32-rasm. Tasmasimon chuvalchanglar so’rg’ichlari va proglottidlari: A-cho’chqa nasmasimoni, B-qoramol tasmasimoni. D-keng tasmasimon.
Tasmasimon chuvalchanglar tanasi teri-muskul xaltaga ega. Uning yuza qismi - tegumenti morfologik jihatdan trematodalarnikiga o’xshash, fiziologik yoki funktsional jihatdan esa umurtqalilar ichagining shilliq pardasini eslatadi. Unda bir necha hazm fermentlari mavjud. Bulardan tashqari tegument sestodalarni asosiy xo’jayin ichagida hazm bo’lib ketishdan saqlaydigan antiproteolitik fermentlar ishlab chiqadi. Tegument ostida halqasimon, bo’ylama va dioganal muskul qatlamlari joylashgan.
Tasmasimon chuvalchanglarning chuqur parazitizmga o’tish oqibatida ularda hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Shu sababli ular asosiy xo’jayinlarining suyuq, hazm qilishga tayyorlangan oziqalar to’plangan ingichka ichak bo’shlig’ida yashaydi va undagi bir qism oziqani butun tana yuzasi orqali osmos yo’l bilan shimib oladi. Mikrotrixlarga ega bo'lgan tegument va chuvalchangning yasiiligi ham oziqni tanasining hamma qismiga o'tishiga yordam beradi.
Ayirish sistemasi protonefridiy tipidagi buyraklar tana bo'ylab o'tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi; oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va u yerda tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o'zaro ko'ndalang naylar orqali qo'shilganidan ayirish sistemasi narvon ko'rinishga ega. Tananing keyingi tomonida ayirish naylari birlashib kichikroq qovuqni hosil qiladi. Tasmasimon chuvalchanglar tanasining keyingi yetilgan bo'g'imlari bilan birga qovuq ham uzilib tushadi; yangi qovuq hosil bo'lmasdan yon naylar to'g'ridan-to'g'ri tanadan tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylari va ulardan tana bo'ylab orqaga ketadigan nerv tomirlardan iborat. Nerv tomirlari ko'ndalang nervlar bilan o'zaro qo'shilib, ortogon sistemasini hosil qiladi. Tananing ikki yonida joylashgan ikkita nerv tomirlari boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan. Nerv tomirlaridan tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to'rini hosil qiladi. Sezgi organlari tana yuzasida tarqoq joylashgan sezgir hujayralardan iborat. Bunday hujayralar skoleksda ayniqsa ko'p bo'ladi.
Barcha tasmasimon chuvalchanglar germafrodit. Ularning bo’yinchasida va unga yaqin joylashgan bo’g’imlarida jinsiy organlar bo’lmaydi. Ulardan keyin joylashgan bo’g’imlarda dastlab erkaklik jinsiy organlari rivojlanadi, so’ngra esa urg’ochilik jinsiy organlari paydo bo’la boshlaydi. Gavdaning o’rta qismida joylashgan proglotidlar odatda germafrodit. Barcha jinsiy organlar yetilib bo’lgach, bachadondagi tuxumlarning otalanishi ro’y beradi. Barcha tuxumlar otalanib bo’lgach, dastlab erkaklik jinsiy organlari asta-sekin yo’qola boshlaydi, ulardan so’ng esa bachadondan tashqari boshqa urg’ochilik jinsiy organlari ham yo’qolib ketadi. Ularning barchasini o’rnini bachadon egallaydi. Shunday qilib tasmasimon chuvalchanglarning yetilgan so’nggi bo’g’inlarida jinsiy organlardan faqat otalangan tuxumlarga zich to’la bachadon qoladi.
Tasmasimon chuvalchanglarning bachadoni ochiq va yopiq holda tuzilgan. Agarda bachadon jinsiy teshikka ega bo’lsa, undagi tuxumlarning tashqariga ajralib chiqishiga imkon yaratilgan bo’ladi. Bunday bachadonga ega bo’lgan sestodalarda eskirgan bo’g’inlarning bir nechtasi birdaniga tashqariga uzilib tushadi, ular o’rniga yangilari yetilib kelaveradi. Bachadoni ochiq sestodalardan tashqi muhitga yetilmagan, ya’ni lichinkasiz bo’lgan tuxumlar tushadi. Ularning embrional taraqqiyoti odatda fastsiolalarniki singari suvda kechadi.
Bachadoni yopiq holda tuzilgan sestodalarda esa embrional taraqqiyot parazitning tanasida, ya’ni bachadonida kechadi, ytilgan bo’g’inlar esa tashqariga alohida-alohida bo’lib, bittadan uzilib tushadi. Har bir uzilib tushgan proglottidlar tashqarida siljib harakatlanadi va shu jarayonda bachadon yoriladi, ulardan yuqumli holga kelgan olti ilmoqchali onkosferaga (lichinkaga) ega bo’lgan tuxumlar atrof-muhitga tarqaladi
Quyida qoramol tasmasimoni misolida germafrodit jinsiy sistema bilan tanishiladi. Bu parazitning oldingi tomonidagi yosh proglottidalarda jinsiy organlar hali uncha rivojlanmagan bo'ladi. Jinsiy organlar, ya'ni germafrodit bo'g'imlar parazitning bo'ynidan boshlab sanalganda, taxniinan 200-proglottldada to'la-to'kis rivojlanadi. Umuman, gavdaning o'rtasida joylashgan bo'g'imlarda erkaklik va urg'ochilik jinsiy organlari yaxshi rivojlangan, parazit gavdasining eng oxiridagi proglottidalar tuxum bilan to'lib turgani uchun yetilgan proglottidalar deyiladi. Chunki bu proglottidalarda faqat urug'langan tuxumlar bilan to'lgan bachadon bo'ladi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, har bir yetilgan bo'g'imda 175 mingtagacha tuxum bo'lishi mumkin.
Sestodalar biogelmintlar bo'lib, rivojianish siklida asosiy xo'jayindan tashqari, bir yoki ikkita oraliq xo'jayin ishtirok etadi. Xo'jayin ichagidagi tasmasimon , chuvalchanglarning soniga qarab, ular turlicha urug'lanadi. Agarda xo'jayin ichagida bitta chuvalchang bo'lsa, uning har bir proglottidalari o'zaro bir-birini urug'lantiradi. Bitta proglottida bo'lsa, unda o'zini-o'zi urug'lantirishi ham mumkin. Xo'jayin ichagida ikkita yoki bir necha chuvalchang bo'lsa, bunda har xil individ bir-birini urug'lantiradi.
Sestodalarning tuxumlari xo'jayini organizmidan axlatlari hamda proglottidalari bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Agarda odam cho'chqa yoki qoramol tasmasimoni bilan zararlansa, taxminan 75-91 kundan boshlab kuniga 6 tadan 11 tagacha yetilgan, ya'ni ichi tuxumlar bilan to'lgan bo'g'imlar tashqi muhitga chiqadi. Sestoda tuxumining bundan keyingi rivojlanishi uchun uni albatta oraliq xo'jayini yutishi kerak. Bunda cho'chqa tasmasimoni uchun oraliq xo'jayin - cho'chqa, qoramol tasmasimoni uchun esa oraliq xo'jayin - qoramol hisoblanadi.
Sestodalar tuxumlari ichida 6 ilmoqli embrion, ya'ni onkosfera deb ataluvchi lichinka rivojlanadi. Ba'zi tasmasimon chuvalchanglar tuxumlarining ichida esa 10 ilmoqli lichinka, ya'ni likofora rivojlanadi.
Chuvalchanglarning tuxumlari turli yo'llar bilan (suv, yem-xashak va boshqa yo'llar bilan) oraliq xo'jayinlarining organizmiga tushadi. Bu yerda tuxumning po'sti yorib, undan ilmoqli onkosfera lichinkasi chiqadi va bu lichinka ilmoqlari yordamida ichak devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |