Qo'y miya qurti (Multiceps muiticeps). Jinsiy voyaga yetgan parazitning uzunligi 40-100 sm atrofida bo'lib, it, tulki, bo'ri, chiya bo'ri va boshqa yirtqich sutemizuvchilarning ingichka ichagida yashaydi. Bu chuvalchangning lichinkalik davri (Coenirus cerebralis ) qo’y, echki, ba’zan qoramollar, tuya, ot, chochqa hamda bug’ularning bosh va orqa miyalarida o’rnashib, senuroz deb ataluvchi kasallikni keltirib chiqaradi. Bu kasallik, ba’zan odamlarda ham uchrab turadi.
Voyaga yetgan tasmasimon qo'y miya qurti tanasidagi bo’g’imlar soni 200-250 tagacha boradi. Uning boshchasida (skoleksida) 4 ta so’rg’ichi, xartumchasida esa ikki qator har xil kattalikdagi 22-32 tagacha ilmoqchalari bo’ladi (39-rasm). Yetilgan oxirgi bo'gimlarida bachadon 16-26 tagacha yon shoxchalar chiqaradi va ular tuxum bilan to'lgan bo'ladi. Parazitning yetilgan proglottidasida 20-60 ming va undan ham ko'proq tuxumlari bo'lishi mumkin. Tuxumlarga to'ia yetilgan proglottidalari xo'jayin axlati orqali tashqariga chiqariladi. So'ngra bu proglottidalar bir necha soat davomida yerda yoki o'tlar orasida harakat qila boshlaydi. Yetilgan bo'g'imlarning qisqarishi natijasida ulardan juda ham ko'p miqdorda tuxumlar chiqadi va ular yaylov hamda suvga tushadi. Zararlangan it axlati bilan har kuni 20-30 tagacha yetilgan bo'g'imlar tashqi muhitga chiqaziladi. Ayrim itlar ichagida 200 va undan ham ortiq chuvalchang bo'lishi mumkin. It organizmida bu parazit bir necha oy va hatto 2 yilgacha yashashi mumkin. Qo'y miya qurti biogelmint bo’lib, asosiy xo’jayinlari yirtqich sutemizuvchilar va oraliq xo’jayinlari qo’y va echkilar hamda boshqa chorva mollari hisoblanadi.
39-rаsm. Qo’y miya qurti(Multiceps multiceps): 40-rаsm. Qo’y miya qurtining
А-jinsiy vоyagа yеtgаn dаvri; B-kаttа vа rivоjlаnish sikli sхеmаsi.
kichik ilmоqchаlаri (1); 2-gеrmаfrоdit bo’g’imi;
3-оnkоsfеrаli tuхumi.
Bu chuvalchangning oraliq xo'jayinlari qo'y miya qurti tuxumlari bilan zararlangan yaylovlarda boqilganda, o't va suv orqali ushbu parazitning tuxumlarini yutib yuboradi. Qo'ylarning ichagida tuxumdan onkosfera lichinkasi chiqadi va qonga o'tib, qon oqimi bilan orqa va bosh miyalariga borib o’rnashadi hamda rivojlanib, kaptar tuxumidek,yong’qdek kattalikdagi senur pufagini’ ya’ni finnani hosil qiladi(40,41- rаsmlar).
Miyasidа finnа, ya’ni sеnur bo’lgаn qo’ylаr bеzоvtаlаnаdi, tipirchilаydi, bir jоydа turib аylаnаvеrаdi. Ba’zi qo’ylar boshini orqasiga tashlab yoki pastga egib oldinga yuradi yoki orqasiga tisarila boradi. Bu kasalga uchragan hayvon oriqlaydi, yotgan joyidan turolmaydi va oxir-oqibat darmonsizlanib o’ladi.
Y uqorida ko’rsatilgan belgilarga qarab kasallangan chorva mollarni osongina aniqlash mumkin. Pufаk tiniq suv bilаn to’lgаn bo’lib, uning ichki pаrdаsidа 100-250 tаgаchа pаrаzit bоshchаlаri, ya’ni skоlеkslаri to’p-to’p bo’lib jоylаshgаn. Bu chuvalchangning pufakchali, ya’ni finnali lichinkasi qo’zg’atadigan kasallik senuroz deyiladi va unga chalingan mollar halok bo’ladi yoki majburan go’shtga topshiriladi.
Umuman, senur, ya’ni pufakli lichinka-finna juda sekin o’sadi. Masalan: qo’ylar zararlangandan 2 hafta o’tgach pufakning diametric 3-5 mm atrofida, 6 hafta o’tgach, 2-3 sm va 2-3 oy o’tgach 3,5 sm atrofida bo’ladi. Shu davrdan boshlab pufaklarning ichki pardasida parazitning boshchalari, ya’ni skolekslari yetishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |