1. Umumiy ma’lumotlar; Starter tuzilishi



Download 464,94 Kb.
bet11/13
Sana05.11.2022
Hajmi464,94 Kb.
#860727
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1. Umumiy ma’lumotlar; Starter tuzilishi

a-ST130A3; b-ST230.

Bundan tashqari qo’shimcha relesi bo’lmagan sxemalar ham qo’llaniladi. Bu holda yurgizib yuborish tizimini boshqarish bevosita o’t oldirishni ulagichi orqali amalga oshiriladi.
Dizellarning zamonaviy yurgizib yuborish tizimida starterni avtomatik o’chirish va blokirovkalash uchun moslamalar o’rnatiladi. Bu moslama yurgizib yuborishda starterning ulanish davomiyligni qisqartirish va dvigatel ishlab turganda starterning tasodifan ulanib qolish xavfini yo’qotish maqsadida o’rnatiladi. Natijada starterning xizmat muddati oshib, shesternya tishlarining sinish xavfi bartaraf qilinadi va ulagich S ning buzilishidan kelib chiqadigan salbiy oqibatlarning oldi olinadi.
Dizellarni yurgizib yuborish tizimi quyidagi tartibda ishlaydi (8.13-rasm):
Yurgizib yuborilayotganda ulagich S1 (dizel dvigatelli avtomobillarda uni asboblar va starterni ulagich deyiladi) kontaktlari oldin I holat orqali o’tadi. Bu holatda uning chiqarish К3 da musbat potensial paydo bo’ladi. Bu potensial chiqarish 2 orqali blokirovka qurilmasi sxemasiga beriladi. Chiqarish 2 ga tok berilganda R12 qarshilik orqali S8 kondensatorni zaryadlash boshlanadi, R13 qarshilik orqali — S7 kondensatorni zaryadlash boshlanadi. R13 (8,2 kOm) rezistor qarshiligi qiymati R12 (1,5 kOm) rezistor qarshiligiqiymatidan bir necha barobar katta bo’lganligi uchun S8 kondensatori S7 kondensatoridan tezroq zaryadlanadi. Shuning uchun VT3 tranzistori bazasida musbat potensial VT2 tranzistori bazasidan oldinroq paydo bo’ladi va tranzistor VT3 ochiladi. Ochiq tranzistor VT3 ning kollektori korpus bilan bog’lanadi va uning potensiali nolga teng bo’ladi. VT3 tranzistorining kollektori diod VD8 va rezistor R11 orqali VT2 tranzistori bazasi bilan bog’langanidan uning potensiali ham nolga teng bo’ladi va VT2 tranzistori yopiladi. Yuqorida aytilgan VT2 va VT3 tranzistorlarini ulash sxemasi (trigger sxemasi) shunday ishlaydiki, tranzistorlardan biri ochilsa, ikkinchisi albatta yopiq bo’ladi. Boshlang’ich holatda S1 ulagich kontaktlari I holat orqali o’tayotganida VT2 tranzistori yopiq, VT3 tranzistori ochiq bo’ladi.

8.13-rasm. Dizellarni o’t oldirish tizimi sxemasi.
S1 ulagich kontaktlari II holatga o’rnatilganda starter ulanishi kerak, ta’minot kuchlanishi esa ST chiqarish orqali starter qo’shimcha relesining chulg’amiga beriladi. Qo’shimcha rele chulg’ami orqali tok – akkumulyator batareyasining “+” chiqarishi - starterning “+” chiqarishi – ampermetr - S1 ulagich kontaktlari - S1 ulagich ST chiqarishi – qo’shimcha rele chulg’ami – blokirovka qurilmasi 3 chiqarishi - VD10 diodi - VT3 tranzistorining kollektor-emitter zanjiri – blokirovka qurilmasining 1 chiqarishi – avtomobil korpusi – akkumulyator batareyasining “-“ chiqarishi – zanjiri bo’ylab o’tadi. Natijada rele kontaktlari qo’shiladi, starter ulanadi va u dvigatel tirsakli valini aylantira boshlaydi. Tirsakli val aylantirilayotganida generator statori fazalaridan sinusoidal E.Yu.К. indkusiyalanadi. Stator fazalaridan biridagi sinusoidal kuchlanish Uf (8.14-rasm) blokirovka relesi chiqarishi 4 ga (8.13-rasm) beriladi. Кuchlanish rezistor R1 orqali o’zidan faqat musbat yarim to’lqinlarni o’tqazuvchi VD1 diodga o’tadi. Musbat impulslar (yarim to’lqinlar) Ud (8.14-rasmga qarang) R3 rezistor orqali (8.13-rasmga qarang) VT1 tranzistori bazasiga beriladi. VT1 tranzistori musbat impulslar paydo bo’lgan momentlarda ochiq (8.14-rasmga qarang) bo’ladi, impulslar bo’lmagan davrda u yopiq bo’ladi. Ochiq holatda VT1 tranzistorining kollektor-emitter zanjiri bo’ylab, R5 rezistori orqali tok o’ta boshlaydi. VT1 tranzistorining kollektori avtomobil korpusi bilan ulanib qoladi va uning potensiali nolga teng bo’ladi. VT1 tranzistori yopilganda tok R5 rezistori va VD2, VD3 stabilitronlari raqali o’ta boshlaydi va uning kollektor potensiali VD2, VD3 stabilitronlari turg’unlashtirib bergan kuchlanishga teng bo’ladi. Shunday qilib, VT1 tranzistori kolletorida Uk kuchlanishining to’rtburchak impulslari shakllanadi G’8.14-rasmga qarang). Bu impulslarning chastotasi generator statori chulg’amidagi E.Yu.К. chastotasiga teng.

8.14-rasm. Starterni blokirovkalash qurilmasidagi kuchlanish diagrammasi.


Uk impulslar paydo bo’lganda R6, R7 rezistorlari orqali (8.13-rasmga qarang) C4 kondensatori va undan keyin VD6 diod orqali C5 kondensatori zaryadlana boshlaydi. Кuchlanishning bir impulsida C4 va C5 kondensatorlarni zaryadlayotgan Uk kuchlanish shu kondensatorlar sig’imiga teskari proporsionaldir. C5 kondensatorining sig’imi C4 kondensatori sig’imidan katta bo’lganligi uchun undagi kuchlanish kam bo’ladi. Uk impulslar bo’lmagan davrda (8.14-rasmga qarang) C4 kondensatori (8.13-rasmga qarang) VD4 diodi, ochiq tranzistor VT1 va VD5 diodi orqali to’liq razryadlanishga ulguradi. Bu vaqtda C5 kondensatori R8 va R9 rezistorlari orqali qisman razryadlanadi. Uk impuls toki ikkinchi marta paydo bo’lganda zaryad toki yana C4 va C5 kondensatorlari orqali o’tadi. Lekin C5 kondensatoridagi kuchlanish impuls oxirida birinchi impulsga nisbatan katta bo’ladi. Shuning teskarisi C4 kondensatori kuchlanishi bilan ham yuz beradi. C5 kondensatoridagi kuchlanishning oshish jarayoni uning ma’lum qiymatiga erishgan momentgacha davom etadi, keyin esa to’xtaydi. C5 kondensatoridagi kuchlanishning o’rnatilgan qiymati Uk kuchlanishning impulslar chastotasiga bog’liq (8.14-rasmga qarang). Generator statori chulg’amidagi bir fazasi ishlab chiqarayotgan kuchlanish chastotasiga bog’liq bo’lgan Uk impulslar chastotasi qanchalik katta bo’lsa, C5 kondensatoridagi kuchlanishning (8.13-rasmga qarang) o’rnatilgan qiymati ham shunchalik katta bo’ladi.
Dvigatel o’t olishi bilan tirsakli val aylanishlar chastotasi keskin oshadi. Bu bilan birga generator fazasi ishlab chiqarayotgan kuchlanish fazasi ishlab chiqarayotgan kuchlanish fazasi ham keskin ortadi. Natijada S5 kondensatori biroz o’tib VD7 stabilitron turg’unlashtirib berayotgan kuchlanishga teng kuchlanishga zaryadlanadi. Uning ish teshilishi yuz beradi va VT2 tranzistori bazasi emitterga nisbatan katta musbat siljishni oladi. VT2 tranzistori ochiladi va uning avtomobil korpusi bilan ulangan kollektori orqali C8 kondensatori tez razryadlanadi. Natijada VT2 tranzistori kollektor potensiali va u bilan bog’langan VT3 tranzistori bazasi potensiali nolga teng bo’ladi. VT3 tranzistori yopilib, qo’shimcha rele chulg’amini ta’minlovchi zanjirni uzadi va starter o’chiriladi.
Qo’shimcha rele chulg’ami qisilganda unda katta qiymatdagi o’zinduksiya E.Yu.К. induksiyalanadi. VT3 tarnzistorini teshilishdan himoya qilish maqsadida sxemaga VD9 diodi ulangan bo’lib, undan o’zinduksiya toki o’tadi.
Blokirovka qurilmasi starterning dvigatel ishlab turgan vaqtda ulanib qolishini oldini oladi. Chunki generator fazasidan chiqayotgan impulslar trigger holatini ta’minlaydi. (Trigger holatini eslatamiz:
VT2 tranzistori ochiq bo’lganda VT3 berqiladi).
