1. Umumхаlq bаyrаmlаrini nishоnlаsh yuzаsidаn tаvsiyalаr



Download 0,9 Mb.
bet10/42
Sana22.04.2023
Hajmi0,9 Mb.
#931135
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
“Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari”ni o’qitish metodikasidan ma\'ruzalar matni 2-qism M.Q.Oripova

3. «FundamentaIizm» va «Ekstremizm» g’oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko’zlangan maqsadlar yozilgan qatorni ko’rsating.
A. Diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish
B. Mintaqada beqarorlikni vujudga keltirish
S. Hokimiyatni qo’lga kiritish
D. Diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash
E. A,B,S javoblar to’g’ri


Kartochka №4
1. Huquqiy demokratik davlatga xos bo’lmagan tamoyfl yozilgan qatorni toping.
A. Jamiyatning moddiy - iqtisodiy negizi ko’p mulkchilikka asoslanadi
B. Siyosiy tuzumga ko’ra ko’p partiyaviylikka tayanadi
S. Qonun ustuvorligiga tayanadi
D. Faqat mahalliy xalq manfaatlari ko’zlanadi
E. Diniy ayirmachilik va aqidaparastlikdan holi bo’ladi
2. Aholini, ayniqsa, kam ta'minlangan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar qurish masalalari taraqqiyot modelining qaysi tamoyilida ko’rsatilgan?
A. Qonunning ustuvorligi; B. Davlat bosh islohotchi; S. Iqtsodiyotning siyosatdan ustunligi, mafkuradan holiligi; D. Bozor iqtsodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish E. Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish
3. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o’rni nimalar bilan belgilanadi?
A. Iqtisodiy va intellektual salohiyati bilan
B. Dunyo sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan
hissasi bilan
S. Xalqaro me'yorlarga amal qilish bilan
D. Tinchliksevar tashqi siyosat olib borish bilan
E. Barchajavoblarto’g’ri

Nazorat uchun savollar:


1. "Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari" fani xonasiga qanday talablar qo’yilgan?


2. Fan xonasida bo’lishi kerak bo’lgan o’quv, jihozlar, moddiy-texnika bazasi haqida ma’lumot bering.
3. "Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari" fani xonasida qanday ko’rgazmali vositalar va qo’llanmalar bo’lishi kerak?
4. "Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari" fani xonasida qaysi zaruriy hujjatlar bo’lishi kerak?
5. "Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari" fani xonasida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak?
Mavzu: FAN to’garaklarini tashkil QiLIshning
ta’lim-tarbiyaviy asoslari

Reja:
1. To’garak ishini rejalashtirish haqida.


2. To’garak mashg’ulotlari ishini qayd qilish jurnalini yuritish bo’yicha ko’rsatmalar.
3. To’garak mashg’ulotning rejasi, konspektini tuzish haqida.
4. To’garak rahbarlariga o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar.
5. To’garak jadvalini tuzish haqida.
6. Maktab hayotiga tadbik etish bo’yicha tavsiyalar.
Maktab va maktabdan tashkari ta’lim muassasalarida To’garak ishini tashkil etishdan asosiy maqsad, To’garakka o’quvchilarni jalb etishga, ularni qanday hislatlarini hisobga olish, To’garakda o’quvchining dunyoqarashini shakllantirish, o’quvchining kasb-hunarga yunaltirishda kumaqlashish va ma’lum bir kasb-hunarni egallashiga fundament yaratish To’garak ishini maqsadi bo’lishi keraqligi haqida tinglovchilarga tulik tushuncha berish.

To’garak ishini rejalashtirish



Jamoa ishini yuqori saviyada ko’rsatish uchun uz faoliyatini har taraflama imkoniyatlarini hisobga olgan holda rejalashtirishdir. Ish reja mazmun jihatidan aniqlik kiritilgan holda to’zilishi kerak.
O’quv, ommaviy, uslubiy reja, o’quv yili uchun, yozgi ta’tilni hisobga olgan holda har yili guruhlarga alohida tuziladi, faqat parallel guruhlarga bittagacha yozilishi mumkin, reja bo’lmagan holda guruh rahbari tomonidan tuziladi.
O’zgarishlar kiritilgan reja, yangi yo’nalishlardagi To’garaklar rejasi, uslubiy kengash, metodbirlashmada muhokama etilib, direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Reja o’quv yiliga to’zilganda shu o’quv yilida qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, utgan o’quv yilidagi to’garak ishlarining natijalari, o’quvchilar sonini hisobga olish kerak.
Rejadagi har bir mavzuda nazariy va amaliy mashg’ulotlar hisobga olinadi. (25-30% nazariy mashg’ulotlar) kiritilishi kerak, maktabdagi darsdan to’garak mashg’ulotining farqi shundaki, to’garakda o’quvchining shaxsiy qobiliyatini, talablarini hisobga olgan holda ularning faoliyati tashkil etiladi.
O’quvchining ijobiy qobiliyati shakllanishi uchun rejaga quyidagi ijodiy fazilatlar kiritiladi: ko’rik-tanlovlar, kasb himoyasi, ekskursiya, urush, mehnat veteranlari, yaxshi kasb egalari bilan uchrashuv, slyotlar, musobaqalar, ko’rgazmada ishtirok etish va boshqalar.
To’garak rahbari metodik ishni rejalashtirganda har xil konstrukstiyalar tayanch maktablar bo’yicha uslubiy ishlanmalar tayyorlashni texnik to’garaklarga rahbarlik qilishni yosh texniklar uchun keraqli ma’ruzalarni tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o’tkaziladigan ko’rgazmalar, musobaqalar, slyotlar, ko’rik-tanlovlar va boshqalar kiritiladi.
Ommaviy va metodik ishlarning taxminiy rejasi, mashg’ulotning plan konspekti, to’garakning rejasi, jadvali, o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha eslatmalar ilova qilinadi. (1,2,3,4 ilovalar).
To’garak mashg’ulotlari ishini qayd qilish jurnalini
yuritish bo’yicha tavsiyalar
1. To’garak mashg’ulotlari ishini qayd qilish jurnali davlat moliyaviy hisobot hujjati hisoblanadi va uni har bir to’garak rahbari olib borish shart.
2. Bo’lim mudiri va o’quv tarbiyaviy ishlari direktori o’rinbosari doimiy ravishda jurnalning to’g’ri olib borishlarini nazorat qilib turishlari shart.
3. To’garak mashg’ulotlari ishini qayd qilish jurnali bir o’quv yiliga muljallangan bo’lib, u har bir to’garakda olib borilishi lozim.
4. Jurnaldagi yozuvlar aniq va muntazam olib borilishi kerak. Har mashg’ulotdan sung albatta o’quv bo’limiga topshiriladi.
5. Jurnalning birinchi betida to’garak rahbari olib boradigan to’garak nomini, mashg’ulot jadvalini, o’zining ismi sharifini, otasining ismi, to’garak boshligining tulik ismi sharifini yozib qo’yadi.
6. Jadvaldagi o’zgarishlar o’quv ishlari bo’yicha javobgar shaxs bilan kelishilgan holda jurnalning birinchi betida qayd qilinadi.
7. To’garak ishini hisobga olish uchun o’quv yilining har oyda alohida bet ajratilib, unda to’garak tartibi (ismi sharifi tulik), mashg’ulot mazmuni, to’garak ishining bajarilgan soati va muddati jadvalga muvofik ko’rsatiladi.
8. To’garak rahbari a’zolarining davomatini jurnalda mashg’ulotlarga ajratilgan kunlar va soatlar ustunida muntazam belgilab boradi va sababsiz kelmaganlarga (ayrim) belgi sababli kelmaganlarga qo’shish belgisi qo’yiladi.
9. To’garak tashkil topgan oyning oxirida to’garak rahbari to’garak a’zolarining ro’yxatini tuzadi va tegishli ustunlarini to’ldiradi. Agarda to’garak tarkibida o’zgarish bo’lsa, u holda ketgan to’garak a’zolari familiyasi ro’parasida «qatnashmaydi» deb belgilanadi yangi qabul qilinganlar «To’garak a’zolari ro’yxati»ga kiritilib, qabul qilingan muddati ko’rsatiladi.
10. To’garak rahbari to’garak a’zolariga doimiy suratda xavfsizlik texnikasi bo’yicha ko’rsatma berib boradi va muvaffaqiyatli o’zgarishlarni «ko’rsatmadan o’tgan to’garak a’zolar ro’yxati»ga kiritiladi.
11. O’quv yili to’garak jurnali to’garak a’zolarining hisob varaqachasi va yillik hisobot bilan birga muassasa ma’muriyatiga topshiriladi.
12. To’garak jurnali bir o’quv yiliga moslashtirilgan va har bir to’garakda olib borilishi lozim.

Mashg’ulotning reja konspekti sana __________________________

To’garak_____________________________________sana _______________
(nechanchi yil ukitilishi)
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
Mashg’ulot mavzusi: _______________________________________________
____________________________________________________________________
Mashg’ulot maqsadi: ______________________________________________
____________________________________________________________________
Tashkiliy qism: ___________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
Mashg’ulotning nazariy qismi: ________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
Qo’llanilgan adabiyot va texnik vositalar: ______________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
Uyga vazifa: ____________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
To’garak rahbarlarining imzosi: __________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________

To’garak rahbarlariga o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha


ESLATMA
Tashkiliy qism:
Mashg’ulot o’tkaziladigan xonaning xavosini o’zgartirish, asbob-uskunalarni va materiallarni tayyorlash, elektr mosmalalarning ishlashini tekshirish va texnik xavfsizlik jurnaligi yozish uchun 10 min. vaqti ajratiladi.

  • mashg’ulot borishiga tayyorlanish;

  • To’garak kashnashchilarini ko’tib olish va ularning ishini tashkillashtirish.

O’quv jarayonini tashkil etish.


- To’garak qatnashchilarini yo’qlama qilish, jurnalda kelmagan To’garak qatnashchilarini qayd qilish va navbatchini aniqlash;
- To’garak qatnashchilariga mashg’ulot mavzusini e’lon qilish;
- texnik xavfsizlik bo’yicha kiskacha konsruktaj o’tkazish;
- mashg’ulotning nazariy qismini tushunarli holda etkazish;
- mashg’ulotlarning Har 45 minutida 10 dakika tanaffus e’lon qilish.
Mashg’ulotning yakuniy qismi.
- mashg’ulotning oxiriga 10 minut kolganda darsga yakun yasash, nazariy ma’lumotlarni eslatish, qilingan ishlarni baholash va uyga vazifa beriladi;
- mashg’ulot xonasi va ishlash joylarini yigishtirish;
- To’garak qatnashchilarini to’garak xonasidan kuzatish.
Mashg’ulot tugagandan keyin to’garak rahbari xonani tekshirib, svet va kranlarni uchirib, laboratoriyani yopib, kalitni korovulxonaga topshiradi.

To’garak jadvali





Tashkiliy ish

Taxminiy muddatlar

Ajratilgan soatlar

I gr.

Dushanba, payshanba

9-1040

9-11

II gr.

Seshanba, yakshanba

9-1040

9-11

III gr.

Dushanba, payshanba

11-1240

1100-3000

IV gr.

Seshanba, yakshanba

14-1635

14-17




Juma (ommaviy ishlar)




Jami: 20 soat

«Milliy sovg’a» to’garagining ish dasturi


va mavzu ish rejasi

Tushuntirish xati

Bu To’garak mashg’ulotlarining maqsadi bolalarda loy (keramika), mato (kollaj, milliy o’yinchoq) bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish, milliy san’at va hunarmandchilikka ishtiyokini uyg’otishdir.
To’garak 1-8 sinf bolalaridan tashkil topishi mumkin bo’lib, ular milliy san’atga kizikish bildirayotgan va sabr-toqatni talab qiladigan, mashaqqatli mehnatga layoqatli bo’lishlari kerak. To’garak ishini maktab mehnat xonalari qoshida hamda maxsus moslashtirlgan studiyalar, maktabdan tashqari muassasalarda tashkil etilishi mumkin bo’lib, ishi uchun loy, mato va mos xona bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
To’garakning birinchi mashg’ulotlarida o’quvchilar keramika namunalari bilan tanishadilar va bevosita ijod jarayoni guvohi bo’ladilar. Bu dastur quyidagi maqsadni ko’zlaydi:
- o’quvchilarni milliy-amaliy ijodning ko’hna, dunyoga mashhur an’analari bilan tanishtirish;
- o’quvchilarda xalqimizning tarixiy an’analari, boy madaniy merosiga hurmatni, Vatanga, Mustaqillik g’oyalariga mehr hislarini uyg’otish;
- o’quvchilarda mehnatsevarlik va guzallik his-tuygularini uyg’otish.
O’quvchilarni tanlashda bolarning kizikishini, layokatini hisobga olish kerak.
Mashg’ulotlarda rassomlarning reprodukstiyalari (kulolchilik, kollaj) ishlatish kerak.
Amaliy ish kulolchilik texnologiyasining o’ziga xos tomonlari haqidagi nazariy suhbatlar bilan almashinib borishi kerak. Yil oxirida «Milliy sovg’a» to’garagi bolalari ishlarining hisobot ko’rgazmasini o’tkazish kerak. Ko’rgazmani jamoa joylarida, To’garak ishlab turgan muassasada, ko’rgazma zalida, muzeyda va xokazo joylarda o’tkazish mumkin.
Ko’rgazmaga mutaxassislarni, rassomlarni taklif etish mumkin bo’lib, ular ishlarga baxo berishlari mumkin bo’lar edi. Ko’rgazmada to’garak mashg’ulotlariga yakun yasalishi mumkin.

«Milliy sovg’a» to’garagining mavzuiy ish rejasi






Mavzu

Jami

Nazariy

Amaliy




I yil ukitish to’garagi













Kirish mashg’uloti

2

1

1




Materiallar haqida boshlingich tushuncha

4

2

2




Xom ashyoni ijodiy tanlash

58

6

52




Suvenirlarning asosiy ko’rinishlari
a). Miniatyur shakllar
b). Bezaklar
v). Panno

42

2

40





Jamoa ishlari

14

4

10




«O’yinchoqlar olamida»
a). «Tuya»
b). «Xo’tik», «Toshbaqa»

20

4

16




Yakuniy mashg’ulot

4

2

2




Yakuniy ko’rgazma

144

21

123




II yil ukitish to’garagi













Kirish mashg’uloti

3

1

2




Materiallar haqida boshlangich ma’lumot

6

3

3




Xom ashyoni ijodiy taxlash
a). Loy bilan ishlash
b). Mato bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish

99

12

87





Asosan keng tarqalgan suvenirlar turlari

60

6

54




Jamoa ishi
a). Ko’rgazma eksponati
b). Dekorativ terish ko’nikmalarni rejalashtirish

38

6


32





Milliy o’yinchoqlar olamida
a). o’zbek qizi – o’yinchog’i
b). etnografik o’yinchoqlari

6

2

4





Yakuniy ko’rgazma

4

2

2







216

32

184

DASTUR
I. Kirish mashg’uloti.


Kulolchilik (o’yinchoqlar, idish-tovoq) san’ati, kollaj, milliy o’yinchoq haqida suhbat.
Ishlar nushalari.
To’garakning yillik ish rejasini muhokama qilish. To’garak faollarini tanlash. To’garak va markazning ichki tartib-koidalari bilan tanishish. Texnika xavfsizligi bilan tanishish.

II. Materiallar haqida boshlangich ma’lumot.


Materiallar va uskunalar. Loy, mato, iplarning xususiyatlari. Sopol, chinni loylari, buyoklar, mato parchalari. Asboblar va ular bilan ishlash. Kollaj uchun asos.

III. Loydan yasash asoslari.


Loydan yasash, boshlanishi: shar, yarim doira, to’g’ri to’rtburchak, kichik narsalar yasash, miniatyur kompoziiya (hayvonlar, bezaklar).
IV. Loydan yasash printsiplari.
Loyni tayyorlash texnologiyasi. Loydan turli shakllarni chiqarish, bu shakl (figura)lardan aniq kompozistiyalarni tuzish (odamlar guruhi, hayvonlar, kichik idish tovoqni).
V. Kollaj asoslari.
Kollaj mavzusini tanlash, asosni, matoni, elimni tanlash
VI. Kollaj printsiplari.
Turli materiallardan (kogoz, mato, mato bo’laklaridan) aniq kompozistiyalar yaratish.
VII. Ko’p uchraydigan xatolar.
Loy bilan ishlashda detallarni bir-biriga yopishtirilishi, kollajda kompozistiyaning bo’zilishi, matolarning asosga mustahkamlanishi.
VIII. Badiiy tomonlar.
Kollaj eskizlari, sopol bo’yicha ish. Mo’yqalam ustalari, kulolchi-ustalar haqida suhbat.
Loy, ranglarni, matoni, kogozni, iplarni tanlash. Loydan yasash va elimlash printsiplari. Rang tanlash asoslari. Spektral va tabiiy ranglar.
IX. Texnologik jarayonni oxiri.
Ranglardagi notekisliklarni (sopolda) tekislash. Tayyor kollajni bezajda unga ramka urnatish.
X. Tavsiya qilinadigan ishlar.
Kulolchilik bo’yicha: «Ajdari», «Chol».
Kollajda – «Gul dastasi», «Sharq shahari».
Yakuniy mashg’ulot
Yilga yakun yasash. Tayyor ishlarni To’garak ko’rgazmasiga tayyorlash. To’garakning kelgusi yildagi rejalari.
Har bir to’garakning xususiyati va imkoniyatiga qarab o’zgartirish mumkin.

1. 5 tadan 10 ta sinf 0.5 stavka (9 soat).


2. 10 tadan 20 tagacha sinf 1 stavka (18 soat).
3. 20 tadan ortiq sinf bo’lsa 1,5 stavka.
1 yil – 15 o’quvchi
2 yil – 10-12 o’quvchi
3 yil – 8-10 o’quvchi

9 soat bo’lsa 2 ta guruh


Gruppada 10 tadan 3 marta xaftada agar 8 soat bo’lsa 2 ta gruppada 4 soatdan.
1 yil – 144
2 yil - 246

Mavzu yuzasidan testlar:

1. To’garak rejasi nimaga asosan tuziladi?
A. To’garak faoliyati asosida
B. Dastur va mavzuli reja asosida
S. Maktab sharoitidan kelib chiqqan holda
D. Mavzuli rejaga asosan tuziladi

2. To’garak rejasi kim tomonidan muhokama etiladi?


A. Uslubiy kengash, metod birlashmada
B. Direktor tomonidan, umumiy yigilishda
S. XTB tomonidan maktabda
D. Direktor xuzuridagi kengashda

3. To’garak jurnalini yuritish kim tomonidan nazorat qilinadi?


A. Direktor
B. O’quv tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
S. XTB
D. Direktor o’rinbosari tomonidan

4. To’garak rejasi kim tomonidan tasdiqlanadi?


A. To’garak rejasi To’garak yigilishlarida tasdiqlanadi.
B. Uslubiy kengashda
S. To’garak rejasi maktab direktori tomonidan tasdiqlanidi
D. Direktor o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi

5. To’garak jadvali kim tomonidan tuziladi?


A. Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
B. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
S. Direktor
D. Bolalar etakchisi
E. Sinf rahbari tomonidan
6. O’quvchilarning ijobiy qobiliyatini shakllantirishda ish rejasiga qanday ijodiy faoliyatlarni kiritish mumkin?
A. Ko’rik-tanlovlar
B. Ekskurstiyalar
S. Turli xil kasb egalari bilan uchrashuvlar
D. Musobaqalar
E. Hammasi to’g’ri
7. «Milliy sovg’a» to’garagiga nechanchi sinf o’quvchilarini jalb qilish mumkin?
A. 1-8 sinf o’quvchilari
B. 1-4 sinf o’quvchilari
S. 5-9 sinf o’quvchilari
D. 1-9 sinf o’quvchilari
E. Hammasi to’g’ri

6 – BO’LIM





Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish