117
yod elementining etishmasligi kasallik keltirib chiqarmaydi, Bunga sabab
shuki, u shaharlarga boshqa regionlardan keltiriladigan oziq-ovqat tarkibidagi
yod elementi organizm ehtiyojini qondiradi. Masalan, Moskva va Sankt-
Petyer-burg shahri aholisi iste’mol qiladigan suv tarkibida yod miqdori 1,6
mkg/l ga teng. Bu miqdor hech qachon organizmning yodga bo’lgan
ehtiyojini qondirmaydi.
Olimlarning tekshirishi shuni ko’rsatadiki, organizm sutkada 70 mg
yodni
ovqatlar bilan, 40 mg sini go’sht mahsulotlari orqali, 5 mg sini havo va
5 mg sini suv orqali qabul qiladi. Mari Muxtor respublikasi territoriyasida
endemik buqoq bilan kasallanganlar soni ko’pligiga sabab u yerdagi aholi
faqatgina shu respublikada ishlab chiqilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini
iste’mol qilar ekan. Qirg’iziston respublikasining CHuy vodiysi aholisi
orasida tarqalgan endemik buqoqqa sabab yerlik aholining doimo bir xilda
ovqatlanishi hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, organizmda yod etishmasligiga sabab
faqat yodning
suvda emas, balki o’sha regiondagi tashqi muhit ob’yektlari
tarkibida etishmasligi ham ekan.
Tabiatda suv tarkibidagi kimyoviy moddalar hech qachon sof holatda
uchramaydi. Ular doimo boshqa organik va noorganik moddalar bilan o’zaro
birikkan holatda uchraydi. Ayniqsa, hozirgi texnika taraqqiyoti davrida sanoat
korxonalarida toza suvlarning ko’p miqdorda ishlatilishi suv havzalarvdagi
tabiiy suv tarkibini o’zgartirib yubordi. Bu esa o’z navbatida aholi o’rtasida
kasallik tarqalishiga sabab bo’lmoqda.
Suv tarkibini o’rganishda uning qattiqligini aniqlash katta ahamiyatga
ega. CHunki suv havzalariga ko’p miqdorda sho’r suvning tushirilishi,
kollektorlardagi zax suvlarning oqizilishi, sanoat korxonalarining chiqindi
suvlari daryo suvlarining kimyoviy tarkibini buzib uning
qattiqligini oshirib
yubormoqda. Bunga Amudaryo, Sirdaryo suvlari yaqqol misol bo’ladi.
Suvning qattiqligi 1 litr suvdagi kal’ciy va magniy tuzlari miqdoriga qarab
118
aniqlanadi. Odatda, qattiq suvda sovun yaxshi ko’pirmaydi, suv qaynatilgan
idishda tuz qatlamlari paydo bo’ladi, go’sht yaxshi pishmaydi.
Keyingi yillarda olib borilgan ishlar shuni ko’rsatdiki, suvning
qattiqligiga faqat kal’ciy va magniy tuzlari emas, balki yana boshqa
elementlar o’rtasidagi korellyativ bog’lanish ham sabab bo’lar ekan. Suvning
qattiqligi organizmda turli tosh kasalliklarini keltirib chiqarishi ma’lum.
Xorazm va Qoraqalpog’iston viloyatlaridan olingan ma’lumotlarga
qaraganda, odamlarning siydik qopida, buyragada va o’t qopida paydo
bo’layotgan toshlarga asosan Amudaryo suv havzasidagi
suvlarning qattiqligi
sabab bo’lmoqda.
Keyingi vaqtlarda suvning qattiqligi ba’zi yurak kasalliklarining kelib
chiqishiga sabab bo’lishi aniqlangan. Ba’zan suv tarkibining o’zgarishi qon
tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi, ammo bunda ijtimoiy va iqtisodiy
omillarning roli katta bo’ladi.
Keyingi yillarda minyeral o’g’itlarning keng ko’lamda ishlatilishi
ko’pgina muammolarni ksltirib chiqarmoqda. Ichimlik suv tarkibida azot
nitratlarning aniqlanishi suv havzalarining sanitariya holatini ko’rsatadi.
1945 yilda ikki bola tarkibida azot nitrat tuzini saqlagan suv ichib halok
bo’lgan. Bolalarda suv ichgandan so’ng ko’karish paydo bo’lgan. Ularning
qoni tekshirilganda qon tarkibida metgemoglobin yuqori darajada ekanligi
aniqlangan. Bunga ular iste’mol qiladigan quduq suvida azot nitrat tuzi ko’p
bo’lishi sabab bo’lgan. Keyinchalik bunday xastaliklarni
metgemoglobinemiya deb yuritiladigan bo’ldi. Adabiyotlarda bu kasallik
to’g’risida ko’proq dalillarni keltirib yozishadigan bo’lib qoldi. Keyinchalik
shu narsa tasdiqlandiki,
bolalarda, ayniqsa ko’krak yoshidagi bolalarda zaharli
darajadaga ko’karib ketish alomatining paydo bo’lishi, ko’pincha sun’iy ovqat
byeriladigan bolalar o’rtasida ko’p uchrab turishi ma’lum. Lekin,
119
metgemoglobinemiyaning nechog’li engil kyechishi suv tarkibidagi azot nitrat
miqdoriga bog’liq bo’ladi. Kasallikning engil turida quvvatsizlik, tez
charchash, rangsizlik alomatlari kuzatiladi.
Odatda, nitratlarning o’zi qonda metgemoglobin paydo qilmaydi, ammo
bolalarda ro’y byeradigan dispepsiya, disbaktyerioz kasalliklariga azot
nitritlarning azot nitratlarga o’tishi sabab bo’ladi. Bunda nitratlar ichakka
so’rilib, qonda metgemoglobin miqdorini oshirib yuboradi.
Keyingi yillarda tibbiyot xodimlari va gigasnistlar diqqatini jalb
etayotgan narsa nitrozaminlar bo’lib qoldi. Ular nitratlar bilan alifatik va
aromatik aminlar birikishidan paydo bo’ladigan moddalardir. Bu moddalar
sanoatda keng ko’lamda ishlatiladigan birikma bo’lib, ular
suv havzalarida
hamda tabiiy holda odam organizmida uchrashi mumkin. Nitrozaminlar juda
faol modda bo’lib, rak kasalligini keltirib chiqaruvchi kancyerogen
hisoblanadi.
Nitrozaminning suvda yaxshi erishi sug’oriladigan yerlarga, suv
havzalariga nitratlarning ko’plab tushishiga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida
odam organizmiga kancyerogen moddalarning ko’proq tushishiga sababchi
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: