33-rasm. Наг xil fmnalar: A - sistitserk. В - senur. D - exinokokk. E - sistitserkoid.
F - plerotserkoid: 1- pufak devori, 2 - boshchasi, 3 - ichki qizlik pufaklari.
Ma'lum vaqt qon tomirlarida suzib yurib, so'ngra biror organga jigar, o'pka, yurak, miya va muskulga) o'tib joylashadi. Bu yerda onkosfera ilmoqlarini yo'qotib, o'sadi va ikkinchi pufaksimon lichinkalik davriga, ya'ni finnaga aylanadi. Finna boshqachasiga larvotsista deb ham ataladi. Bu esa parazitning yuqumli holati hisoblanadi. Sestodalarning finnalari besh tipda bo'lib, ular sistitserk, senur, exinokokk, sistitserkoid va plerotserkoid deb ataladi(33-rasm).
Yuqorida aytib o'tilgan har xil tipdagi lichinkalarni asosiy xo'jayinlar yutib yuborsa, ularning ichagida pufakli lichinkalarning skoleksi tashqariga chiqadi va ichak devorlariga yopishib oladi. Pufak bujmayib yo'qolib ketadi, bo'yin qismidan esa asta-sekin yosh proglottidalar ajrala boshlaydi. Strobilatsiya, ya'ni bo'g'imlarga bo'linish jarayoni Sestodalarning butun hayoti davomida davom etadi. Bo'yin bo'g'imida yosh bo'g'imlar hosil bo'ladi va bu bo'g'imlar rivojlangan sari, oldingi tomondan yana ham yosh bo'g'imlar hosil bo'ladi. Yetilgan bo'g'imlar esa orqaga surila borib, oxirgi bo'g'imlar strobiladan uzilib, hayvon axlati bilan tashqariga chiqariladi.
Tasmasimon chuvalchanglar sinfi 9 turkumga ega. Ulardan eng muhimlari Tasmasimonlar(Pseudophyllidea) va Zanjirsimonlar (Cyclophyllidea) turkumlarining vakillari bo’lib, ular odam va chorva mollarining xavfli parazitlari hisoblanadi.
Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi vakillari birmuncha tuban darajada tuzilgan: ayrimlarida gavdasi bo’g’imlashmagan yoki chala bo’g’imlashgan, bachadoni ochiq, tuxumda rivojlangan lichinkasi kiprikli. Oraliq xo’jayinlarda rivojlanuvchi lichinkalari chuvalchangsimon, voyaga yetganlarining boshchasi so’rg’ichlar va ilmoqchalarga ega emas, unda faqat ikkita botriyalar, ya’ni chuqurchalar bo’ladi, uch xo’jayin ishtirokida rivojlanadi. Ushbu turkumga odamlar, it, mushuk, tulkilarning ingichka ichagida parazitlik qiluvchi serbar tasmasimon chuvalchang(Diphyllobothrium latum)ni misol keltirish mumkin.
Serbar tasmasimon chuvalchang tasmasimon chuvalchanglar sinfining eng uzun va yirik vakili hisoblanib, odam hamda turli yirtqich sutemizuvchi hayvonlarning (it, mushuk, tulki, ayiq, bo'ri) ichagida parazitlik qiladi.
Tanasining uzunligi 10-15 m, ba'zan esa 20 m gacha boradi, eni esa 3-4,5 sm gacha yetadi (34-rasm).
Bo'g'imlar, ya'ni proglottidaiar soni har bir voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchangda 4000 tagacha boradi. Bo'g'imlarning eni bo'yiga nisbatan uzun bo'ladi. Skoleksi, ya'ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. Ularning boshchasida so'rg'ich o'rriida 2 ta chuqur egatchalar - botriyalari mavjud, shu organi yordamida ular ichak devoriga yopishadi.
Xitinli ilmoqchalari yo'q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar sistemasi qoramol tasmasimonnikiga o'xshash, lekin keng tasmasimon chuvalchanglarda 3 ta teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi, qolganlari esa qin va urug’ yo'llari teshigi hisoblanadi. Mazkur teshiklar boshqalarnikiga o'xshab proglottidalarning yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi yuzasiga ochiladi. Oxirgi bo'g'imlarining kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar bo'lganligi uchun parazitning nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang deyiladi. Yetilgan bo'g'imlar bemor axlati orqali tashqariga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |