1-topshiriq: Savollarga javob: Ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning о‘rni


Jahon moliyaviy inqirozi va uning oqibatlarini bartaraf etish yо‘llari О‘zbekiston misolida



Download 188,5 Kb.
bet7/10
Sana28.06.2022
Hajmi188,5 Kb.
#713660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5v tarix bajarilgan

7.Jahon moliyaviy inqirozi va uning oqibatlarini bartaraf etish yо‘llari О‘zbekiston misolida.
2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga baho berar ekan, ko‘pgina xalqaro ekspert va mutaxassislar bu inqirozning sabablari va yanada avj olishi bilan bog‘liq prognozlarida javoblardan ko‘ra ko‘proq savollarga duch kelishmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" deb nomlangan ushbu asarning dolzarbligi ham aynan ana shu holatlar bilan izohlanadi. Kitob quyidagi ikki qismdan iborat:
birinchisi — jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar;
ikkinchisi — bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘lidir.
Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat

8.О‘zbekistonda 2020 yil "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"deb e’lon qilinishining mazmun va mohiyati.“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodi-yotni rivojlantirish yili” davlat dasturining 2020-yil uchinchi choragida bajarilishi yuza-sidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini ko‘rib chiqib, O‘zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, o‘tgan davrda mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning bardavom rivojlanishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbir-korlik subyektlari uchun qulay muhit yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Jumladan budjet mablag‘laridan samarali foydalanish tizimining yanada tako-millashtirilishi, qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet defitsitining kamaytirilishi natijasida o‘tgan davrda davlat budjetiga qariyb 36,3 trln. so‘mlik daromad tushgan.Mamlakatimizda pandemiya sharoitida vujudga kelgan muammolarni hal qilish maqsadida Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlarning ijrosiga qaratilgan aniq tadbirlar Hukumat tomonidan ishlab chiqilib, har bir tarmoqni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tezkor va manzilli choralar ko‘rildi. Natijada iqtisodiyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy yo‘qotishlarning oldi olindi. Xususan, mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 0,4 foiz ijobiy darajada saqlab qolindi.Hisobot davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narxlarning barqarorligini saqlash,  aholini ijtimoiy himoya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Jumladan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trln. 211 mlrd. so‘m mablag‘ ajra-tildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimi orqali hozirgi davrda aholiga 176 ta davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. 2019 yil yakunlari bo‘yicha 15,1 milliona ta ariza-buyur-tma bilan ish olib borildi.Yagona idoralararo ijro intizomi tizimi bo‘yicha hozirgi vaqtda tizimga 4,4 mingdan ortiq davlat organlari va tashkilotlar, 30 mingdan ortiq foydalanuv-chilar ulandi.Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet el investorlari murojaatlari bilan ish-lashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarini hal etish maqsadida Bosh vazirning tadbirkorlar murojaat-larini ko‘rib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi. Bugun-gi kunda ushbu portal orqali 34,7 mingta murojaat kelib tushib, shulardan 33,6 mingtasi ko‘rib chiqilgan.Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish yagona interaktiv portali fao-liyati natijalariga ko‘ra, o‘tgan yili jami 34,7 mingta murojaat to‘shgan bo‘lsa, ulardan 33,6 mingtasi ko‘rib chiqildi.Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi “saylov.gov.uz” joriy qilindi. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 20,5 mln. dan ortiq fuqa-rolardan iborat Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllanti-rilib, Saylov jarayo-nini boshqarish axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.Hozirda Xitoyning yirik kompa-niyalari bilan hamkorlikda 1 bosqichda Toshkent shahrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy in-vestitsiyalarni jalb etgan holda “Xavfsiz shahar” loyihasining yagona texnologik plat-formasini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.AKT sohasida 2019 yilda muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirildi. Xitoy kompaniyasi bilan umumiy qiymati 11,8 million dollar miqdorida shartnoma imzolanib, Toshkent tibbiyot xodimlariga zamonaviy AKT va tib-biy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 150 dona tez tibbiy yordam avtomobillari yetkazib berildi va avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi joriy etildi. 9.О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning iqtisodiy islohotlar dasturi va uning mohiyati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi zarur boʻlgan dasturiy va maqsadli vazifalarga koʻrsatib oʻtdi:
“1. 2020-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va inflyatsiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir.Biz, shu yildan boshlab inflyat-siyaviy targetlash tizimini joriy qilishga oʻtdik.Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi iqtisodiy oʻsish bilan inflyatsiya oʻrtasida muvozanatni taʼminlashi, tashqi xavf-xatarlarni hisobga olishi zarur.Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani, erkin raqobatga salbiy taʼsir qilmoqda.Shuni hisobga olib, endi asosiy eʼtiborni narxlarni belgilashga emas, balki korxonalar oʻrtasida sogʻlom raqobatni taʼminlash orqali, narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratishimiz kerak.Xalqaro tajribani oʻrganib, raqobatni olib kirish mumkin boʻlgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yoʻl ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim.Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat toʻgʻrisi-dagi qonunlarni yangilash hamda Iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategi-yasini ishlab chiqish talab etiladi.Isteʼmol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqa-rorligini taʼminlashning yagona yoʻli – meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini koʻpaytirish hamda “daladan doʻkongacha” boʻl-gan uzluksiz zanjirni yaratishdir.Xukumat, barcha darajadagi hokimliklar bilan ushbu va-zifa ijrosini toʻliq taʼminlashi kerak.Byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarfla-nishi ustidan, nazoratni yanada kuchaytirish zarur.Joriy yilda davlat tashqi qarzining yu-qori chegarasini belgiladik. Bundan buyon xalqaro moliya tashkilotlaridan olinadigan mablagʻlarni qaytarish imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, “Davlat moliyaviy nazorati toʻgʻrisida” va “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini ishlab chiqsin.Islohotlarimizga jiddiy toʻsqinlik qilayotgan “yashirin iqtisodiyot”ga barham berilmas ekan, sogʻlom raqobat ham, qulay investitsiya muhiti ham shakllanmay-di. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, “ya-shirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini chuqur tahlil qilib, unga qarshi kura-shish dasturini tasdiqlasin.Shuningdek, “yashirin iqtisodiyot” ulushi yuqori boʻlgan al-kogol va tamaki bozorini tartibga solish uchun tovarlarni raqamli markirovka qilish tizi-mini joriy etish ishlari boshlandi.Bu tizim kelgusida farmatsevtika mahsulotlari uchun ham qoʻllaniladi.Vazirlar Mahkamasi qiymati 200 million dollar boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan ushbu “raqamli markirovka va on-layn kassa” loyihasini, alohida nazoratga olsin.Ikkinchidan, iqtisodiyotni yuqori surʼatlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur.Joriy yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar oʻzlashtiriladi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi.Jumladan, Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilgʻi, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi.Toshkent metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirgʻali tarmogʻi, yer usti halqa yoʻlining birinchi bosqichi ishga tushiriladi.
2020-yilda oʻzlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalar va kreditlar boʻlishini alohida qayd etmoqchiman.
Investorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda. 10.Prezident SH.Mirziyoyevning “beshta tashabbusi” va bu borada mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalari-dan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksalti-rish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.
“Prezidentning 5 muhim tashabbusi” Birinchi tashabbusyoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish.Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobili-yatlarini namoyon qilish.Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar orasida kompyuter tex-nologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish.Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish. Beshinchi ta-shabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ishlarini tizimli tashkil etish.Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish-ga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga qaratilgan 1- tashabbus doirasida 779 563 na-far oʻquvchilar toʻgaraklarda ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, maktablarda 2108 ta  havaskor yoshlar teatr studiyalari tashkil etilib, 198 698 nafar oʻquvchilar jalb etildi. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan ikkinchi tashabbus doirasida esa, umumtaʼlim maktablarining 1,1 milliondan ortiq oʻquvchilari sport toʻgaraklariga qatna-shmoqda. Shuningdek, mazkur yoʻnalish doirasida tashkil etilgan turli sport musoba-qalariga oʻquvchilar faol ishtirok etmoqda va barcha taʼlim muassasalari qamrab olin-moqda. Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan boʻlib, ushbu tashabbus doirasida shu kunga qadar 444 607 nafar oʻquvchilarimiz toʻgaraklarga jalb qilindi. Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyi-cha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan toʻrtinchi tashabbus doirasida tashkil etilgan kitobxonlik klubiga 264 ming oʻquvchilar aʼzo boʻldi. Qolaversa, respu-blikamizda tashkil etilgan “Book challenge” doirasida 600 mingdan ortiq kitoblar umumtaʼlim maktablariga sovgʻa qilindi.Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutilgan beshinchi tashabbus doirasida oʻquvchi-qizlarning jamiyatdagi faolligi oshirish, maʼnaviyatini yana-da yuksaltirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida jamoatchilik asosida taʼlim muassasalarida “Qizlarjon” klublari tashkil etildi va unda 377 762 nafar oʻquvchi-qizlar aʼzo boʻldi. Klub yetak-chilari tomonidan “Tengdosh-tengdoshga” shiori ostida olib borilayotgan targʻibot va tushuntirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilib, har bir qiz ilgʻor oʻquvchilar safida yurishga, oʻqishda, jamoat ishlarida faol boʻlishga intilmoqda.Bundan tashqari, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2019-yil oktyabr-dekabr oylarida “5 tashabbus maktab-da” festivali tashkil etilib, festivalga 2,6 mln. nafar oʻquvchilar jalb etildi. Mazkur festivalda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan taʼlim muassasalarga sport anjomlari, musiqa asbob-uskunalari topshirildi.Shu oʻrinda alohida eʼtirof etish joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni taʼlim muassasalari va oʻquvchi-yoshlar orasida keng targʻib qilishda mahalliy hokimliklar tomonidan ham 45,1 mlrd. soʻm homiylik mablagʻlari ajratildi.Hozirda beshta muhim tashabbus doirasida yurtimiz umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan turli toʻgaraklar namunali faoliyat olib borish bilan bir qatorda, oʻzining natijasini bermoqda.

Download 188,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish