1-topshiriq: Savollarga javob: Ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning о‘rni


О‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ijtimoiy hayotdagi о‘rni



Download 188,5 Kb.
bet6/10
Sana28.06.2022
Hajmi188,5 Kb.
#713660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5v tarix bajarilgan

6.О‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ijtimoiy hayotdagi о‘rni. Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy ins-titutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’-risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. II chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqur-lashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ru-zasi bilan so’zga chiqdi. o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kont-septual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqa-rolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilot-larining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hamma-mizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tash-kilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yuri-tuvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim. Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida shakllan-gan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning emas, balki bir vaqtning o’zida bosh-qa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi bo’lishi mumkin.Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubli-gidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahami-yatga ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’ladi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar manfa-atlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim.Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlana-di.Ijtimoiy fanlarning so’nggi natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bunga a'zo bo’lgan kishilar-ning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida,
shuningdek, o’z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir.Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar. Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim.

Download 188,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish