8.8-rasm. ST142 starteri. ST142 starterini farqlovchi xususiyatlardan yana biri yuritma konstruksiyasi erkin yurish muftasi xropovikli qilib (8.9-rasm) ishlangan. Yuritma detallari biri ikkinchisiga presslab kiritilgan bo’lib, yo’naltiruvchi vtulka 1 da o’tiradi. Vtulka 1 ichki diametri bo’yicha shlisli 3 va tashqi diametri bo’yicha ko’p kirimli lentasimon rezbali qilibishlangan. Vtulka 1 yakor validagi shlisga o’tqazilgan va uning bo’ylama yo’nalishida harakatlanishi mumkin. Vtulka 1ning rezbasi 8 da xropovikli muftaning etakchi bo’lagi 9 o’tiradi. Mufta 15 ning etaklanuvchi bo’lagi yuritma shesternyasi bilan vtulka 1 bo’yinchasida aylanishi mumkin. Etaklanuvchi bo’lak 15 ning aylanishini engillashtirish uchun unga grafitlangan latundan tayyorlangan o’z-o’zini moylovchi podshipnik vtulkalari 14 va 16 presslab kiritilgan.
8.9-rasm. Xropovikli erkin yurish muftasi. Mufta bo’laklari 9 va 15 ning bir-biriga tegib turuvchi tub (tores) tomonlari xropovik tishlar bilan ta’minlangan bo’lib, ular etaklanuvchi bo’lak 15 ni etakchi bo’lak 9 ga nisbatan starter yakori aylanadigan yo’nalishda aylantirishda yordam beradi. Bu tishlar yarimbo’laklarni teskari yo’nalishda aylanishga qarshilik qiladi. Prujina 7 etakchi bo’lak 9 ni etaklanuvchi bo’lak 15 ga siib turadi va xropovikli ilashishni ta’minlaydi. Etaklanuvchi bo’lak 15 korpus 5 ichida qulf halqa 11 bilan qulflab qo’yilgan. Qulf halqa 2 korpus 5 ni vtulka 1 bo’ylab siljishidan saqlaydi. Кorpus 5 da prujina 7 ostida starter ulangandagi urilishni so’ndiruvchi po’lat shayba 6 va rezina shayba 4 bor.
Xropovikli mufta sirpanib ishlaganda ajralgan holda avtomatik blokirovkalash qurilmasi bilan ta’minlangan. Muftaning etaklanuvchi bo’lagi 15 ichida plastmassadan tayyorlangan va vtulka segmentlari shaklidagi uchta suhar 13 bor. Suharlar 13 etaklanuvchi bo’lak 15 atrofida bir xilda (bir-biriga nisbatan 1200 burchak ostida) joylashgan. Suharlarda radial teshiklar mavjud bo’lib, ularga etaklanuvchi bo’lak 15 ichiga presslab kiritilgan yo’naltiruvchi shtiftlar 12 kirib turadi. Suharlar 13 ning tashqi yuzasida katta konussimon faska o’ynilgan. Muftaning etakchi bo’lagi 9 ga ichi konussimon yuzaga ega bo’lgan po’lat vtulka 10 erkin o’rnatilgan.
Vtulka 10 o’zining konussimon yuzasi bilan suharlar 13 ning faskasiga tegib, uni yo’naltiruvchi vtulka 1 ga qisib turadi.
Yuritma quyidagi tartibda ishlaydi. Ulash vaqtida starter relesirichag vositasida yuritmani valdagi shlis bo’ylab harakatlantiradi va shesternyani moxovik gardishi bilan tishlashtiradi. Shu paytda starter relesi kontaktlarini ulaydi va starter elektrodvigateli ishga tushadi. Burovchi moment yakor validan undagi shlisli birikma, yo’naltiruvchi vtulka 1, muftaning etakchi bo’lagi 9 dagi lentasimon rezba, xropovikli ilashma va muftaning etaklanuvchi bo’lagi 15 orqali yuritma shesternyasiga uzatiladi. Aylanuvchi kuch lentasimon rezba orqali uzatilayotganda muftaning bo’laklari 9 va 15 ni bir-biriga siquvchi bo’ylama kuch hosil bo’ladi.
Starter dvigatel o’t olgandan keyin ham o’chirilmasa, etaklanuvchi yarim mufta 15 ishlab turgan dvigatel moxovigi ta’sirida etakchi yarim mufta 9 ga nisbatan tezroq aylangani uchun xropovikli muftaning sirpanib ishlashi yuz beradi. Sirpanib ishlayotganda etakchi yarim mufta 9 etaklanuvchi yarim muftadan xropovikli ilashma tishlaridan kattaroq masofaga prujina 7 ni siqib ajraladi. Etakchi yarim mufta 9 vtulka 10 ni surishni to’xtatadi va suharlar 13 bo’shaydi. Suharlar markazdan qochma kuch ta’sirida shtiftlar 12 bo’ylab suriladi va vtulka 10 ni etakchi yarim mufta tomonga tiralguncha suradi. Suharlarga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch etakchi yarim muftani orqaga qaytishiga to’sqinlik qiladi. Shunday qilib xropovikli mufta ilashmagan holda blokirovkalanadi va uning tishlari eyilishdan saqlanadi. Starter o’chirilgandan keyin suharlarga ta’sir etuvchi markazdan qochma kuch yo’qoladi. Etakchi yarim mufta 9 prujina 7 ta’sirida muftaning etaklanuvchi bo’lagi 15 ga siqiladi va vtulka 10 suharlarni boshlang’ich holiga qaytaradi.
ST142 starteri yuritmasi qismlarga ajraladigan konstruksiya bo’lganligidan uni remont qilish va detallarini almashtirish imkoni bor. Bu xususiyat uning qismlarga ajralmaydigan rolikli erkin yurish muftali yuritmalarga nisbatan ustunligini ko’rsatadi.