Agar haydovchi biror sabab bilan S1 ulagichni dvigatel yurgizilguncha I holatga qaytarsa, keyin yana S1 ulagichni II holatga chiqarsa starter ulanmaydi. Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin: S1 ulagichni II holatga qayta chiqarilganda qo’shimcha rele chulg’amini ta’minlovchi zanjir uziladi va unda hosil bo’lgan o’zinduksiya E.Yu.К. toki – qo’shimcha rele chulg’ami - VD10 diodi - VT3 tranzistori kollektor-emitter o’tishi - VD12 va VD11 diodlari – zanjiri bo’ylab o’tadi. Natijada VD10 va C7 kondensatori orasidagi nuqtada musbat potensial paydo bo’ladi. Ushbu nuqtadan R11 rezistori VD8 diodi orqali VT2 tranzistor bazasi bilan bog’lanadi va unda ham musbat potensial paydo bo’lib, VT2 tranzistori ochiladi. Bu paytda VT3 tranzistor bazasi avtomobil korpusi bilan bog’lanadi va u yopiladi. Triggerni bunday holatdan chiqarish va yurgizishga urinishni takrorlash uchun S1 ulagichni O holatga qaytarish lozim. Blokirovka qurilmasi sxemasining bunday o’ziga xosligi birinchi urinishdan keyin dvigatel tirsakli val aylanishlari davom etayotganda starterning tez qayta ulanishini oldini oladi va shunday qilib yuritma shesternyasi va moxovik tishlarining sinish ehtimolini bartaraf qiladi.
Blokirovkalash qurilmasi sxemasi qo’shimcha bir qator elementlarga ega. S4 va S5 kondensatorlarini zaryadlash zanjiriga R7 termorezistor ulangan. Havo harorati pasayishi bilan (sovuq dvigatelni yurgizishda) uning qarshiligi ortadi va Uk kuchlanishning bir impulsi uchun C5 kondensatorini zaryadlash kuchlanishi kamayadi. Shunday qilib sovuq dvigatelni yurgizib yuborish davomiyligining uzayishi berilgan qonuniyat bo’yicha amalga oshishi ta’minlanadi. C1, C2, C3, C6, C7, C8 kondensatorlari va R1, R2, R3, R12, R13 rezistorlari har xil turdagi to’siqlarning sxema ishiga ta’sirini oldini oluvchi filtr elementlari hisoblanadi. Bundan tashqari R3 rezistori VT1 tranzistori baza tokini cheklaydi, R12 va R13 rezistorlari VT2, VT3 tranzistorlari kollektor-emitter tokini cheklaydi. R4, R10 rezistorlari VT1 va VT2 tranzistorlarini boshqarish zanjiri bo’yicha turg’un ishlashini ta’minlaydi. VD4, VD5 diodlari C4 kondensatorini razryadlash zanjirini shakllantiradi. VD6 diodi C5 kondensatorini faqat R8 va R9 rezistorlari orqali razryadlanishini ta’minlaydi. VD8, VD10, VD11, VD12 diodlari o’zlari o’rnatilgan zanjirda tokning faqat bir yo’nalishda oqishini ta’minlaydi.
Dizellarning yurgizish tizimida S1 asosiy ulagichdan tashqari bevosita dvigatelning o’zida qaytariluvchi S2 ulagichi ham o’rnatilishi mumkin. S2 ulagichidan remont ishlari bajarilayotganda (kabina ko’tarib qo’yilib) dvigatelni tekshirib ko’rish uchun foydalanish mumkin.
Dizellarni yurgizib yuborishda qo’shimcha relesiz sxemalardan ham foydalaniladi. Bunday hollarda starterni ulash katta toklarga hisoblangan tugmali yoki richagli ulagichlar ishlatiladi.

Download 464,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish