Daftar bilan ishlash.
Daftarning 8-betidagi shaklning yozilishini ko'rsatib, fo'nd daftarida yozdirish.
Darsni yakunlash. Mavzuni umumlashtirish. Faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish.
Uyga vazifa. Rasmga qarab hikoya tuzib kelish.
2.3. Matematikadan tayyorgarlik davri darslarini tashkil etish va uni o`tkazishning samaradorligi
Matematikadan tayyorgarlik davri darslari o’quvchilarning o’quv malakasini shakllanishi, son haqidagi tushunchalarning shakllanishi, fazoviy tasavvurlarini shakllanishi uchun muhim rol o’ynaydi. Bu davrdagi darslarni tashkil etish, uni o’tkazish bo’yicha quyidagi tafsivlarni berish mumkin.
Maktabga endigina kelgan bolalarning o’qishga havasini uyg’otish zarur. Chunki birinchi sinfga kelgan bolalarning ruhiyatlari turlicha, matematik bilim saviyalari ham turl xilda bo’ladi. Ba’zi o’quvchilar maktabgacha ta’lim muassasalaridan ta’lim tarbiya olib kelgan bo’lsa, ayrim o’quvchilar uydan to’g’ri maktabga keladi. Ba’zi o’quvchilar ota-onasini bag`ridan chiqib, yangi o’quvchilar jamoasiga darhol ko’nika olmaydi. Shu bois, o’qituvchi 1- sinfga keladigan o’quvchilar bilan o’qish boshlangunga qadar 7- 10 kun oldin suhbatlar o’tkazishi, uning kelgusida sinf jamoasini shakllantirishiga yaxshi samara beradi.
O’qituvchi hujjatlarini maktabga olib kelishida o’qituvchi o’quvchi ota - onasi hamda o’quvchi bilan suhbat o’tkazib, o’quvchini turli jihatdan xujjatlarini o’rganishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ayniqsa, o`quvchining matematik bilim saviyasini aniqlash yuzasidan savollar berishi ahamiyatli, o`quvchining sonlar ketma-ketligini qay darajada bilishi, sonlarni sanashda ongli yoki mexanik sanoqga yo`l qo`yishi, geometrik shakllarni taniy olishi, ranglarni farqlay olishi, predmet yoki narsalarning fazoda joylashuvi, vaqtga oid tasavvuri, sonlar ustida bajariladigan arifmetik amallarni bilishi, sodda masalalarni yechishi kabi bilim, ko`nikma va malakalari aniqlanadi. Bu ma lumotlarni ma’lum daftarga qayd qilib, tayyorgarlik davri darslarini loyihalashtirish kerak.
Birinchi dars '’Jonajon maktabim’’ mavzusida bo’lib, o’quvchilarning o’qishga , maktabga bo’lgan havasini orttirishga doir ishlarni amalga oshirishi muhimdir. Birinchi darsdan boshlab o’quvchilarni Mustaqil davlatimizning ravnaqi, uning istiqboli, Prezdentimizning 1 – sinf o’quvchilariga g’amg’o’rliklari, bergan o’quv qurollarining bepul ekanligi, to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lishi, ona Vatanimizga cheksiz muhabbatga bo’lishi o’zlarini bilimdonliklari,o’qishga havasli bo’lishlariga o’qituvchi alohida e’tibor bermog’i zarur.
Bolalar oldin egallagan bilim, malaka va ko’nikmalarni tizimlashtirishi va to’ldirishi , sonlarni o’rganish uchun zarur bo’ladigan bilim va malakalarni tarkib toptirish.
Bolalarni matematik mazmundagi masalalarni tizimli qarashga tayyorlashdagi birinchi qadamlar o’quvchilarda fazoda , vaqt bo’yichga va shu singarilar bo’yicha yo’nalish olishning elementar ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lishi kerak. Haqiqatdan, o’quvchilar bilan o’tkaziladigan umumsinf ishi yuqorida, pastda, chapda, o’ngda, oldinda, keyinda, orasida, oldin, (ilgari), keyin va shu singari ifodalarni tushunish, malakalarini talab qiladi. Predmetlarning fazoda joylashuvi bilan bog’liq bo’lgan ayrim so’zlarni tushunishigina emas, balki, bu atamalar har xil ma’nolarini ham bilishi muhimdir. (‘’Bir uy ikkinchi uydan baland’’, Bir uchburchak boshqasidan yuqorida yotibdi’’, Mendan chapda yoki o’ngda, ‘’qo’g’irchoqdan o’ngda yoki chapda’’ va hokazo).
Predmetlarning har xil belgilari ( rangi, o’lchami, shakli va boshqalar ] bo’yicha taqqoslashga katta e’tibor berish kerak. Bu ularga ko’rsatilayotgan namoyish qilinayotganlarni kuzatish , didaktik material bilan ishlash, masalalar tuzish va yechilishida yordam beradi.
Bu ishlar barchasi amaliy mashg’ulotlarni bajarish jarayonida tegishli malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni talab qiladi .
Predmetlarning xossalari, ularning fazoda o’zaro joylashuvi, sodir bo’layotgan hodisalar izchilligi bo’yicha bunday umumiy rejalashtirish bilan bir qatorda matematikaga bevosita aloqador bo’lgan malakalarni shakllantirish birinchi kundan boshlaboq katta ahamiyat kasb etadi: predmatlarning ikki guruhini taqqoslash, ularning qaysi birida boshqasidan ko’p(yoki kam)ligini aniqlash, bir to’plamda qancha predmet bo’lsa, ikkinchisida ham o’shancha ekanligini aniqlash malakalari .
