Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium). Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi ham qoramol tasmasimoni kabi odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi (37-rasm). Uning uzunligi 1,5-3 m, ba'zan esa 5 m gacha borib, boshcha, ya'ni skoleks, bo'yin va 900 tagacha bo'g'imlari bor. Boshchasida 4 ta so'rg'ichi va xartumida ikki qator har xil katta-kichiklikdagi xitinli ilmoqchalari (22-32 tadan) joylashgan. Mana shu ilmoqchalarining borligi tufayli cho'chqa tasmasimoni qurollangan tasmasimon deb ham ataladi.
Cho'chqa tasmasimoni proglottidalarining bar birida yuzlab urug'donlar va uch bo'lakli bitta tuxumdon bo'ladi, Bu chuvalchangning bachadoni qoramol tasmasimoni bachadonidan farq qilib, 7-12 tagacha yon shoxchalar chiqaradi va doimo tuxumlar bilan to'lib turadi.
Eng oxirgi yetilgan proglottidalarning uzunligi 10-12 mm va eni 5 mm atrofida bo'ladi. Bundan tashqari, cho'chqa tasmasimonining yetilgan bo'g'imlari strobiladan birdaniga 5-7 talab uzilib, xo'jayini axlati bilan tashqariga chiqadi va bu bo'g'imlar harakatsiz bo'ladi.
Cho'chqa tasmasimoni lichinkasi ham xuddi qoramci tasmasimoni lichinkasi kabi sistitserk deyiladi. Bu lichinka har xil to'qima va organlarda maxsus po'stlarga o'ralib parazitlik qiladi. Sistitserk no'xat kattaligidagi pufakcha bo'lib, ichi tiniq suyuqlik bilan to'lgan bo'ladi, uning uchida 4 ta so'rg'ichi va xartumi, ilmoqchalar bilan qurollangan skoleksi j oy lashgan.
37-rasm. Cho'chqa tasmasimon chuvalchangining hayotiy sikli: A-asosiy
xo'jayin - odam, B-bosh qismi, l)-germafrodit bo'g'im, E-yetilgan bo'g'imlar
guruhi, F-tuxum, G-oraliq xo'jayin, H-go'shtdagi flnna, l-odam miyasidagi
finnalar, J-odam fakultativ oraliq xo'jayin sifatida.
Cho'chqa tasmasimonining asosiy xo'jayini odarn hisoblanadi. Odamning ingichka ichagida voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang parazitlik qiladi. Cho’chqa, it, mushuk, tuya va quyonlar bu chuvalchangning oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Bunda cho'chqa va yuqorida aytilgan hayvonlar suv va har xil oziq-ovqatlar orqali chuvalchangning luxumlari bilan zararlanadi. Oraliq xo'jayin organizmida tuxumdan chiqqan 6 ilmoqli lichinka (onkosfera) qon va limfa tomirlariga o'tib, muskul to'qirnasi, miya, ko'z vaboshqa organlargaborib o'rnashib, maxsus po'stga o'raladi va 2-4 oydan keyin ikkinchi lichinkalik davri - sistitserkka aylanadi. Sistitserk cho'chqa tanasida 3 yildan 6 yilgacha yashashi mumkin.
Sistitserk finna deb ham ataladi. Odamlar cho'chqa tasmasimonini sistitserkli, ya'ni finnali cho'chqa go'shtini yaxshi pishmagan holda iste'mol qilishlari orqali o'zlariga yuqtiradilar.
Shuni ham aytib o'tish joizki, ba'zan odamlar cho'chqa tasmasimonining asosiy xo'jayini bo'libgina qolmay, balki oraliq xo'jayini ham bo'lishlari mumkin. Bunda parazitning tuxumi odamga oziq-ovqat, suv orqali yuqishi, ayrim hollarda esa nshbu gijja bilan kasallangan odamlar o'qchiganida ichagidagi voyaga yetgan chuvalchanglarning tuxumga tola proglottidalari, ya'ni bo'g'imlari oshqozonga ko'tarilib, oshqozon ichiga mingiab tuxumlar ajralib chiqishi mumkin. Sunday hollarda tuxumdan ajralgan lichinkalar-onkosferalar odamlar ichagini teshib qonga o'tgach, turli organlar - yurak, muskullar, o'pka, ko'z va hatto miyaga bam borib o'rnashishi mumkin. Bu yerda ular sistitserkka, ya'ni finnaga aylanadi. Finnalarning ayniqsa ko'zga o'rnashib olishi xavflidir. Bunda odamlar ko'r bo'lib qolishlari ham mumkin. Miyaga o'rnashib olsa, odamlar o'iadi. Ana shunday o'z-o'zidan zararlanish holati autoinvaziya deyiladi. Shu xususiyatiarini hisobga olganda, cho'chqa tasmasimoni eng xavfli tasmasimon chuvalchanglardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir odam, agarda ichagida cho'chqa tasmasimoni borligini sezsa, juda ehtiyot bo'lishi, ozodalikka qattiq rioya qilishi, gijja tushirishda qayt qildiradigan dori ichmasligi kerak.
Cho'chqa tasmasimonining voyaga yetgan shakli keltirib chiqaradigan kasallik tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallik esa sistitserkoz deyiladi. Yuqorida aytilganidek, odamlar ham tenioz va ham sistitserkoz kasalliklariga yo'liqishlari mumkin. Cho'chqalar esa faqat sistitserkoz bilan kasallanadi. Cho'chqa sistitserkozi MDHda, ayniqsa, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon va Rossiyaning markaziy qora tuprqq viloyatlarida keng tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishini asosiy manbai tenioz bilan kasallangan odamlar hisoblanadi.
Cho'chqa tasmasimoniga qarshi kurashish uchun avvalo profilaktika chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak, ya'ni cho'chqa go'shtini yaxshilab ko'zdan kechirib, sistitserk (finna) bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini aniqlash lozim. Xom va chala dudlangan cho'chqa go'shtini yemaslik hamda cho'chqalarga gijjalarning yuqmasligi uchun ularni sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq asrash kerak. Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi bilan kasallangan odamlarni ham fenasal dorisi va oshqovoq urug'i bilan davolash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |