan bog`lash to`g`ri emas.Ezilgan yolg`iz insonlar o`z hayotining nafaqat ijtimoiy, balki ijtimoiy bo`lmagan jihatlaridan ham ko`ngillari to`lmasligi mumkin.[iv].
O`smir shaxsida yolg`izlik hissi qanday paydo bo`ladi? Bu savolga bir qancha sabablar mavjud.Avvvalo o`zining shaxs deb bilishga intilish,odatda,yillar davomida ta`sir o`tkazib kelganlarga,ayniqsa,qadrdon oilasiga begonalik tuyg`usini uyg`otadi va o`smir shaxsining ijtimoiy hayotida yaqin insonlari bo`lmay qoladi.Buyuk satirik A.Raykin aytganidek:”Atrofda odamlar ko`p-u,gaplashadigan hech kim yo`q”.Shuningdek ota-onaning noto`g`ri tarbiyasi orqali ham o`smirlarda yolg`izlik shakllanishi mumkin. Ularga ruhiy va jismoniy zo`ravonlik qilish,ularni kamsitish,ularga bosim o`tkazish o`smirlarda o`ziga ishonmaslik,o`ziga nisbatan salbiy fikrni keltirib chiqaradi.Bu holatlar tufayli o`z-o`zidan o`smirlar o`zini hech kimga kerak emas,yolg`iz his qila boshlaydilar.Yolg`izlikning yana bir sababi,muloqotchanlik xususiyatining past bo`lishidadir.Muloqotchanlik xususiyatining kimda qanday shakllanishi o`smirning yoshlikda ko`rgan oilaviy munosabatlariga bog`liq. Shuningdek o`smirlardagi yolg`izlik muammosi tengdoshlar 6bilan yetarli aloqa o`rnatmaslik,o`smirning boshqalar tomonidan qabul qilinmasligi,o`zini ichki dunyosini baholay olmasligi,boshqa odamlarga nisbatan ortiqcha talab va istak-umidlar,odamlar o`rtasidagi haqiqiy bo`lmagan g`oyalarga bog`liq.
Yolg`iz o`smirlar pessimistik tarzda fikrlaydilar.Ular o`zlaridan nafratlanadilar,atrofdagilardan doimo yomonlik kutadilar,o`z kelajak hayotini ijobiy rangda tasavvur eta olmaydilar,qiziqishlari kundan kunga yo`qolib boradi.Boshqalarning va o`zlarining hayotini bemazmun,bema`no hisoblaydilar.Ularda havotirlanish va depressiya kuchayadi.Bora bora yolg`izlik hissi kuchayaversa,o`smir shaxsida o`zini o`ldirish,ya`ni suistit holati ham kuzatilishi mumkin.Shu sabablar uchun ham o`smirlik davrida yolg`izlik muammosini o`rganish zarur.Bu muammo shunchaki yuzaki qaraladigan muammolardan emas.
Hamma vaqt yolg`izlik o`smirga salbiy ta`sir qilmaydi.U o`smirga o`z o`zini anglashga, o`z hissiyotlari va fikrlarini tahlil qilishga,refleksiya uchun yordam beradi.”Yolg`izlik tabiiy holat,u o`smir ichki hayoti,ichki dunyosining shakllanayotganidan darak beradi”,-deb yozadi I.S.Kon.Lekin bu hol insonga azob bersa,muammoga aylanadi va psixologik patalogiyaga olib keladi.Odi.J.Relfning fikricha,vaqti-vaqti bilan yolg`iz qolish normal holat,lekin bunday holat tez va uzoq takrorlanib tursa,bu havfli holat hisoblanadi.
Biz o`smirlarda,8-sinf o`quvchilarida,D.Rassel va M.Fergyussonlarning “Yolg`izlikni subektiv his qilishni o`rganish metodikasi”dan foydalanib ulardagi yolg`izlik hissi darajasini aniqladik.Bu metodika 20 ta savoldan iborat bo`lib ,”ko`pincha”,”ba`zida”,”kamdan kam”,”hech qachon” kabi javob variantidan iborat.Sinaluvchilar soni 50ta:
Yolg'izlikning past darajasi-0dan 20ballgacha;
Yolg'izlikning o'rta darajasi-20dan 40ballgacha;
Yolg'izlikning yuqori darajasi-40dan 60ballgacha.
Bizning tadqiqotimizda sinaluvchilarning 4%izida,ya`ni 2nafarida, yolg`izlik hissi yuqori chiqdi. Sinaluvchilarning 40%izi, 45nafarida yolg'izlikning o'rta darajasi, 6%izida,3nafarida esa yolg'izlikning past natijasi qayd etildi.Yolg'izlik hissi yuqori bo'lgan o'smirlar bilan quyidagi ishlarni olib borishimiz kerak:
-O'smirlarda muloqot tizimini rivojlantirish;
-Ularga to'g'ri ta'lim-tarbiya berish;
-O'smir shaxsining o'z kuchi ,imkoniyatlariga ishontirish.
-O'smirlarning qiziqish,mayllarini inobatga olish;
-Ularda o'zini hurmat qilishni shakllantirish;
-O'ziga bo'lgan ishonch tuyg'usini shakllantirish;
-Kelajak hayoti uchun aniq maqsadlarni qo'yish va shu kabilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
i
1.Z.T.Nishanova “Rivojlanish psixologiyasi”322-bet “O`zbekiston milliy fayasuflar” Toshkent 2018
ii 2. Симеонова Л. Человек рядом М...1989 v 3. Mullaboyeva “Yolg`izlik hissi psixokorreksiyasi” Namangan 2018-yil 8-bet.
4. Бубер М. Проблема человека.Под ред.Н.Е.Покровскогою.- 4. Бубер М. Проблема человека.Под ред.Н.Е.Покровскогою.-М..Прогресс.1989
iii
iv
Do'stlaringiz bilan baham: |