Bolalarni o’qitishda ularda predmetlarning ikki to’plamini bu to’plamlar elemenlari orasida bir qiymatli moslik o’rnatib, yani juftlar hosil qilib taqqoslash malakalari hosil qilishi muhim qadamdir.
Fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga, predmetlarni, so’ngra esa predmetlar guruhlarini taqqoslash malakalarini o’rgatish bo’yicha tizimli ish o’rnatish zarur.
Sonlar ketma - ketligini ongli sanashga o’rgatish bo’yicha quyidagilarni amalga oshirish zarur:
Natural qator sonlari nomlarini va ketma – ketligini bilish
Predmetlar sanog’I faqat sonlar ketma – ketligini bilishgina emas, balki sanab chiqilayotgan guruhdagi predmetlarga sonlarni to’g’ri mos keltirishni , yani son - predmet juftini hosil qilishni ham nazarda tutadi.
Bolalar shuni tushunishlari kerakki, predmetlarni sanashda eng oxirgi aytilgan son ‘’nechta’’ savoliga javob beradi. Predmetlarni sanashga o’rgatishda bolalar ongiga shuni yetkazish kerakki, sanoqda sanalayotgan predmetlardan bittasini ham o’tkazib yubormaslik, birorta ham predmetlarni ikki marta aytmaslik muhimdir.
Tayyorgarlik davri darslarini tashkil etishda o’qituvchi imkon qadar ko’rsatmalari, amaliy metodlardan ko’p foydalanish maqsadga muofiq. Chunki, har bir shakllanayotgan tushuncha albatta ko’rgazmali qurollar orqali, amaliy ishlar bajarilishi bilan shakllanadi.
O’qituvchi boshlang’ich sinf (3-4-sinf) o’quvchilari yordamida qo’lda ko’rgazmali qurollarni tayyorlash mumkin. Mehnat darslarida aplikatsiya usulida geometrik shakllar, sanoq materiallarini, turli xildagi vositalardan ham tayyorlash mumkin. Shuni alohida takidlash joizki, shu davrda har bir o’quvchi uchun alohida, o’qituvchi uchun alohida ko’rgazmali qurollar nabori bo’lmog’i zarur. O’qituvchi uchun ko’rgazmali qurollar barcha sinf o’quvchilari uchun namoyon qilinishi hisobga olinmog’i darkor. Ko’rgazmali vositalar ko’rgazma qurollar oldiga qo`yilgan barcha talablarga javob berishi, sinf o`quvchilari yoshi, ruhiy xususiyati, bilim saviyasiga mos bo`lmog`i zarur.
Tayyorgarlik davri matematika darslarini o`tishda o`qitishning mahsuldor metodlari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ta`lim jarayonida qo`llab, interfaol ta`lim metodlaridan foydalanilsa, dars samaradorligi oshadi. Ayniqsa, dars jarayonida ta`limiy o`yinlar metodidan foydalanib o`tilgan darslar bolalarga quvonch baxsh etadi. Darsda didaktik o`yinlardan o`rinli foydalanish o`qituvchi mahoratiga bog`liq. O`qituvchi bolalarni matematika faniga qiziqishlarini orttirish uchun dars maqsadidan kelib chiqib, turli xildagi didaktik o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
‘’Jim’’, ‘’Zinapoya’’, ‘’Kim chaqqon’’, ‘’Yashiraman sonni top’’, ‘’Tun va kun’’, ‘'Darvozadan o`t’’, ‘’Qo`shnisini ayt’’, ‘’Zanjir’’ kabi o`yinlar jumlasidandir.
Tayyorgarlik davri darslarini tashkil etishda o’quvchi o’quv faoliyatari tashkil qilinishi turli shakllarning uzviy bog’liqligini ta’minlash .
Har bir o’rganilayotgan tushunchani shakllantirilishida umumsinf ishi, guruh, (jamoa) ishi hamda yakka (individual) ish shakllar mutanosibligini ta’minlash zarur. Endigina maktabga qadam qo’ygan o’quvchi guruh (jamoa) da ishlashni yoqtiradi. Shu sababli ko’p o’quv topshiriqlari bir partada o’tiruvchi 2 o’quvchining birgalikdagi ishi bilan izohlanadi. Bir o’quvchi 3 ta qizil doirachani ketma-ket terib chiqsa, ikkinchi o’quvchi uning yonida 2 ta ko’p doirachalarni yonma- yon qo’yib chiqadi. Shunga o’xshash o’quv topshiriqlarini qiziqib bajarar ekan, o’quvchilarda do’stona munosabat, bir-birlarini hurmat qilish, guruhda faol ishtirokchi bo’lish kabi xislatlar tarbiyalanib boriladi.
Tayyorgarlik davri darslarini tashkil etish va uni o’tkazish jarayonida o’qituvchi ‘’gumanitar’’ bola shaxsini hurmat qiluvchi, o`quvchining mehribon ustozi, maktabdagi onasi bo`lmog`i zarur. Bolalarning har bir xatti-harakati o`qituvchi nazoratida bo`lmag`I darkor. O`quvchining har bir faoliyati o`qituvchi tomonidan baholanib, izohlanib borilishi zarur. O`quvchi noto`g`ri javob berganda ham, yo biror sho`xlikni qilganda ham, o`qituvchi bolani urushmasligi, koyitmasligi kerak. Uni yaxshi so`zlar bilan, nafsoniyatiga tegmagan holda ovuntirib, yaxshilikka da`vat qilishi o`qituvchidan mahorat talab etadi.
1-sinf
Do'stlaringiz bilan baham: |