8.1-jadval. Starterlarning texnik ko’rsatkichlari.
Starter modeli
|
Nominal kuchlanish, V
|
Quvvati, kVt
|
Akkumulyator batareyasi sig’imi, Asoat
|
Salt ishlashi
|
tormozlanish
|
o’rnatiladigan avtomobil markasi
|
Iste’mol qiladigan toki, A
|
Кuchlanish,V
|
Eng aylanish chastotasi, ayl/min
|
Tormozlanish momenti, Nm
|
Iste’mol qiladigan tok , A
|
Кuchlanish, V
|
ST103
ST117A
ST130A3
ST142
ST221
ST230A
25.3708
29.3708
|
24
12
12
24
12
12
24
12
|
5,2
1,3
1,8
7,8
1,3
1,0
8,0
1,3
|
165
55
90
190
55
75
182
55
|
110
85
90
130
35
85
110
60
|
24
12
12
24
11,5
12
24
11,5
|
5000
5000
3400
-
5000
4000
5000
4200
|
60
16
22
50
14
22,5
58,8
13,7
|
825
550
700
800
500
530
825
500
|
6,0
7,5
8,0
8,0
6,5
7,0
7
7,0
|
YaMZ-236, 238
UMZ-412
ZIL-130, “Ural-377”
КamAZ-5320
VAZ
GAZ-53A, 66, PAZ-672
YaMZ-236, 238, 240
VAZ-2108
|
Ishlatish jarayonida starterlarning texnik holati uning to’liq tormozlanish va salt ishlash rejimlaridagi ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Elektr yurgizish tizimi sxemalarida starter chiqarishlarini quyidagicha belgilash qabo’l qilingan: “+” — akkumulyator batareyasiga ulash, К3 yoki “17” — o’t oldirish tizimi birlamchi zanjiridagi qo’shimcha qarshilikni qisqartiruvchi chiqarish; “50” — starter relesi chulg’amlarining chiqarishi.
Starterlarning tortuvchi chulg’amlari 30 A gacha etadigan tok iste’mol qiladi. Shuning uchun starterlarni boshqarayotganda o’t oldirishni ulagich kontaktlarini himoya qilish maqsadida qo’shimcha reledan foydalaniladi. Uning chiqarishlari quyidagicha markalanadi: К — chulg’am chiqarishlari; B — kontaktlarningakkumulyator batareyasiga ulanish uchun chiqarish; S, S1, S2 — kontaktlarning zanjirlarni boshqarish uchun chiqarishlari.
Dvigatel turiga qarab (dizel yoki karbyuratorli) yurgizib yuborish tizimi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Кarbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun asosan ikki xil sxemadan foydalaniladi. Bu sxemalar starter konstruksiyasiga qarab tanlanadi.
ST130A3 turidagi starterlar qo’shimcha rele bilan ulanib, kontaktlari К3 yoki “17” deb belgilangan. Qo’shimcha rele bitta S chiqarish bilan boshqariladi (8.12,a-rasm).
ST230 turidagi starterlarda kontakt bo’lmaydi. O’t oldirish tizimi birlamchi zanjiridagi qisqaruvchi qo’shimcha qarshilik qo’shimcha rele yordamida boshqariladi. Qo’shimcha releda ikkita S1 va S2 kontaktlar mavjud (8.12, b-rasm).
Ikki sxemaning ham qurilish prinsipi bir xil. Qo’shimcha relening B chiqarishi akkumulyator batareyasi zanjiriga ampermetrgacha ulanadi. Starter relesining iste’mol qiladigan toki ampermetr shkalasi ko’rsatadigan tok qiymatidan katta bo’lganligi uchun shunday qilingan. Qo’shimcha relening bitta К chiqarishi avtomobil korpusi bilan, ikkinchi uchi o’t oldirish ulagichiga ulangan bo’lib, uning kontaktlari va ampermetr orqali akkumulyator batareyasining musbat chiqarishiga ulanadi.
Ikkala sxemada ham starterni boshqarish quyidagicha amalga oshiriladi. O’t oldirishni ulagich kontaktlari qo’shilganda qo’shimcha rele chulg’amidan tok o’ta boshlaydi va uning kontaktlari berqiladi. Кontaktlar berkilganda starter zanjiri bo’ylab o’tayotgan tok ikkita parallel shoxlardan o’ta boshlaydi: bittasida starter relesining ushlab turuvchi chulg’ami ulanadi, boshqasida tortuvchi chulg’am, uyg’otish chulg’ami va yakor chulg’ami ketma-ket ulanadi. Starter relesi chulg’amlaridan o’tayotgan tok o’zakni magnitlaydi, starter relesi yakori tortiladi va kontakt disk harakatlanib, starter elektrodvigateli zanjirini ulaydi va tortuvchi chulg’amni berkitadi. Starter relesi faqat ushlab turuvchi chulg’am ta’siri ostida ulangan holda turadi.
Bir vaqtda yoki biroz oldin starterning “17” chiqarishi orqali (8.12,a-rasmga qarang) yoki qo’shimcha relening S2 chiqarishi orqali (8.12,b-rasm) yondirish g’altagining qo’shimcha qarshiligi qisqartiriladi.
Uzgich kontaktlari ajralganda qo’shimcha rele chulg’ami zanjiri uziladi, uning kontaktlari ajraladi va ushlab turuvchi chulg’amdagi tok yo’qoladi. Prujina ta’sirida kontakt disk starter elektrodvigateli zanjirini uzadi va u to’xtaydi.
8.12-rasm. starterlarni ulash sxemasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |