1. Mineral o`g`itlar texnologiyasi. Mineral o`g`itlar turlari to`g`risida ma`lumot.
2. Gazlarni siqish va uzatish qurilmalari.
3. Kontakt usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishninig zamonaviy texnologik tizimlari.
1.Mineral oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlari boʻlgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha Mineral oʻgʻitlar agronomik rudalarlgm kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mas, natriyli selitra (chili selitrasi), sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. M.oʻ. 19-asrdan tarqalaboshlagan. 20-asr oʻrtalaridan M.oʻ.ni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. M.oʻ. tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga) kuchli taʼsir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga taʼsir etadi va h.k. Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli Mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utlokdarning umumiy biol. mahsuldorligiga faol taʼsir qiladi. M.oʻ. ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. M.oʻ. organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra, M.oʻ. bevosita va bilvosita ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʼni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash M.oʻ. zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan M.oʻ. (mas, ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi. M.oʻ. qattiq, yaʼni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi.Mineral o’g’itlar texnologiyasi Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish tarmog’i kimyo sanoatining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz paxta yetishtiruvchi asosiy mintaqa bo’lgani sababli, mineral o’g’itlarning paxtachilikdagi roli juda katta. Hosildorlikni oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Umuman, qishloq xo’jaligini yalpisiga kimyolashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ma'lumki o’simlik tarkibi, asosan 10 ta elementdan tashkil topgan bo’lib (azot, fosfor, kislorod, kaliy, magniy, temir, oltingugurt, kalsiy, uglerod, vodorod), ularning 90 % ini uglerod, vodorod, kislorod tashkil qiladi. O’simlik o’sish davrida bu elementlarni havodan va yerdan qabul qiladi. Shu sababli hosildorlik yuqori bo’lishi uchun shu elementlarning yerdagi miqdori yetarli bo’lishi kerak. Bu elementlardan ayniqsa kerakligi azot,fosfor va kaliy hisoblanadi, shu sababli bu elementlarni ozuqa moddasi yoki mineral o’g’itlar deb ataladi.
Shunday qilib mineral o’g’itlarni 3 gruppaga bo’lish mumkin: fosforli, azotli va kaliy o’g’itlar. O’simlik hayoti uchun zarur bo’lgan (ozgina miqdorda bo’lsa ham) elementlar (Mn, Ni, Co, Br, Zn) bor o’g’itlar mikroo’g’itlar deb ataladi. Qishloq xo’jaligida mineral o’g’itlar bilan bir qatorda organik o’g’itlar ham qo’llaniladi.Qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan kurashuvchi moddalar pestitsidlar deb ataladi. Yovvoyi o’tlar bilan kurashuvchi moddalar esa gerbitsidlar deb ataladi.
2.Kimyo sanоatida gazlarni quvurlar оrqali uzatish va siyraklantirish uchun ular siqiladi. Qisilgan gazlar suyuqliklarni aralashtirish, sоchib bеrish uchun va bоshqa maqsadlarda ishlatiladi. Gazlarni siqishva uzatish uchun kоmprеssоr qurilmalaridan fоydala-niladi. Хuddi suyuqliklar kabi, gazlar ҳam bоsimlar farqi bo’lgandagina uzatiladi. Qisilgan gaz bоsimi R2 ning siqilmagan gaz bоsimi R1 ga nisbati siqishdarajasi dеyiladi. Siqish darajasining kattaligiga qarab, kоmprеssоrlar quyidagi tiplarga bo’linadi:
1) Ventilatorlar (R2/R1<1,1) - ko’p mikdоprdagi gazlarni uzatish uchun fоydalaniladi; 2) Gazоduvkalar (1,13) Kоmprеssоrlar (R2/R1>3) - yuqоri bоsim хоsil qilish uchun ishlatiladi. 4) Vakuum nasоslar - bоsimi atmоsfеra bоsimidan past bo’lgan gazlarni so’rish uchun ishlatiladi. Ishlash printsipiga ko’ra kоmprеssоrlar хajmiy va parrakli bo’ladi.Хajmiy kоmprеssоrlar gaz bоsimi uning хajmini majburiy ravishda kamaytirish хisоbiga ko’payadi. Хajmiy kоmprеssоrlar jumlasiga pоrshеn li, rоtatsiоn, va vintli qurilmalar kiradi. Parrakli qurilmalar gaz bоsimi kоmprеssоrning ғildiraklari aylanganida vujudga kеladigan inеrtsiya kuchlari ta’sirida ko’payadi. Ular turbukоm-prеssоrlar ҳam dеyiladi, ҳamda markazdan qоchma kuch ta’sirida ishlaydigan ventilator va turbо-gazaduvkalarga bo’linadi. Pоrshеnli kоmprеssоrlar kam miqdоrdagi gazlarni katta bоsimgacha (0,5-30 MPa va undan yuqоri ) siqishda ishlatiladi. Turbоkоmprеssоrlar esa aksincha,katta miqdоrdagi gazlarni nisbatan past bоsimlarda (0,15-1,5 MPa) uzatib bеrishga mo’ljallangan.Gazlarni siqishjarayonini ko’rib chiqamiz. Gazlarni siqishnatijasida uning хajmi, bоsimi o’zgarishi bilan tеmpеraturasi ko’tarilib, issiqlik ajralib chiqadi. Nazariy jiҳat dan gaz ikki хil jarayonda siqiladi. Siqish vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik tashki muхitga tоrtib оlinsa - izоtеrmik, agar faqat gazni isitish uchun sarflansa - adiabatik jarayon dеyiladi. Izоtеrmik jarayonda issiqlik ajratib оlib turilgani uchun, gazning va jarayonning tеmpеraturasi o’zgarmas bo’ladi. Adiabatik jarayonda tashki muхit bilan issiqlik almashmaydi. Хakikatda esa, siqish vaqtida ajralgan issiqlikning bir qismi mashki muхitga tarkaladi va qоlgan qismi esa gazni isitishga sarflanadi. Gazni siqishjarayoni pо-litrоpik jarayonda bоradi. Gazlarni kоmprеssоrlarda siqishjarayonlarida siqishjarayonlarida bajarilgan ishning miqdоri T - S grafigidan aniqlanadi
3.Sulfat kislota ishlab chiqarish usullari, navlari va jihozlari. 3. O’zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar ilg’or yutuqlarining tahlili. Mustaqil O’zbekiston Respublikamiz xalq xo’jaligini ayniqsa uning qishloq xo’jaligini rivojlanishida kimyo sanoati shu vaqtga qadar yetakchi o’rinlardan birini egallab kelmoqda. Respublikamiz kimyo sanoatida noorganik moddalar- mineral o’g’itlar, tuzlar, kislotalar, bog’langan azot birikmlari va sulfat kislotasi ishlab chiqarish sgu davrgacha salmoqli o’rinlarni egallab keldi va kelajakda ham shunday bo’lib qolishiga shubha yo’qdir, chunki qishloq xo’jaligini uning asosiy ozuqasi mineral o’g’itlarsiz, kimyo sanoatining rivojini esa butun dunyoda bo’lgani kabi sulfat kislota rivojisiz va bog’langan azot birikmalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash mumkinki, hozirgi vaqtda kishi boshiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilayotgan sulfat kislota miqdori bo’yicha bizning Respublikamiz nafaqat MDH davlatlari orasida, balki butun dunyo bo’yicha bir necha yillardan beri yetakchi o’rinlardan birini egallab turibdi va bundan buyon ham shunday bo’lib qolishi uchun Respublikamizda sulfat kislotyasining qisqa usuli bilan ishlab chiqarish sanoati rivojiga alohida ahamiyat berilmoqda. Ishlab chiqarish usullari. Sulfat kislota X asrdan boshlab olinib kelinmoqda. U temir kuporosini yoki achchiqtoshni qattiq qizdirish natijasida olingan. Hosil bo'lgan og'ir moysimon suyuqlik sulfat kislota kuporos moyi deb atalgan. 2FeSO4 + 2H2O→ 2FeO+ 2H2SO4 XV asrda kimyogarlar oltingugurt va selitra aralashmasini yoqib, sulfat kislota olish mumkinligmi aniqlaganlar. Shu usulda 300 yildan ko'proq vaqt mobaynida sulfat kislota oz miqdorda shisha qolbalar va retortalarda faqat laboratoriyalardagina olingan. XVIII asr o'rtalarida sulfat kislotaga chidamli material - qo'rg'oshin topilgach sulfat kislota qo'rg'oshin idishlar - kameralarda sanoat miqyosida olina boshlangan. Bunday usul kamerali usul deb ataldi. Bu kameralarda oltingugurt va selitra aralashmasi yoqilgan. Bunda hosil bo'lgan sulfat angidrid kameraga qo'yilgan suv yoki kislota eritmasidayutiladi. Keyinchalik selitra o'rniga nitrat kislota, kameralar o'miga esa minoralardan (XX asrning boshlarida) foydalanilmoqda. Shuninguchun ham kamerali usulni nitrozali yoki minorali usul deb ataladi. Kontakt usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarish Sulfat kislota ishlab chiqarish beshta bo'limni o'z ichiga oladi: Pech bo'limi (bunda quruq SO2 hosil bo'ladi). Yuvish bo'limi (bunda SO2 gazi ho'l usul bilan tarkibidagi qo'shimchalardan, ya'ni H2SO4 ning tomchilaridan, suv bug'laridan va kontakt zaharlaridan to'liq tozalanadi). Kompressor bo'limi (bunda tozalangan gaz so'rib olinib, kontakt apparatiga yuboriladi). Kontakt bo'limi (bunda SO2, gazi katalizator bilan ta'sirlashib — to'qnashib SO3, ga aylanadi). Absorbsiya bo'limi (bunda S03suvga yuttiriladi va H2SO4 ga aylantiriladi). Nitrozali usulda katalizator rolini azot oksidlari o'ynaydi. Suyuq fazada nasadkali minorallarda oksidlanadi. XIX asrning boshlarida SO2 ni platina katalizatori ishtirokida SO3 ga oksidlash mumkinligi aniqlandi. XIX asrning oxirlari XX asrning boshlarida bu usul kontakt (gazning katalizator bilan to'qnashuviga asoslanganligi uchun) usuli deb atalib, sanoatda qo'llanila boshlandi. Nitrozali usulda olinadigan sulfat kislotaning sifati pastligi, 75% dan yuqori konsentratsiyali kislota olib bo'lmasligi, NO2, SO2, SO3 kabi gazlarning atmosferaga chaqirib yuborilishi tufayli atmosferaning zaharlanishi kabi kamchiliklarni bu usulni kontakt usuli tomonidan siqib chiqarishiga sabab bo'ldi. Sobiq ittifoqda 1975- yillardan boshlab faqat kontakt usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarish bo'lmalari qurilmoqda. Hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan sulfat kislotaning 95 % ga yaqini kontakt usulida ishlab chaqirilmoqda
45-variant
Do'stlaringiz bilan baham: |