O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2009 yil «11» sentyabdagi 253-sonli buyrug’iga 6-ilova Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Metodika (Ta’lim) markazlari huzuridagi umumta’lim fanlari va fan yo’nalishlari bo’yicha o’quv-metodika kengashlari to’g’risida NIZOM
I. Umumiy qoidalar 1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyat Xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi Metodika (Ta’lim ) markazlari qoshida umumta’lim fanlari va yo’nalishlari bo’yicha O’quv- metodika kengashi faoliyat ko’rsatadi.
2. O’quv–metodika kengashi viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi buyrug’iga muvofiq tashkil etiladi va o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, Qadrilar tayyorlash milliy dasturi, «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining Yangi avlodini yaratish konstepstiyasi», ta’lim boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar hamda ushbu Nizomga amal qiladi .
3. O’quv-metodika kengashi a’zolari 11-17 kishidan iborat bo’lib, uning tarkibi har ikki yilda Metodika (Ta’lim) markazi taklifiga binoan qayta ko’rib chiqiladi. Zaruriy o’zgarishlar O’quv – metodika kengashi yig’ilishida muhokama qilinib, Xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat Metodika (Ta’lim ) markazi rahbariyati bilan kelishgan holda rasmiylashtiriladi.
4. Metodika (Ta’lim) markazi metodistlari ish taqsimotiga ko’ra O’quv –metodika kengashi kotibi hisoblanadi. Ular yig’ilishlarning mazkur Nizom asosida yuksak darajada o’tkazilishiga hamda ijrosini ta’minlashga, Metodika (Ta’lim) markazi rahbariyatiga hisobot berib borishga mas’uldirlar .
II. O’quv – metodika kengashining maqsad va vazifalari 5. O’quv – metodika kengashi viloyat tasarrufidagi o’quv muassasalari uchun «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, Qadrilar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida o’quv fanlari va yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilarning nazariy-amaliy va kasbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish hamda ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar, ko’rsatmali materiallar muhokama qilish va nashrga tavsiya etish bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi.
6. Viloyat bo’yicha fanlar va fan yo’nalishlari bo’yicha ilg’or ish tajribalarni o’rganish va ommalashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar beradi. Ijobiy samara bergan metodik ishlarni viloyatda ommalashtirish uchun Viloyat metodika markazi metodik kengashiga hamda Respublika bo’yicha ommalashtirish uchun Respublika Ta’lim markazi qoshidagi Ilmiy- metodik kengash muhokamasiga tavsiya etadi.
7. Davlat ta’lim standartlar talablari asosida fanlar va yo’nalishlarning barcha turlari bo’yicha fan o’qituvchilarining kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish bo’yicha tavsiyalar beradi.