1. Umumiy ma’lumotlar; Starter tuzilishi



Download 464,94 Kb.
bet2/13
Sana05.11.2022
Hajmi464,94 Kb.
#860727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1. Umumiy ma’lumotlar; Starter tuzilishi

Starter tuzilishi.
Starter tuzilishining muayyan variantlardagi seriyali modellar misolida ko’rib chiqamiz.
ST230 starteri (8.2,a-rasm) va uning turdoshlari hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgandir. ST230 starterining nominal kuchlanishi 12 V.
Starter elektrodvigateli ketma-ket uyg’otiluvchi doimiy tok mashinasi bo’lib, to’rt qutbli qilib ishlangan. Qutblar va korpus 9 yumshoq po’latdan tayyorlangan. Har bir qutbga uyg’otish chulg’amining g’altagi 10 mahkamlangan. Uyg’otish chulg’ami ikkita parallel shoxchalardan tashkil topgan. Har bir g’altag ko’ndalang kesimi to’rtburchak shakldagi ochiq mis simdan tayyorlangan. O’ramlararo izolyasiya mustahkam qog’ozdan ishlangan. Har bir g’altak o’ralgach paxtadan tayyorlangan material bilan to’qiladi va lak bilan bo’ktirilgan. Uyg’otish chulg’ami parallel shoxchalarining ikki uchi birlashtirilgan va rezina g’ilof bilan berkitilgan chiqarshi 16 bo’lgan kontakt boltlariga ulab qo’yilgan. Qolgan ikki uchi cho’katutkichga o’rnatilgan ikkita izolyasiyalangan cho’tkalar 15 ga ulangan. Cho’tkatutkich qopqoqqa vintlar 13 bilan mahkamlangan va undan getinaksdan tayyorlangan prokladka orqali izolyasiyalangan. Qolgan ikkita cho’tka (massa) cho’tkatutkichga o’rnatilgan bo’lib, korpus bilan ulangan. Qopqoq 13 da cho’tkali-kollektor uzelini ko’rish uchun tuynuk qo’yilgan. Кorpus qismining germetikligi rezina prokladkali 11 kojux 12 bilan ta’minlangan.

8.2-rasm. ST230 starteri:
a-umumiy ko’rinish; b-elektrik sxema.
Qopqoqlar 13, 31 va oraliq tayanch 30 korpusga vintlar bilan qotirilgan. Qopqoqlarda va tayanchda yakor vali 8 aylanadigan uchta bronza sirpanish podshipniki o’rnatilgan. Yakor chulg’ami 29 seksiyadan iborat. Har bir seksiyada bittadan o’ram bor. Seksiyalar uchi kollektor 14 plastinalariga kavsharlangan. Ular ko’ndalang kesimi to’rtburchak shakldagi ochiq mis simdan tayyorlangan. Seksiyalarni yakor o’zagi temiridan izolyasiyalash uchun elektrotexnik karton ishlatilgan. Yakor valining o’q bo’yicha lyufti qulf halqa 2 ning tayanch halqasi ushlab turadigan sozlash shaybalari 1 qalinligini o’zgartirib sozlab turiladi.
Starterni ulash elektromagnit rele yordamida amalga oshiriladi. Elektromagnit rele latun vtulkaga o’ralgan tortuvchi 21 va ushlab turuvchi 22 chulg’amlardan iborat. Ushlab turuvchi chulg’am tortuvchi chulg’am ustidan o’ralgan bo’lib, kattaroq qarshilikka ega. Chulg’amlar bitta umumiy uchlikka ega va u plastmassa qopqoq 19 da qotirilgan chiqarish 17 bilan ulangan. Ushlab turuvchi chulg’amning ikkinchi uchi korpus bilan bog’langan. Tortuvchi chulg’am ikkinchi uchi bilan chiqarishi 16 bo’lgan boltga ulangan. Chulg’amlar rele magnit o’tkazgichi bo’lgan korpus bilan mexanik ta’sirlardan himoyalangan. Rele chulg’amlari o’ralgan latun trubka ichida yakor 24 erkin harakatlana oladi. Prujina 25 yakorni dastlabki holatda ushlab turadi. Shtokka o’rnatilgan kontakt disk 20 undan izolyasion shayba va vtulka bilan izolyasiyalangan. Uning konstruksiyasi shunday ishlanganki, shtokdagi disk prujina hisobiga qiyshayishi va surilishi mumkin. Кonstruksiyaning bunday tanlanishi diskning chiqarishlari 16 va 32 bo’lgan kontakt boltlari bilan yaxshi kontaktlanish imkonini yaratadi. Starter avtomobilga o’rnatilayotganda 8.2, a-rasmda ko’rinmaydigan chiqarish 32 ga (8.2,b-rasm) akkumulyator batareyasining musbat chiqarishi ulanadi. Prujina 18 shtok va diskni boshlang’ich holatda (kontaktlar ajralgan) ushlab turadi.
Starter relesi yuritma mexanizmiga richag 27 orqali ta’sir qiladi. Yakor 24 rele ichiga tortilganda barmoq 26 richagni bosadi. Richag 27 ekssentrik o’q 29 atrofida aylanadi. Ekssentrik o’q disk 20 ning kontakt boltlari bilan ulanadigan vaqtda shesternya 3 holatini sozlash imkonini ham beradi.
Richag 27 ning pastki uchi kesik vtulka 6 ning ariqchasiga kirishi uchun vilka shaklida ishlangan. Starter ulanganda richag 27 vtulka 6 ning o’ng tomoni, prujina 5 ni suradi va yuritma mexanizmini shesternya 3 ni moxovik gardishi bilan ilashguncha yakor validagi lentasimon ariqchasida harakatlantiradi. Agar starter ulanganda shesternya tishlarining qirrasi moxovik tishlari qirrasiga tiralib qolsa, yakor 24 prujina 5 ni siqib kontakt disk 20 ni kontakt bolt chiqarishlari 16 va 32 bilan ulaguncha tortishda davom etaveradi. Bu paytda elektrodvigatel yuritma shesternyasini ham qo’shib aylantira boshlaydi. Siqilgan prujina 5 esa uni moxovik gardishi bilan tishlashtiradi. Shesternya va moxovik gardishini yaxshi tishlashishi uchun ular tishlarining tub tomoni qiyshaygan dumaloqsimon shaklda ishlangan.
Agar yuritma shesternyasi moxovik gardishida tiqilib qolsa, starterni elektr ta’minotidan uzish uchun prujina 7 richag 27 ni chapga surish imkoniyatiga ega. Yuritma mexanizmi qopqoq 28 bilan himoyalangan.
Yuritma mexanizmi burovchi momentni yakor validan moxovikka uzatilishini ta’minlaydigan rolikli erkin yurish muftasi 4 bilan jihozlangan.
Plunjerli erkin yurish muftasi (8.3,a-rasm) ning tuzilishi va ishlashi quyidagi tartibda berilgan. Yakor valida harakatlanishi uchun ichki tomonda shlisli qilib ishlangan vtulka 1 gardish 4 bilan qo’zg’almas qilib joylashtirilgan. Shesternya 7 gupchagining silindrsimon yuzasi va gardish 4 ning figurali chuqurchalari ichida roliklar 3 joylashgan to’rtta ponasimon ariqcha (A-A qirqimga qarang) hosil qiladi. Roliklar 3 plunjerlar 9 vositasida prujinalar 10 yordamida ariqchaning torayib boradigan chetiga sekin siqadi. Plunjerlarga qarama-qarshi tomondan tayanchlar 11 o’rnatilgan. Shaybalar 5 va 6 roliklar 3 ni o’q bo’ylab siljishini cheklaydi. Butun mexanizm kojux 2 bilan himoyalangan. Yuritma shesternyasi yakor valida aylanganida ishqalanishni kamaytirish uchun valga bronza vtulkalar 8 o’rnatilgan.
Plunjersiz turdagi (8.3, b-rasm) muftalar konstruksiyasida siquvchi qurilma siqatida prujinalar 13 vositasida roliklar 3 ga tirkaluvchi maxsus G-simon po’lat turtkichlar 12 dan foydalanilgan. Gardishdan shesternya gupchagiga burovchi moment uzatilayotganda roliklar ponasimon ariqcha yuzasiga qattiq siqilib muftani qo’zg’almas holga keltiradi.

8.3-rasm. Erkin yurish muftasi:



Download 464,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish