45-rasm. Davainea proglottinaning rivojlanish sikli sxemasi.
Davainea proglottina har kuni bittadan bo’gin ajratadi. U tezak bilan tashqi muhitga tushib, o’tlarga yopishgan holda sudralib yuradi. Demak, bir kunda ajratilgan bo’ginlarning soniga qarab tovuqning ichagida qancha nusxa sestoda borligini anidlash mumkin. Tovuqlarning och qolishi sestodalarda bo’gin ajralishini sekinlashtirishi yoki butunlay to’xtatib qo’yishi mumkin. Sestoda onkosferasi quruqlikka chidamsiz, 0°-li harorat ham kuchli ta’sir etadi va tez halok bo’ladi. O’rtacha namlikda onkosfera 5 kungacha yashay oladi, shuning uchun ham zax va soyali joylar tovuqlarga to’gri kelmaydi. Oraliq xo’jayin-mollyuskalar bir yildan ko’proq yashaydi va ular bilan birga sistitserkoidlar ham qishlab chiqadi.
Davainea proglottina va boshqa sestodalar, asosan jo’jalarda ko’proq uchraydi, tovuqlar ham zararlanishi mumkin. Tovuqlar yaxshi boqilmaydigan xo’jaliklarda sestodozlardan juda ko’p jo’jalar nobud bo’ladi. Aksincha, to’yimli oziqlar bilan boqiladiganva yaxshi sharoitli tovuqxonalarda asralgan parrandalar sestodozlar bilan kam kasallanadi.
Ayrim sestodalar parranda ichagining shiliq pardalarini skoleks so’rg’ichlari bilan qattiq jarohatlaydi. Ular ko’p miqdorda to’planib, ichagining tiqilib qolishiga va hatto yorilib, peretonit kasalining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Sestodalar bilan zararlangan tovuqlarning oshdozoni buziladi, ozib ketadi, ishtahasi pasayadi, ichi ketadi yoki qotadi. Parranda iloji boricha sekin harakat qiladi. Patlari hurpayib, qanotlari shalviraydi. Ayrim vaqtlarda eritrotsit bilan gemoglobin miqdori juda kamayib ketadi.
SESTODASIMONLAR (CESTODARIA) SINFI. Sestodasimonlarning tuzilishidagi ayrim belgilari tasmasimon chuvalchanglarga o'xshaydi, ya'ni ularning ham hazm qilish organlar sistemasi bo'lmaydi. Lekin farq qiladigan belgilari ham ko'p. Sestodasimonlarning lichinkasi likofora deyiladi va unda 6 ta emas, balki 10 ta embrional ilmoqlari bo'ladi. Lichinka serkomerasi ko'pincha voyaga yetgan davrida ham saqlanib qoladi.
Sestodasimonlaraing tanasi bo'g'imlarga bo'linmagan. Jinsiy apparati ham bitta, markazlashgan bo'ladi. Ular germafrodit bo'lib, juda ko'p follikular urug'donlari va bitta ikki bo'lakli tuxumdoni bor. Sariqdonlari rivojlangan, bachadoni alohida teshik bilan tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan.
Sestodasimonlar sinfming turlari unchalik ko'p emas. Ular baliqlar va sudralib yuruvchilardan - toshbaqalarning tana bo'shlig'ida parazitlik qiladi.
Sestodasimonlaraing tanasi bargsimon yoki kamarga o'xshash, uzunligi 2-5 sm atrofida bo'ladi. Yopishuvchi organlari bo'lmaydi. Rivojlanishi xo'jayin almashtirish yo'li bilan boradi.
Oraliq xo'jayinlari qisqichbaqasimonlardan - yonlab suzarlar (Amphipoda) va ayrioyoqlar (Mysidacea) turkumlari vakillari hisoblanadi. Likofora lichinkasi ushbu
qisqichbaqasimonlar tana bo’shlig'iga kmb, o'zgarishlarga uchraydi va morfologik jihatdan jinsiy voyaga yetgan shaklga yaqin bo'lgan lichinkalik davriga aylanadi. Oraliq xo'jayin orqali asosiy xo'jayin oshqozoniga tushgan lichinka xo'jayin tana bo'shlig'iga o'tadi va o'sib voyaga yetadi.
MDH mamlakatlarida osyotrsiinon baliqlarda parazitlik qiladigan sestodasimonlarning tipik vakili - amfilina (Amphilina foliacea) keng tarqalgan. Amfilina amfilinalar (Amphiilidea) turkumiga kiradi(46-rasm).
Amfilinaning tanasi bargsimon, uzunligi 5 sm. Voyaga yetgani ichakda emas, balki xo'jayinining tana bo'shlig'ida parazitlik qiladi va osyotrsimon baliqlarga katta zarar yetkazadi.
46-rasm. Anifilina (Amphilina foliacea): 1 - bachadon
teshigi, 2 - urug'donlar, 3 - bachadon, 4 - sarig'donlar,
5 - tuxumdon, 6 - ootip, 7 - jinsiy qin, 8 - jinsiy qin teshigi,
9 - erkaklik jinsiy teshigi. 10 - urug' yo'li.
Shuningdek, ximeralar (akulasimon baliqlar) ichagida sestodasimonlar sinfiga kiruvchi Girokotilidlar (Gyrocotylidea) turkumi vakillari ham parazitlik qiladi.
Girokotilidlar tanasining keyingi qismida yopishuv diski, oldingi qismida esa kichikroq so'rg'ichi bo'ladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasining keyingi qismida serkomerasi bo'ladi.
Girokotilidlar monogeneyalar bilan tasmasimon chuvalchanglarning tuzilishi belgilarini o'zida mujassamlashtirgan oraliq formalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |