2-TOPSHIRIQ: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing.
Monopoliya-atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Byudjet- (qadimiy Fransuzcha „baguete“-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir.
Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir. Koʻpchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz deb tushunadi.
Makroiqtisodiyot- mamlakat yoki uning bir qismi, tarmoqlar iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabi umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan.
Oliy majlis- O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oppozitsiya- Qarama-qarshi harakat; ix-tilof; oʻz dunyoqarashini, siyosatini bosh-qalarning qarashlariga, siyosatiga qarshi qoʻyish.
Totalitarizm- lot. totalis — yaxlit, toʻliq davlat boshqaruv shakllaridan biri totalitar davlat. Totalitarizmda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlatning yalpi, toʻla total nazorati oʻrnatiladi,
Prezident- lotincha: "pre"(avval) va "sedere" (oʻtirmoq) oʻzb. "oldinda oʻtirgan") - biror tashkilot, kompaniya, kasaba uyushmasi, universitet yoki mamlakat rahbari lavozimidir. Ushbu soʻz etimologik tarixi jihatidan, biron bir yigʻilishda yoki tantanada eng oldinda oʻtirgan kishi maʼnosidan kelib chiqqan.
Suverenitet- (fransuzcha: souverainete — oliy hokimiyat) — hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. Suverenitetni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi.
Bozor infratuzilmasi- bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
3-TOPSHIRIQ: Mavzuga doir (a,b,c,d) variantlaridan iborat 5 ta test tuzing. Testlarning ikkitasi murakkab, uchtasi sodda bo‘lishi kerak. Test savollarini yillar bo‘yicha tuzmang. Misol uchun Qachon, yoki nechanchi yilda... kabi savollar bilan boshlanmasin. Mavzu: SH.M.Mirziyoyevning 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi va uning mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |