4) Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan:
o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn
asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lish;
texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo‘yicha tushunchalarga ega
bo‘lish;
texnik ijodkorlik ob’ektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
mustaqil ravishda texnik ob’ektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;
texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun moslama, dastur va
boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish
istiqboli to‘g‘risida tushunchalar;
texnik ijodkorlik to‘garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik ob’ektlarni ilmiy
asosda tanlay olish;
to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish;
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishning
ilmiy asoslarini bilish kerak.
Odatdagi tushunchaga ko‘ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi
mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir.
Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror
tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir.
Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi
jarayon sifatida qarash lozim.
O‘quvchining ijodkorligi, avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o‘ziga xos usul
bilan masala еchish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi
mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim.
O‘quvchining ijodi uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan dalil va hodisalarga bog‘lay
olishi, ularni to‘g‘ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir.
5)
Texnik ijodkorligida yangi еchimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo‘lgan davrni
amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog‘liq holda
fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi.
Bu o‘rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko‘rsatkichlardan abstrakt,
yaratilajak mavhum modellarga o‘tish va nazariy tajriba-sinov ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko‘nikmalarni reproduktiv, reproduktiv-ijodiy, ijodiy-
reproduktiv va ijodiy darajalarga bo‘lib ko‘rsatadi.
Texnik ijodkorligi g‘oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv
xususiyatlari almashinuviga bog‘liq bo‘lgan 4 ta davrga bo’linadi.
Birinchi davrda fikrlash faoliyati produktiv xususiyatga ega bo‘ladi, bunda mavjud
muammoni anglash, idrok qilish, еchimini topishga ehtiyoj sezish jarayoni boradi.
Ikkinchi davr - muammo еchimini topishga o‘tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi
bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidirilayotgan еchimning izlanuvchi
mutaxassisligiga bog‘liq bo‘lib, unda qaralayotgan muammoning еchimi bo‘lib xizmat qila
oladigan holatlar tahlil qilinadi.
Uchinchi - produktiv davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo va tanlangan еchim o‘zaro
bog‘lanadi va texnik еchim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng
mas’uliyatli davri bo‘lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi taklif etilayotgan g‘oyaning
ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
To‘rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan еchimni asoslash uchun hisoblash va tajriba-
sinov ishlari bajarilib, texnik еchimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan
ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |